Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   250
Bog'liq
falsafa

Jahon tsivilizatsiyasi deganda Sharq va G’arb tsivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy tsivilizatsiyalarning yaxlit, 
bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, 
zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan Er yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida 
mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasini o’zida 
aks ettiradi. 
Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo’lishi jahon 
tsivilizatsiyasining asosiy maqsadi va yo’nalishiga aylanib qoldi. Respublikamizda bu sohada amalga oshirilayotgan 
ishlar butun dunyo hamjamiyati faoliyati bilan hamohang kechmoqda. Zero, jahon tsivilizatsiyasi xalqlar va millatlar, 
davlatlar va turli hududiy tsivilizatsiyalarning umumiy tizimidir. 
Ayrimlik, o’ziga xoslik va umumiylik o’rtasidagi munosabatni teran anglash hozirgi zamon jahon 
tsivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy idrok etishga imkon beradi. 
Er yuzidagi har bir mamlakat jahon tsivilizatsiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo’lib, ularning 
o’zaro ta’siri, hamkorligi bu tsivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi. 
To’g’ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko’p jihatdan 
jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi, muayyan jarayonlarning yo’nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir 
davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakodan toki 
Frantsiyagacha o’z o’rni, o’ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-
kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, 
tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon tsivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va 
muhim element sifatida kirib boradi. 
Jahon hamjamiyati o’zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Bu 
holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, O’zbekiston alohidalikni ifodalaydi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega. Uning 
Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqaning asosiy taraqqiyot yo’nalishlarini ko’p jihatdan belgilaydi. 
Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon 
hamjamiyatiga qo’shilib boradi. Bunday qo’shilish ko’pqirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi. 
Jahon hamjamiyatiga qo’shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo’lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy 
etishi, er yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika 
yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan 
xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq 
me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon 
bo’ladi. 
Jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilish natajasida nafaqat iqtisodiy sohada, balki xalqlar ma’naviyati, siyosati va dunyoqarashida 
ham muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o’rtasida bir-biriga ishonch, o’zaro hurmat, 
hamkorlik hamda sodir bo’ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o’zaro kelishuv, konsensus asosida hal qilishga intilish vujudga keladi. 
Bir-birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan bahramand bo’lish xohish-istagi shakllanadi. Xalqlarning bir-biri 
bilan jipslashish tendentsiyasi yaxlit, bir butun tsivilizatsiyani, insoniyatni e’zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. Ya’ni 
 
 


milliylik va umuminsoniylikning uyg’unligi jahon tsivilizatsiyasida yaqqol namoyon bo’ladi va dunyo hamjamiyatining harakat 
dasturiga aylanadi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish