Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/46
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#582759
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
1-мавзу.Маърўза матни pdf

Eten Bonno de Kondilyak
(1714-1780) ishlab chiqqan bilish nazariyasi falsafa tarixida 
ayniqsa muhim rol o‘ynadi. U o‘zining «Inson bilimlarining kelib chiqishi haqida tajriba», 
«Sezgilar haqida risola», «Tizimlar haqida risola», «Hayvonlar haqida risola» deb nomlangan 
asarlarida Lokkni sensualizm va empirizm tamoyilini amalga tatbiq etishda noizchillikda ayblab, 
bilishning sensualistik nazariyasini asoslashga harakat qiladi. Kondilyak fikriga ko‘ra, inson 
dunyoga kelganda, u nafaqat hyech narsani bilmaydi, balki sezish qobiliyatiga ham ega 
bo‘lmaydi. Bularning barchasini u tajriba orqali o‘zlashtiradi. Kondilyak sezgi azaldan biron-bir 
mazmunga ega emas, lekin u lazzatlanish va azob-uqubatni aks ettirishga qodir, shu bois, u 
yoqimli va ko‘ngilsiz bo‘ladi va xotirada saqlanib qoladi, deb hisoblaydi.
Hissiyotdan mavxum fikrlashga o‘tish, Kondilyak fikriga ko‘ra, uzluksiz jarayon sifatida 
yuz beradi: mayl, xotira izidan taqqoslash va mulohaza yuritish keladi. Kondilyak g‘oyalarga 
borliqqa bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudlik xossasini yuklashga bo‘lgan har qanday 
urinishlarga qarshi chiqadi. Borliqni u g‘oyalardan qat'iy nazar mavjud bo‘lgan hodisalar sifatida 
tasavvur qiladi.
Nemis klassik falsafasi.
Nemis klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, 
I.Fixte, F.Shelling, Georg Gegel va Lyudvig Feyerbax kabilardir.
Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-sharoitlari 
bilan belgilanadi. Bu kuchli ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyat ongida olamshumul o‘zgarishlar yuz 
bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so‘ng ularning sur'ati pasayib imkoniyatlariga 
ishonchsizlik kuchaygan. 
Ijtimoiy ongda konservativ tendensiyalar ustunlik qila boshladi. 
Angliya va Fransiyada monarxiya va Cherkovning oldingi mavqyei tiklandi. Germaniyada pruss 
monarxiyasining roli oshdi. Tarixdagi bu ziddiyatli voqyealar nemis falsafasining asosiy 
xususiyatlarini belgilab berdi.
Nemis falsafasi F.Bekon va R.Dekart boshlagan inson aqli imkoniyatlarini o‘rganishning 
umumiy yo‘nalishini davom ettirdi. Biroq u o‘z vazifasini nafaqat inson aqlini madh etish, balki 
uning chegaralarini belgilash, e'tiqod va aql, din va fanni murosaga keltirish yo‘llarini ham 
izlashda ko‘rdi. Bu nemis falsafasi bajarishi lozim bo‘lgan ijtimoiy buyurtma edi. 
Davrning olamshumul voqyealari ijtimoiy taraqqiyot nafaqat aql va fan yutuqlari, balki 
axloq, ma'naviyat sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan ham o‘lchanishini namoyish etdi. 
Inqilob va u bilan bog‘liq urushlar davrida yuz bergan ma'naviy inqiroz nemis falsafasida nafaqat 
bilish imkoniyatlariga, balki inson ma'naviy dunyosining barcha tomonlari, uning bilish, diniy, 
axloqiy va estetik qobiliyatlarining o‘zaro aloqasi muammosiga ham e'tiborni qaratishni talab 
qildi. Umuman olganda, nemis faylasuflari haqiqat, e'tiqod, yaxshilik va go‘zallik ajralmasdir
degan fikrni teran asoslashga harakat qildilar.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish