5-mavzu. O’rta asrlar va yangi davr Evropa falsafasi
Reja:
1. Rim imperiyasining qulashi va o’rta asrlarda Evropa madaniyati.
2. Evropada uyg’onish davri va undagi falsafiy tafakkur takomili.
3. XVII-XIX asr Evropa falsafasidagi oqimlar va falsafiy maktablar.
4. O’rta asrlar va yangi davr Evropa falsafasini o’rganishning ahamiyati.
Evropada Qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V
asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil
jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O’rta asrlarga kelib
inkvizitsiyaning ustivor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar
o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |