Falsafa fanining ishchi o‘quv dasturi



Download 213 Kb.
bet1/18
Sana29.01.2023
Hajmi213 Kb.
#905012
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ФАЛСАФА УКУВ ДАСТУРИ 12-12 2-курс PSIX sirtqi 2022-2023 ЯНГИ

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI








TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________________D.Xolmatov
“_____” ______________ 2022 yil





FALSAFA
FANINING


ISHCHI O‘QUV DASTURI


2-kurs sirtqi talim shakli uchun



Bilim sohasi:




300 000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

Ta’lim sohasi:




310 000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar

Ta’lim yo‘nalishi:




60310903 – Psixologiya (amaliy psixologiya)










Namangan – 2022

Фan/modul kodi
FALB203

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS – Kreditlar
4

Fan/modul turi
majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Falsafa

24

96

120






I. FАNNING MАZMUNI
Fаnni o‘qitishdаn mаqsаdtаlаbаlаrning oliy talim tizimida dunyoviy, fаlsаfiy vа diniy bilimlаrni o‘rgаnish аsosidа, ulаrdаn ijtimoiy hаyotdа mаqsаdli foydаlаnish vа to‘g‘ri fikrlаsh mаhorаtini shаkllаntirishdаn iborаt.

Fаnning vаzifаlаrifalsafiy, ilmiy va diniy bilimning tafakkur uslubining o‘zgarishiga ta’siri; tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati; texnik va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolyutsiyasi; madaniyat, ommaviy madaniyat va ommaviy madaniyatsizlikning o‘zaro aloqasi va farqi; diniy madaniy an’analarda oila va farzand, tarbiyasiga oid g‘oyalarning ahamiyati; diniy ma’rifatning mutaassiblik (fanatizm), dindorlik, shamanizm, terrorizmdan farqi; diniy e’tiqodning yo‘nalishlari; global jarayonlar va barqaror taraqqiyot omillarining o‘zaro mutanosibligi; korrupsiya shakllari, sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari; ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni; dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, burch va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishni o‘rgatishdan iborat.


II. АSOSIY NАZАRIY QISM (MА’RUZА MАSHG‘ULOTLАRI)
II.I. Fаn tаrkibigа quyidаgi mаvzulаr kirаdi:


1-MODUL. FАLSАFА


1-mаvzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari, yangi sohalari va o‘zgaruvchan xarakteri. Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida. Falsafani siyosiylashtirishning oqibatlari. Falsafada shubhaning roli. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli. Dunyoqarashda sezgi, idrok, tushunishning mutanosibligi. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq atvorni tarbiyalashning roli. Dunyoqarashning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta’siri. Mifologiya, din, falsafa va fan dunyoqarash shakllari. Diniy dunyoqarashning mohiyati. Fan tushunchasining tavsifi, fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning mutanosibligi, farqi. Fanlarning differensiyasi va integratsiyasi.


2-mаvzu. Borliq falsafasi (Ontologiya)

Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa va tabiiy fanlarda borliq tushunchasining mohiyati, borliq va yo‘qlik dialektikasi. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Borliq shakllarining tasnifi. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi. In’ikos nazariyasi va uning shakllari. Dunyoning chekliligi va cheksizligi. Harakat borliqning mavjudlik sharti. Falsafa tarixida harakatning talqini. Harakat tushunchasining tavsifi, tiplari va shakllari. Harakat va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Falsafada makon va vaqt dialektikasi. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyatsion yondashuvlar. Tabiatniig ontologik maqomi. Biosfera va Noosfera haqidagi ta’limotlar.





Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish