Ekosiyosiy va diniy-siyosiy mafkuralar. Ekosiyosiy mafkuralar II jahon urushidan keyingi yillarda vujudga keldi va XX asrning 70—80 yillarida rivojlana boshladi. Bunga rivojlangan mamlakatlardagi og‘ir ekologik vaziyat sabab bo‘ldi.
Diniy-siyosiy mafkuralar bugun paydo bo‘lgan emas, balki azaldan mavjuddir. Ular diniy aqidalarga tayanadilar. Diniy mafkuraning bosh maqsadi diniy-siyosiy xokimiyatni o‘rnatishdir. Buni Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Vatikan misolida ko‘rishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, sovetlardan keyingi makonga turli ekstremistik mafkuralarning (vaxxobiylik, xizbut - taxrir xamda uning bevosita bir shaxobchasi bo‘lmish akromiylik va x.k.) ta’siri sezildi va kuchaydi. O‘rta asr xalifaligini qayta o‘rnatish g‘oyasi xamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari orqali moddiy-g‘oyaviy jixatdan ta’minlanayotgan aqidaparast mafkuralar bugungi kunda mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bo‘lib turibdi. 2005 yilning 13 mayida Andijon shaxrida diniy mutaassiblar tomonidan amalga oshirilgan xunrezliklar jamiyatimiz xayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan mafkuraviy xamda jinoyatkorona taxdidlar xamon mavjud ekanligidan dalolat beradi va barchamizni ogox bo‘lishta undaydi. Bu taxdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o‘z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan maxrum qilishga, pirovard natijada yurtimizni o‘ziga qaram qilib olishga qaratilgan zamonaviy tajovuzkorlikning bir shaklidir.
Xulosa qilib aytganda, xozirgi zamonning asosiy mafkuraviy oqimlari liberalizm, konservatizm, sotsial-demokratiya va milliy mafkuralardir. Ular turli ijtimoiy guruxlarning manfaatlarini ifoda etadi va jamiyatni taraqkiy ettirishning turli-tuman yo‘llarini ilgari suradi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyot va xalqimiz farovonligini yanada yukslatirishdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. Jahon inqirozning oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlat darajasiga ko‘tarilish sari. T.18. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: «Sharq», 1994.
Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. – Toshkent:“Akademiya” nashriyoti, 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi va amal qilish tamoyillari. - T.: 2002.
Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy maqsad va vazifalari. - T.: «Ijod dunyosi», 2002.
Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.-T.: ma’naviyat, 2008.
Imomnazarov M, Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari.-T.: Akademiya, 2005.
Madayeva Sh. Milliy mentalitet va demokratik tafakkur.-T.: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007.
Mamadaliev Sh.O. va boshqalar. Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy xavfsizlik. – Toshkent: O‘zRIIV Akademiyasi, 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosi tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |