Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/46
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#582759
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
1-мавзу.Маърўза матни pdf

Pol Genrix Ditrix Golbax
(1723-1789) ning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr 
materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim 
ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, 
zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, 
zero u Xudo tufayli emas, o‘zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat 
mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o‘z energiyasi ta'sirida 
harakat qiluvchi moddalar yig‘indisini tushunadi. Golbax fikriga ko‘ra, barcha jismlar bo‘linmas 
va o‘zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda 
tushunchasi bilan ayniylashtiradi.
Ayni vaqtda Golbax tabiatda barcha aloqalar va harakatlar zaruriyat bilan belgilanadi, 
deb hisoblagan. Uning fikricha, olam bir-biridan uzluksiz kelib chiqadigan sabablar va 
oqibatlarning uzilmas zanjiridir. Shu sababli Golbax tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan 
ham chiqaradi. U insonni ham zaruriyat quli deb hisoblaydi: u o‘z hayotida bir daqiqa ham erkin 
emas, uning xatti-harakatlari amalda qanday namoyon bo‘lsa, shunday bo‘lishi mumkin. Bu 
oldindan belgilanganlik Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi.
Deni Didro
(1713-1784) o‘zining «Materiya va harakatning falsafiy tamoyillari», 
«Tabiatni tushuntirish haqida mulohazalar», «D’Alamberning tushi» asarlarida sub'ektiv 
idealizmga qarshi chiqadi va muhim ontologik muammolarning o‘ziga xos talqinini taklif qiladi. 
Uning fikricha, mavjud bo‘lgan hamma narsalar moddiydir. Didro, dunyo uzluksiz paydo bo‘ladi 
va o‘ladi, har bir lahzada tug‘ilish va o‘lish holatida bo‘ladi; o‘zga dunyo hyech qachon 
bo‘lmagan va bo‘lmaydi, deb ta'kidlaydi. Ko‘rib turganimizdek, Didro borliq muammolarini 
o‘rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu 
gilozoizm nuqtai nazari) va «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farqlaydi. «Faol hissiylik» 
muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi.
Fransuz materializmi tabiatshunoslikda hukm surgan tabiat «saltanati» - o‘simliklar, 
hayvonot dunyosi bilan inson o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga harakat qildi.


Didro, Golbax, Lametri, Gelvetsiy va Kondilyak falsafasida gnoseologiya muammolari 
ontologik muammolar bilan bir qatorda turadi. Insonning ichki va tashqi dunyosi bilimlar manbai 
deb e'lon qilinadi. Bu dunyolarni anglab yetish mumkin. Inson bilimlarining nomukammalligi 
avvalo ular rivojlanishining mazkur bosqichi bilan belgilanadi. Fransuz materialistlari hissiy va 
aqliy omillarning bilishdagi rolini shunda ko‘radilarki, sezgilar guvohlik ko‘rsatkichini bersa, aql 
bu ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini tekshiruvchi hakam vazifasini bajaradi. Aql hissiy 
ko‘rsatkichlardan uzoqlashishi mumkin emas, lekin u mazkur ko‘rsatkichlarga haddan tashqari 
ishonishi ham yaramaydi. Aqlning sezgidan ajralishi bilishni amalga oshirib bo‘lmaydigan ishga 
aylantiradi. Kuzatish va eksperiment bilish metodlaridir. Ular mushohada qilish, mulohaza 
yuritish, tushunish va idrok etish, shuningdek aql uchun juda zarur.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish