Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet66/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Hayotni erkinlashtirish milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim shartidir. Milliy istiqlol g‘oyasi siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir-biri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga karshi ma’rifat bilan kurashish milliy g‘oyani xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi bilan bog‘liq. Milliy istiqlol g‘oyasini amalga oshirish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga asoslanadi va undan kelib chiqib, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy istiqlol mafkurasi shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Erkinlashtirish jarayonida inson haq-huquqini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib bormokda. Jamiyatda loqaydlik, beparvolik, boqimandalik, poraxo‘rlik kabi illatlarning payini qirqish, odamlar qalbida yuksak ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, axloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat avlodni voyaga yetkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalash milliy g‘oya ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo etish borasidagi intilishlarimiz samaradorligini xam oshiradi.
Shu o‘rinda erkinlik kategoriyasining ijobiy va salbiy jihatlarga ega ekanini xam ta’kidlash zarur. Uning ijobiy jihati shaxsning o‘z manfaatlariga muvofiq ravishda harakat qilish imkoniyatini ifodalaydi. Bunda shaxs biror-bir moddiy va ma’naviy ne’matga intilib, shu yo‘lda zarur harakatlar qilishi mumkinki, bu xatti-harakatlar o‘z navbatida boshqalarning intilish va manfaatlariga zid kelmasligi kerak. Chunki adolat chegarasi, erkinliklar me’yori aynan shu asosda shakllanadi. Aksincha, shaxsning xatti-harakati tashqaridan bo‘ladigan ta’sirlardan butunlay xoli bo‘lgan, u o‘z maqsadlariga erishish jarayonida xech bir aks ta’sirni tan olmagan takdirda erkinlikning salbiy jihati namoyon bo‘ladi. Chunki bu jarayonda «kimningdir va nimaningdir hisobiga erkinlikka erishish» xolati sodir bo‘ladi. Shaxs bu munosabatlarni to‘g‘ri baholamagan taqdirda u o‘z xatti-harakatlari bilan adolatning buzilishiga sabab bo‘ladi. Albatta, erkinlikning har ikki jihati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Lekin shu bilan birga, ular o‘rtasida murakkab, ziddiyatli va hatto qarama-qarshi munosabatlar ham mavjud.
Shaxs erkinligini erkinlikning aynan ana shu ijobiy va salbiy xususiyatlaridagi muvozanat belgilaydi. Sharq va G‘arb jamiyatshunoslari avvaldan shaxs erkinligining ruhiy-falsafiy (Alisher Navoiy, Bedil), ijtimoiy-ruhiy (Forobiy, Lebon, Tard, Ortega-I-Gasset), ruhiy individual (Freyd), kontraksion (Dyui, Mid), xatti-harakatli (Veber), sotsiometrik (Moreno), ijtimoiy (Frankfurt maktabi), fenomenologik (Shyus), begonalashuv (Fromm), anomik (Dyurkgeym, Merton), manfaatli (Rassel), ziddiyatli (Darendorf), ekzistensial (Xabermas) talqinini bayon etib keltanlar. Ammo hozirda masalaning tub mohiyatini shaxsning ijtimoiy bir butunlikka intilishi, jamiyat bilan uyg‘unlashishga moyilligi, ya’ni integratsiyalashuv muammosi tashkil qilmoqda. Shaxs erkinligini ta’minlashda siyosiy va huquqiy institutlarning demokratik asosdagi tizimini shakllantirish muhimdir. Shu bilan birga bunda xususiy tadbirkorlik faoliyatiga, bozor munosabatlari jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson erkinligi o‘zining to‘g‘ri, maqbul talqinini topgan, ya’ni unda erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan faoliyat sifatida baholangan. Zero, jamiyat va davlat, ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabat individ, ijtimoiy birliklar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi milliy g‘oya tamoyillari asosida uyg‘unlashtirishni talab etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyat va boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligi oshirilmoqda, jamoat tashkilotlarining yangi qiyofasi shakllanmoqda, ta’bir joiz bo‘lsa, siyosiy tizim modernizatsiyasi yuz bermoqda. Bu jarayonga milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillarini uzviy tarzda singdirib borish va ularni demokratik institutlar faoliyatining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish