Falsafa va fan tarixida ijod muammolarining ishlab chiqilishi


Yevropa Ug‘onish davrida ijod



Download 169,5 Kb.
bet6/10
Sana01.04.2022
Hajmi169,5 Kb.
#524019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
falsafa

Yevropa Ug‘onish davrida ijod.

Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi feodal tuzumni surib chiqadi. Bu jarayon burjuaziya (boylar) inqilobi bilan tugallandi. Lekin bu davrdagi falsafiy dunyoqarash shunday keskin kurashlarga duch keldiki, Kopernikning nazariyasini xudosizlikda ayblash, Jordano Bruno(1548-1600)ning o‘tda kuydirilishi, Galiley asarlarining olovda kuydirilishi ham fan va umuman materialistik falsafaning progressiv taraqqiyotiga to‘sqinlik qila olmadi. Tabiat hodisalarini o‘rganuvchi tabiiy fanlar shakllana boshladi. Endi tabiat fani bilan falsafa orasidagi munosabat o‘zgara boshladi, ya’ni tabiiy fanlarning o‘sishi materialistik falsafaning o‘sishiga olib keldi.


N. Kopernik (1473-1543) geliotsentrik tizimni ishlab chiqdi. Ya’ni, er shari o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan kun va tunning bo‘lishi, Quyosh atrofida aylanishi bilan yil fasllarining o‘zgarib turishini isbotlab berdi. Ptolomeyning Quyosh sistemasining markazi yer degan fikri noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib, geliotsentrik tizimini yaratdi. Ptolomey ta’limoticha, Quyosh yer atrofida aylangandek ko‘rinadi, aslida mohiyati unday emas. Kopernikning progressiv g‘oyalari va ijodi falsafa tarixida katta rol o‘ynadi.
Undan keyingi o‘tgan olim Jordano Bruno Kopernik nazariyasidan materialistik xulosa chiqardi. Bruno dinga qarshi kurashuvchi progressiv olim edi. Bruno ijodida, olam hisobsiz yerlar, quyoshlar sistemasidan iboratdir. Lekin, Bruno yashagan davr uning progressiv fikrlarini rivojlantirishga yo‘l qo‘ymadi. Uning faoliyati inkivizatsiya katolik cherkovi sudi davridagi sudda qoralanib o‘zi esa o‘ldirildi.
Yangi davr falsafasi XVI-XVII asrda Angliyada kelib chiqdi. Angliya materializmining asoschisi F. Bekon (1561-1626) edi. Bekon falsafasi Angliya boylarining intilishini ifodalaydi. Bekon tajribaga asoslangan bilim - haqiqiy bilim, deydi. Undan tashqari, inson tabiatni o‘rganishi va o‘ziga bo‘ysundirishi kerakligini uqtirdi. Dunyoda bilimning asosiy quroli tajribadir, deydi o‘z ijodida. Bilim jarayonidagi tafakkurning, nazariyaning rolini inkor etmaydi. Narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishini aniqlash haqiqiy bilim garovidir, deydi. Elementlarning sifat muayyanligini ta’kidlaydi. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi uzluksiz bog‘lanishni e’tirof etadi.
Bekon falsafasida dialektika elementi bo‘lishiga qaramay, uning materializmi asosan mexanistik edi.
Angliya materializmining ikkinchi vakili Tomas Gobbs (1588-1679) bo‘lib, uning falsafiy ijodi Bekonnikiga o‘xshardi. Bekonning dinga yondashgan tomonlarini tuzatib, uni rivojlantirdi. Gobbs ijodi mexanistik, metafizik tusda edi. Gobbs moddiy dunyoni bir-biridan real bilib, falsafaning predmeti shu olamni o‘rganishdir, deydi. Gobbs taraqqiyotni faqat miqdor o‘zgarishlaridir, harakat esa mexanistik tashqi turtki natijasidir, deydi. U moddalarning xossalari, sifati yorug‘lik, hid, rang, issiqlika xos bo‘lmasdan balki tasavvurlarimizdan iborat, deb tushuntiradi. Gobbsning ijodi uning tafakkur bilan materiya haqidagi fikrida ko‘rinib turadi. Tafakkur materiyadan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, degan edi u.
Gobbs bilish nazariyasida moddiy dunyoning kishiga ta’sir qilishi natijasida hosil bo‘lgan hissiyotlar to‘g‘risida to‘g‘ri fikr bergan. Lekin, uning xatosi, tafakkur mexanistik funksiyani bajaradi, deb izchil bo‘lmagan materializmga yo‘l qo‘yadi.
XVII asrda Fransiya Angliyaga nisbatan rivojlanishi jihatidan ancha orqada qolgan mamlakat edi. Demak, Fransiya falsafa sohasida ham Angliyaga nisbatan orqada edi. Lekin, Fransiya o‘ziga xos yo‘llar bilan rivojlandi.
Fransiyada rivojlangan ijod dualistik tasnifga ega edi. Fransiyadagi dualistik oqim vakili Rene Dekart (1596-1650)dir, o‘zining “Metod to‘g‘risida mulohazalar” asarida bilish uslubini yaratishga uringan.
Dekart o‘zining falsafasida matematika aksiomalariga va hatto «xudoning qudratiga» ham gumonsirash kerak, deydi. Tafakkur Dekart ijodida birdan-bir voqelik hisoblanadi. U shuning uchun ham «Men tafakkur qilaman, demak men yashayman» degan qoidasini keltirib chiqardi. Tafakkurni materiyaga qarshi qo‘yadi. Bu narsa falsafaning bosh masalasini idealistlarcha hal qilishga olib keldi. Bilish nazariyasida asosiy uslub qilib deduksiyani oladi. Ya’ni, tafakkur umumiydan xususiyga qarab harakat qiladi va mantiqiy yo‘llar bilan haqiqatni ochishga imkon beradi.
Dekart ijodidagi dualizm ong bilan materiyaning, tan bilan ruhning mustaqil yashashini isbotlashda o‘z ifodasini topadi. Dunyoning moddiyligini inkor etadi va dunyo ikki: ruhiy va moddiy substansiyalardan iborat, deydi Dekart.
Dekart shunday kamchiligi bo‘lishiga qaramay falsafa tizimini yaratdi. U fan sohasida yangi kashfiyotlar ochdi. Masalan, Quyosh tizimining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlari, cheksiz olam, havo-olov-yerga o‘xshash uch element haqidagi fikrlari shunga misol bo‘la oladi.
Dekartning dualizmini tanqid qilish asosida Benedikt Spinoza (1632-1677) falsafasining tizimi vujudga keldi. Spinoza Gollandiya boylarining manfaatini ifodalaydi. Spinoza falsafasi tizimini Dekart rad etib, dunyoning asosida moddiy substansiya (birinchi asos, materiya) yotadi, deya e’tirof etadi.
Spinozaning fikricha, tabiatda ikki substansiyaning bo‘lishi mumkin emas. Undan tashqari, substansiya o‘zidan tashqaridagi sababga, xudoga bog‘liq emas, balki u o‘zining sababidir. Substansiya zamonda abadiy, makonda cheksizdir. Spinozaning substansiya to‘g‘risidagi fikri, cheksiz materiya haqidagi materialistik ta’limotdir. Lekin shunga qaramay Spinoza substansiya niqobiga o‘rab diniy fikrni yurgizadi. Uning xudosi dindorlar xudosiga o‘xshamaydi.
Spinoza ijodida, zaruriyat ta’sirida harakat qiluvchi xudo erkin irodaga ega emas va o‘z oldiga hech qanday maqsad qo‘ya olmaydi, bu narsa tabiatning o‘zginasidir. Shu davrda vujudga kelgan sub’yektiv idealistlar (J. Berkli (1685-1753), D. Yum (1711-1776)) dinga yangi yo‘l ochib, materializmga qarshi fikrlarni ilgari surishga harakat qilishgan edi.

Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish