Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831)



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/46
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#582759
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
1-мавзу.Маърўза матни pdf

Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831) 
falsafiy tizimi nemis klassik idealizmining 
tadrijiy yakuni hisoblanadi. Buyuk faylasufning barcha mashhur asarlari: «Ruh 
fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812-1816), «Falsafa fanlari qomusi» (1817) ayni 
shu tizimni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. «Ruh fenomenologiyasi» asari Gegel falsafiy 
tizimiga o‘ziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil 
qatorini tahlil qiladi. 
Gegel 
falsafiy 
tizimining 
birinchi 
va 
muhim 
qismi 
– «Mantiq» «Ruh 
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu sub'ekt va ob'ektga qadar mavjud bo‘lgan «sof 
fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‘zi va mantiq shakllaridan tashqari hyech qanday empirik 
mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo bo‘lgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq haqidagi ta'limot, mohiyat haqidagi ta'limot va tushuncha 
haqidagi ta'limotga bo‘linadi.
Borliq va mohiyat tushuncha o‘zini to‘liq namoyon etgunga qadar 
«ko‘tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g‘oyaning rivojlanishi 
mavxum mantiqiy kategoriyalar ko‘rinishida yuz beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi 
sof mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo‘lgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o‘z 
mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», o‘z navbatida, «muayyan borliq»dir. 
Gegel fikriga ko‘ra, mutlaq g‘oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. 
«Muayyan borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat 
kasb etadi. 
Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki 


miqdoriy sifat esa o‘lchov hisoblanadi.
Borliq haqidagi ta'limotda Gegel dialektika qonunlaridan 
biri: miqdordan sifatga va sifatdan miqdorga o‘tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz 
berishini asoslashga harakat qiladi. 
Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada 
teranroq, ichki qonuniyatlarga – mohiyatga o‘tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning 
bir-biriga o‘tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to‘g‘risidagi qonunni tahlil qiladi. 
Gegel 
fikriga ko‘ra, ziddiyat – bu qarama-qarshiliklarning o‘zaro nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud 
bo‘lmaydi, lekin turli yo‘ldan rivojlanadi va bu ular o‘rtasidagi munosabatlarning 
keskinlashuviga sabab bo‘ladi. Ziddiyatni yechish yoki unga chek qo‘yish talab etiladi. Gegel 
ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning, hodisa va mohiyatning, imkoniyat va 
voqyelikning, tasodif va zaruriyatning o‘zaro nisbatida ko‘radi. Ziddiyat haqidagi ta'limotni 
rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur bo‘lgan, har qanday o‘zgarish va rivojlanishning manbai 
sanalgan «o‘z-o‘zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi.
Gegel fikriga ko‘ra, ayniyat va tafovutning nisbatini bilish jarayonida ularning zamirida 
yotgan ziddiyat namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlar mavjudligi hodisaning rivojlanayotganidan dalolat 
beradi. Mohiyat haqidagi ta'limotda Gegel voqyelikni «mohiyat va mavjudlikning birligi» 
sifatida tavsiflaydi. Mohiyatning o‘zi – «mavjudlik asosi»dir. Mohiyat haqidagi ta'limotning 
dastlabki boblaridan boshlab Gegel uni bilish mumkin emas degan tasavvurni rad etadi.
Borliq va mohiyat sohasidagi rivojlanish jarayonlarini belgilovchi zaruriyat tushunchada 
o‘z aksini topadi. Bunday zaruriyat erkinlikka aylanadi, «erkinlik esa – bu anglab yetilgan 
zaruriyat»dir. Shu tariqa «Mantiq» tushunchaga o‘tadi. Bunda Gegel falsafiy metod sifatidagi 
formal mantiq va metafizikani tanqid qiladi, umumiylik, alohidalik va yakkalik dialektikasini 
ishlab chiqadi. Ayni vaqtda u haqiqat tushunchasini fikrning ob'ekt bilan mos kelish jarayoni 
sifatida tahlil qiladi. Bunga g‘oyada erishiladi. Faqat g‘oya tushuncha va narsaning shak-
shubhasiz birligi hisoblanadi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish