Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet70/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Mafkuraviy tarbiyaning maqsadi. Har kanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har bir a’zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o‘sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg‘or g‘oyalarning har, bir fuqaro tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog‘lom g‘oyalar va fikrlar tarzida - xalq tafakkuri tarzida o‘z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.
Yoshlarni mafkuraviy tarbiyalash. Sog‘lom g‘oyalar tarbiyasi yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi. Dunyoqarash - tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni jamiyatda o‘zligini saqlagan holda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o‘z yaqinlariga mehribonlikni tanlagan yo‘li — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.
Yoshlik, o‘spirinlik davri dunyoqarashning shakllanishi, e’tiqodning mustahkamlanishi uchun o‘ta sezgir, psixologiya tili bilan aytganda, «senzitiv» bosqich hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davr nafaqat shakllanish uchun, balki, agar ma’lum bir qarashlar tizimi mavjud bo‘lsa, ularni o‘zgartirish uchun ham qulaydir. Shu bois mafkuraviy ta’sirlar bevosita yoshlar auditoriyasiga, ularning qalbi va ongiga qaratilgan bo‘ladi.
Mas’uliyat. Mafkuraviy tarbiya mezonlaridan biri bu mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashash xususiyatini shakllantirishdir. Mas’uliyat odamning har bir amali, faoliyati mahsulini to‘liq tasavvur qilgan holda, uning o‘zi va o‘zgalar uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Mas’uliyatni his qilgan inson ishni doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi.
Shaxsiy mas’uliyatni fuqarolik mas’uliyatidan farqlash lozim. Birinchisi - shaxsning kundalik faoliyatidai keladigan shaxsiy manfaatni nazarda tutsa, ikkinchisi jamiyat manfaatlarini nazarda tutadi. Fuqarolik mas’uliyatini his etgan inson eng avvalo o‘zi mehnat qilayotgan jamoa yoki ta’lim olayotgan o‘quv dargohi, o‘z mahallasi va yurti ravnaqini o‘ylaydi. Mustaqil O‘zbekiston fuqarolari uchun yagona maqsad Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun xizmat qilish bo‘lsa, demak, har bir fuqarolik mas’uliyatining ma’no-mazmunini ana shu g‘oyalarni amalga oshirishda deb bilishi darkor.
Oxirgi yillarda g‘arbda keng tarqalgan bir nazariyaga ko‘ra, odamlar mas’uliyat nuqtai nazaridan ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi guruh o‘z hayotida ro‘y berayotgan voqea va hodisalarning sababchisi, mas’uli deb faqat o‘zlarini tasavvur qiladi. («Men o‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‘zimga bog‘liq, shuning uchun o‘zim uchun ham, oilam uchun ham o‘zim javob beraman»). Ikkinchi guruh barcha voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar – ota-ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshlaqlar, tanishlar, qo‘ni-qo‘shni va boshqalar deb hisoblaydi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi shakldagi mas’uliyat ko‘proq o‘smirlarga xos ekan, ularning deyarli 84% mas’uliyatni boshqalarga yuklashga moyil ekan. Amerekalik olim Dj.Rotter ana shu asosida “nazorat lokusi” tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Uning fikricha, ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘rgangan bolalarda xavotirlik, neyrotizm, asabiylashuv, jaholat kabi salbiy sifatlar kam uchrar ekan. Ular har kimning fikriga ergashib ketavermasdan ko‘p narsani o‘z qarashlari asosida hal etar ekan. Demak, mas’uliyatni his qilgan bolalar hayotga tayyor, faol, erkin va mustaqil fikrlovchi bo‘ladi. Ularda mas’uliyat bilan birga, o‘z-o‘zini anglash, shaxsiy g‘urur tuyg‘ulari ham yuksak bo‘ladi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish