O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Anjuman ma’ruza orqali talabalarda mavzuni chuqurroq tadqiq etish hamda ma’ruzalar bilan chiqishlar qilish ko‘nikmasini shakllantirish, ideologiyaning G‘arbdagi rivoji borasida umumiy tasavvurlarni hosil qilish
Pedagogik vazifalar:
Talabalarning ma’ruzalari orqali G‘oyalarning G‘arbdagi rivoji tasnifini berish;
G‘oyaviy ongning dastlabki shakllari haqida bilimlar berish;
Renessans davri g‘oyalari mohiyatini ochib berish;
G‘oyalarning tarixiy taqdirini tushuntirish;
Ideologiyaning dolzarb qirralarini osib berish.
O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba:
Ketma-ketlikda navbat bilan g‘oyalarning jamiyatdagi funksiyalari yuzasidan ma’ruzalar bilan chiqishlar qiladi;
Ideologiya tushunchasini asl mohiyatini anglab yetadilar;
G‘oyaviy ongning dastlabki shakllari, politeizm va monoteizm haqida bilimlarga ega bo‘ladi;
G‘oyalarning tarixiy tqdirini tushunib yetadi;
Turli g‘oyalarga nisbatan to‘g‘ri yondashuv shakllanadi.
1.1. Mazkur mashg‘ulot ma’ruza konferensiya tarzida o‘tkazilishi e’lon qiladi. Muhokamaga taqdim etilayotgan avvaldan qo‘yilgan muammo va dokladlar tizimi bilan talabalarni yana bir bor tanishtiradi.
1.2. Ma’ruza konferensiyaning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi vaqt mezoni (reglament), talablarni o‘z chiqishlarida asosiy e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan jihatlarini tushuntiradi.
1.3. Ko‘zlangan natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.
1.1. Ma’ruza konferensiya-ning nomi va o‘tkazilish tartibini eshitadilar.
1.2. Ma’ruza konferensiya-ning maqsadi va baholanish mezonlariga diqqatni qaratadilar.
2-bosqich. Asosiy (60 min.)
2.1. Birinchi bo‘lib “Ideologiya” tushunchasini har tomonlama lug‘aviy ma’nolari haqida ma’lumotlar beruvchi vizual doklad tinglaydi.
2.2. Har bir doklad oxirida chiqish qilgan talaba bilan tinglovchilarning dokladda ko‘tarilgan muammo yuzasidan savol-javoblarini tashkil etadi.
2.3. “Sarob g‘oyalar” mavzusini talabalar muhokamasiga tashlaydi. Muhokamada bildirilayotgan har bir fikrni hisobga olib boradi. Fikrlarni to‘g‘ri yo‘naltirib turadi.
2.4. Doklad bilan chiqish qilayotgan talabalarni ma’ruza konferensiyaning tartibiga, reglamentga amal qilishlarini nazorat qilib turadi.
2.5. “Konservatizm va liberalizm g‘oyalari” mavzusida dokladda foydalanishga mo‘ljallangan, video-lavhalarni namoyishini tashkillashtirib turadi.
2.1. Avvaldan berilgan topshiriqqa ko‘ra “Ideologiya” tushunchasini har tomonlama lug‘aviy ma’nolari haqida ma’lumot beruvchi vizual doklad qiladi.
2.2. Doklad oxirida chiqish qilgan talabaga muammo yuzasidan o‘zida paydo bo‘lgan savolari bilan murojaat qilib boradi.
2.3. Muhokamaga tashlangan “Sarob g‘oyalar” mavzusi yuzasidan o‘z fikr va qarashlarini bildirib faol ishtirok etadi.
2.4. “Konservatizm va liberalizm g‘oyalari” mavzusida video-lavhalar orqali doklad qiladi.
3-bosqich. Yakuniy (10 min.)
3.1. Muammoli dokladlar bilan chiqish qilgan talabalarning fikrlarini tahlil qilib ularning yutuq hamda kamchiliklarini aytib o‘tadi.
3.2. Mavzuga o‘zining qo‘shimcha ma’lumotlari bilan xulosa yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
3.1. O‘qituvchi tomonidan dokladlarga bildirilgan munosabatni tinglaydi va yutuq hamda kamchilik tomonlariga diqqat qiladi.
3.2. O‘qituvchining yakuniy fikrini eshitadi va kerakli joylarini yozib oladilar.
Vizual materiallar
«G‘oya»ning asosiy xususiyatlari
G‘OYA
Bunyodkorlik: ezgu, maqsadli, insonni ulug‘lash (Milliy istiqlol g‘oyasi, komil inson g‘oyasi va h.k.) Buzg‘unchi: yovuz, inson boshiga kulfatlar, ofatlar keltiruvchi (salib yurishlari, diniy fanatizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, fashizm va bolshevizm, rasizm, shovinizm va h.k.)
Maqsadga yo‘naltirish
Ma’naviy-ruhiy tayanch
Tasavvurlar yig‘indisi
G‘oya turlari
3-mavzu
Ideologiyaning G‘arbdagi rivojlanish bosqichlari
Seminar mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti - 2 soat
Talabalar soni: 25-30 nafar
O‘quv mashg‘ulotining shakli
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
Seminar mashg‘ulotining rejasi
Rim imperiyasining g‘oyalar tizimi;
O‘rta asrlarda G‘arbda g‘oyalar sohasidagi o‘zgarishlar;
“Ideologiya” atamasining fanga kiritilishi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: talabalarning ideologiyaning G‘arbdagi irvoji tahliliga doir nazariy bilimlarini tizimlashtirish va tarkiblashtirish, ularning turli g‘oyalar kelib chiqishi to‘g‘risidagi bilimlarini tartibga solish, mustahkamlash va yanada kengaytirish
Pedagogik vazifalar:
Talabalarni mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlash;
talabalar o‘rtasida bahs va munozaralarda o‘z fikrini qa’tiy himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish;
talabalarni mavzuni keng va batafsilroq yoritishlari uchun auditoriyadan tashqari mustaqil o‘qishlarini rag‘batlantirish.
O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba:
Ma’ruzadan olgan bilimlarini xotirasida qayta tiklaydi;
Munozarada o‘z fikrlarini ma’ruzadan olgan hamda mavzu yuzasidan qo‘shimcha o‘qish orqali shakllangan bilimiga tayangan holda qa’tiy himoya qiladi;
Mavzuga doir tayanch tushuncha va notanish iboralarni o‘qituvchidan so‘rash orqali yanada aniqlashtirib oladi;
o‘zaro fikr almashish natijasida g‘oyalarning tuzilishi va kelib chiqishi masalalarida yetarli darajada bilimga ega bo‘ladi.