2-mаvzu. Borliq falsafasi (Ontologiya)
Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa va tabiiy fanlarda borliq tushunchasining mohiyati, borliq va yo‘qlik dialektikasi. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Borliq shakllarining tasnifi. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi. In’ikos nazariyasi va uning shakllari. Dunyoning chekliligi va cheksizligi. Harakat borliqning mavjudlik sharti. Falsafa tarixida harakatning talqini. Harakat tushunchasining tavsifi, tiplari va shakllari. Harakat va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Falsafada makon va vaqt dialektikasi. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyatsion yondashuvlar. Tabiatniig ontologik maqomi. Biosfera va Noosfera haqidagi ta’limotlar.
3-mаvzu. Rivojlanish falsafasi
Shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Dialektika rivojlanish haqidagi ta’limot. Metafizika, neometafizika, sofistika, eklektika, dogmatizm va konservatizm rivojlanishning muqobillari. Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari. Falsafa qonunlarining asosiy shakllari. Qarama-qarshilik va ziddiyat. Ziddiyatlarning turlari. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Falsafa tarixida kategoriyalarga turli munosabatlar. Falsafa kategoriyalarining tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar.
4-mаvzu. Bilish nazariyasi
Bilishning mazmuni va mohiyati. Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi. Bilimning asosiy turlari va shakllari. Bilishda subyekt va obyektning o‘zaro aloqasi. Bilish faoliyatida ratsionallik va irratsionallik dialektikasi. Bilishdagi qarama-qarshiliklar. Xissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Haqiqat bilish mezoni. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari. Amaliyot haqiqat mezoni. Amaliyotning premeti va maqsadi. Haqiqatga erishishda tushunish va tushuntirish dialektikasi. Falsafa tarixida tushunish san’ati haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Simvol, semiotika va dialog tushunish vositasi. Tushunish va tushuntirishning mutanosibligi. Tushuntirish ilmiy bilimni tushunish shakli.
Bilish metodologiyasi. Metod, melodika va metodologiya tushunchasi. Metodlarning tasnifi: fan va falsafa metodlari. Umumilmiy metodlar, xususiy ilmiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari. Ijtimoiy gumanitar fanlar metodlari. Evristika yangi metodologik tamoyil. Hozirgi zamon metodologiyasi. Tizim, tizimli yondashuv, tizimli tahlil tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Tizim dinamikasi.
5-mаvzu. Mantiq
Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. Dialektik mantiq. Formal mantiq. Matematik mantiq. Tafakkur va til mutanosibligi. To‘g‘ri fikrlashda so‘z va tilning ahamiyati. Tushuncha, hukm va xulosaning fikr teranligini ta’minlashdagi roli. Tushuncha va uning turlari. Mavhum va konkret tushunchalar. Tushunchalarni ta’riflashning turlari. Hukmning fikr yo‘nalishini belgilashdagi roli. Murakkab hukmlar. Xulosa chiqarishning tuzilishi va turlari. Induktiv va deduktiv xulosa chiqarish. Tanqidiy tafakkurning mantiqiy xulosa chiqarishdagi roli. Sillogizm nazariyasi. Isbotlash va rad qilishda dalillarning o‘rni. Argumentlash (dalillash)ning mantiqiy xulosa chiqarishdagi ahamiyati. Modal mantiq qoidalari. Mantiq va ritorika. Mantiqiy semantika. Fikr va harakat mantig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |