Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet73/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

g) yoshlarning bilim darajasi. Ilg‘or g‘oyalarning amalga oshirishning yana bir muxim sharti ularni o‘zlashtirish lozim bo‘lgan ijtimoiy qatlam yoki guruxning bilim saviyasi ma’lumotlik darajasidir. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yoshlarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan tarixiy xujjatlardir, ular har bir yoshning bilim darajasini oshirishga, dunyoqarashining kengaytirishga xizmat qiladi.
d) odatiy, an’anaviy fikrlash tarzida yangicha, ilg‘or fikrlashga o‘tish mafkuraviy yangilanishlar jarayoning muxim xususiyatidir. Ta’kidlash lozimki, inson o‘zi uchun odatiy bo‘lib qolgan fikrlash tarzidan osonlikcha voz kecholmaydi, chunki eskicha fikrlash bir qarashda qulay bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yangi davr, yangicha islohatlar, demokratiya, bozor munosabatlari aynan tafakkur va fikrdagi o‘zgarishlarni taqozo etadi va bu rivojlanishning, taraqqiyotning asosiy shartidir. Shuning uchun milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarining keng omma qalbi va ongiga singishi birdaniga, tez va bir tekisda ro‘y bermaydi. Bu –murakkab, bosqichma-bosqich amalga oshadigan jarayon bo‘lib, bu jarayonda, boshqa ijtimoiy qatlam vakillaridan farqli o‘laroq yoshlar tashabbuskorlik ko‘rsatishi va o‘z dunyoqarashi, e’tiqodi bilan boshqalarga ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Oilaviy va mafkuraviy tarbiya. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllandi. Shu ma’noda oila – haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, mafkuraviy tarbiya omili va muxitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga avvalo oila muxitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan muqaddas an’analari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, iymon, e’tiqod, mas’uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq va madaniyat ko‘nikmalari shakllanadi. Zero, har bir fuqaro oilaning jamiyatdagi o‘rni va vazifasini, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib, o‘zini mukammal inson deb his qila olmaydi.
Bolalarda yoshlikdan xalq va yurt taqdiri uchun fidoyilik tuyg‘usini shakllantirish mafkuraviy tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Buning uchun bola hayotning dastlabki yillaridan boshlab, uni narsalar olami bilan tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo‘llash lozim. Bu jarayonda milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari” o‘yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan imkon qadar foydalanmaslik lozim. Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan multfilmlar bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy qarashlarning to‘g‘ri shakllanishida qo‘l keladi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish