Uchinchi bosqich Prezident I. A. Karimovning 2000 yil 6 aprelda mamlakatimiz ziyolilari bilan Oqsaroy qarorgoxida o‘tkazgan uchrashuvidan boshlandi desak, xato bo‘lmas. Chunki bu uchrashuvda milliy mafkuraning negizi — milliy g‘oya muammosi o‘rtaga tashlandi. Milliy g‘oya milliy mafkuraning umumlashgan ifodasi sifatida vatanparvarlik, milliy g‘ypyp va milliy sha’n kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.
Milliy mafkura o‘z moxiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir. Ushbu mafkura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. Masalan, mafkura tushunchasini Prezident Islom Karimov shunday ta’riflaydi: „Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga (xalqning ruxiyatiga) asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman"1.
Milliy mafkuramiz O‘zbekiston davlati, millati uzoq ming yillik tarixga ega ekanligini, uning jaxon sivilizatsiyasiga qo‘shgan buyuk xissasini, o‘tmishini aniq manbalar asosida ifodalovchi xamda xalqimizning bugungi kundagi asosiy vazifasi erkinlik, mustaqillik, ozodlikning qadriga yetish, xar bir shaxsning o‘z mexnati, bilimi, aql idroki, kerak bo‘lsa jonu tani bilan mustaqillikni mustaxkamlash, avaylab asrash va Vatanimizning rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi xamda kelajak avlodga ozod va obod Vatan qoldirish barchamizning maqsadimiz ekanligini ko‘rsatuvchi ta’limotdir. Shuning uchun barchamiz milliy mafkuraning mazmun moxiyatini bilishimiz lozim, zero milliy mafkura xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bir bayroqdir.
Milliy mafkura xaqida gapirganda shuni nazarda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to‘liq ta’minlaydi. Asosiy qonunimizning 12-moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy xayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fiqrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Xech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”1. Ya’ni, mamlakatimizda mafkuraviy yakkaxokimlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki mafkuraviy plyuralizm xaqiqiy demokratik davlat shakllanishining debochasidir.
Bu qoida faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalar, xarakat va ijtimoiy-siyosiy guruxlardan birortasining dasturiy royalari yagona davlat mafkurasi bo‘la olmasligini anglatadi.
Milliy mafkura turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruxlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen ijtimoiy xodisadir. Bu mafkurada biron bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy xokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi2. Milliy mafkura o‘z mazmun-moxiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, gurux va qatlamlarning — butun xalqimizning manfaatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |