XULOSA
Hurmatli talabalar!
Siz falsafa bo’yicha asosiy mavzular bilan tanishdingiz. Ushbu ma’ruza matnlarini tayyorlagan mutaxassislar o’z
diqqat-
e’tiborlarini siz o’rgangan mavzularning ilmiy jihatiga emas, balki ko’proq masalalarning tushunarli bo’lishi, sodda va ravon tilda
bayon etilishiga qaratdilar.
Ma’ruza matnlarida mamlakatimizda amalga oshayotgan tub o’zgarishlar, islohotlar va ma’naviy sohadagi yangilanish
jarayonlari o’z ifodasini topgan. Ularda istiqlol yillarida odamlar ongi va tafakkurida ro’y berayotgan o’zgarishlar,
jumladan falsafiy
dunyoqarashning yangilanish jarayonlarini aks ettirishga harakat qilindi. Ana shu jihatdan olganda mualliflar o’z oldilariga sobiq
ittifoq mafkurasidan qolgan falsafa sohasidagi
asoratlardan qutulish, an’anaviy mavzularni hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan
tavsiflash, to’plamga kiritilgan yangi mavzularni esa istiqlol talablari asosida yoritishga e’tibor berdilar.
Siz falsafani o’rganish jarayonida yana bir yoshga ulg’aydingiz. Ushbu kitobning «So’z boshi»sida falsafani o’rganish
bilan
bog’liq bo’lgan jarayon to’g’risida fikr yuritgan va uni turlicha o’zlashtirish mumkinligini quyidagicha ko’rsatishga harakat qilgan
edik: Mutaxassis bo’lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar... Falsafa mutaxassisi bo’lmagan
talabalarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl
mohiyatini tushunib oladi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib
bora
olmasdan, go’yoki katta shahar boshlanadigan joyda qoladi, shu tariqa falsafaning
mohiyatini durustroq tushunmay, diplom
oladi hamda amaliyotga ketadi. Bundaylar nazarida
falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan bo’lib qoladi, faqat baho olish uchun
yodlangan qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib bo’lmaydi, bu —
foydasiz bilim
sohasi, binobarin uni o’rganishga ketgan vaqt bekorga o’tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi.
Xo’sh sizchi? Siz falsafa to’g’risida qanday fikrga keldingiz? Bu fanni o’qitilishi jarayonida nimalarni o’rgandingiz? Ular
kelajakda sizga qanday yordam berishi, asqotishi mumkin? Biz ana shunday savollar bilan ushbu kitobni tugallamoqdamiz. Agar
sizning bu savollarga javoblaringiz ijobiy bo’lsa mualliflar guruhi o’z vazifasini bajargan bo’lib hisoblanadi. Kitob to’g’risidagi
oxirgi
xulosani siz chiqarasiz, uning ustida ishlash va to’plamni o’quv qo’llanmasi darajasiga etkazish esa navbatdagi vazifa bo’lib
hisoblanadi.