Falsafa ma’ruzalar matni


Iqtisodiy islohotlar va tsivilizatsiyalashgan bozor



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250
Bog'liq
falsafa

Iqtisodiy islohotlar va tsivilizatsiyalashgan bozor. Uzoq yillar davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub 
o’zgarishlarni zudlik bilan qisqa vaqt ichida amalga oshirishning salbiy oqibatlari oldini olishga va puxta o’ylangan strategik 
rejalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berildi. Islohotlarning amalga oshirilishi milliy manfaatlar uchun xizmat qilishi 
zarurligi, odamlar islohotlar uchun emas, balki islohotlar odamlar uchun xizmat qilishi zarurligi e’tiborga olindi. 
Islohotlar amalga oshirilgunga qadar respublika aholisining aksariyat qismi iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda 
bo’lib, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi jarayonida aholining ikki toifaga ajralishi, 
haddan tashqari boyib va qashshoqlashib ketishi muqarrar ravishda turli noroziliklar va ijtimoiy larzalarni keltirib 
chiqarishi mumkin edi. Ana shularni hisobga olib, I.A. 
Karimov bozor munosabatlariga o’tishning muhim 
xususiyatlaridan biri sifatida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli siyosat g’oyasini ilgari surdi. 
Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat qilib belgilandi. Har bir bosqichda ma’lum 
iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi. Bular quydagilardir: 
- mulkni xususiylashtirish
- mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi; 
- mulkning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish; 
- agrar islohotlarni amalga oshirish; 
- milliy valyutani muomalaga kiritish
- yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi; 
- rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikdagi qo’shma korxonalarning barpo etilishi; 
- innovatsiya siyosatini amalga oshirish; 
- xorijiy investitsiya, texnika va texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va boshqalar. 
Xullas, bozor munosabatlariga o’tishning madaniy tsivilizatsiyali xarakterga ega ekanligi O’zbekiston mustaqilligini 
mustahkamlashning muhim xususiyatidir. Chinakam tsivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari, bozor vositalari faqat yuksak 
ma’naviyat, yuksak axloqiylik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va 
 
 


bozor munosabatlarini shakllantirishda respublikamizning bugungi holati, imkoniyatlaridan kelib chiqib, islohotlarning 
maqsadi xalq va davlat munosabatlari tomon yo’naltirildi. 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon beradigan qulay shart-sharoitlari quyidagilardir: 
- mamlakatning nihoyatda ko’p boyliklarga ega ekanligi; 
- sanoat uchun zarur bo’lgan xom ashyo zahiralarining ko’pligi; 
- ishchi kuchlarining mo’lligi; 
- O’zbekistonning tabiiy — jo’g’rofiy qulay o’rni; 
- mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik
Ana shu imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi O’zbekistonning iqtisodiyot sohasida jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib 
borishi uchun keng istiqbollar yaratadi. 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida kishilarning mehnatga, mulkka, mehnat mahsuliga 
bo’lgan munosabatini o’zgartirish g’oyasi yotadi. Uzoq yillar davomida mehnatga bo’lgan qarashlarda biryoqlamalik 
hukm surib keldi. Ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan ijtimoiy mulkchilik — kishilar mehnat faolligining asosi barcha 
ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi — xususiy mulkchilik degan noto’g’ri qarash o’zini oqlamadi. Shaxsiy 
manfaatdorlikni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mehnat qilish, iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga 
bo’ysundirish; mehnat raqobati o’rniga soxta musobaqani joriy etish insonning mehnatdan, o’z-o’zidan va jamiyatdan 
begonalashuviga, boqimandalik kayfiyatining shakllanishiga olib keldi. Bu esa jamiyat inqirozini tezlashtirdi. 
O’zbekiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mehnatga, mulkka va insonning o’z-o’ziga bo’lgan 
munosabatini tubdan o’zgartirishning nazariy-falsafiy asoslarini ishlab chiqish zarurati vujudga keldi va bu 
I.A. Karimov asarlarida o’z ifodasini topdi. Mehnat va mehnatga munosabat sohasida qator yangiliklar joriy etildi. 
Mehnatga munosabatda xususiy mulkning o’rni, mulkdorning jamiyat hayotidagi ahamiyati yangicha tushunila 
boshlandi. Davlat va jamiyatning kuch-qudrati fuqarolarning tadbirkorligi, boyligi, ishbilarmonligiga bog’liq ekani 
anglab olindi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish