Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi oʼzgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham oʼzgarishlar yuz beradi. Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy gʼoyalar inqirozga uchragan yoki oʼzining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi oʼrni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa baʼzan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yoʼqolishiga olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va oʼz ahamiyatini yoʼqotib, tarix mulkiga aylangan boshqa koʼpgina gʼoyalar bilan shunday boʼlgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga oʼxshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa oʼlyapti deb hisoblaydiganlar ham yoʼq emas.
6. O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni qo‘ymoqda.
Milliy mustaqillik g‘oyasini va yangi mafkurani shakllantirish bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston faylasuflari oldida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda. Jamiyatda mafkuraning tutgan o‘rni va mavqei, uning ma’naviy-axloqiy yangilanishi, yangi ijtimoiy eng yuksak orzu va qadriyatlarning qaror topishi, uyg‘un barkamol avlod tarbiyasi haqidagi ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z aksini O‘zbekiston Respublika Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida , rasmiy nashrlarda , olimlarning tadqiqotlarida, ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir adabiyotlarda topmoqda. Shakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasining «mustaqillik», «kelajagi buyuk davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik jamiyat», «ma’rifatli jamiyat», «umuminsoniy qadriyatlar», «uyg‘onish», «davlat islohotchi sifatida» kabi tushunchalarimizni ochib berishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi.
Tayanch tushunchalar
Falsafa - yunoncha phileo - sevaman, sophia -donolik degan maʼnoni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng kadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va tarakkiyoti, xayot va inson, umrning mohiyati, borlik va yuklik kabi kuplab muammolar xakida baxs yuritadigan fan.
Dunyoqarash - Inson uzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baxo berishi, xulosa chikarishi bulib, dunyoni inson ongidagi uziga xos inʼikosidir. Insonning uziga va uni kurshab turgan borlikka bulgan munosabatlarini ifodalaydigan kunikmalari, malakalari, bilimlari xamda dunyoni amaliy va nazariy uzlashtirish xamdir.
Mif - yunoncha miphos soʼzidan olingan bulib, afsona, rivoyat, hikoyat kabi maʼnolarini anglatadi. Ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bulishi bilan boglik vokealar, shuningdek, tabiat va jamiyat xodisalarining aks etishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |