Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Download 1,79 Mb.
bet439/489
Sana16.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#376882
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   489
Bog'liq
falsafa

O‘yinning ma'nosi. Inson va uning ijodiy imkoniyatlari shakllanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadigan o‘yin mutlaqo noamaliydir. U iste'mol mahsulotlari, moddiy ne'matlar yaratilishiga olib kelmaydi, moddiy naf ko‘rish bilan bog‘liq amaliy samaraga erishish yo‘lida amalga oshirilmaydi. O‘yin stimuli uning o‘zida mavjud. O‘yinning ma'nosi – inson o‘z hayot faolligini o‘ziga quvonch baxsh etadigan tarzda erkin namoyon etishidir. O‘yin faoliyatining asosiy xususiyati shunda.

O‘yinning insonga ta'sirini kuzatar ekanmiz, biz uning o‘yinchi uchun ob'ektiv va shaxsiy ma'nosini farqlashimiz lozim. Sub'ektiv nuqtai nazardan o‘yin ishtirokchisi uchun uning ma'nosi o‘yindan olinadigan tajribaning ahamiyatida, o‘yin baxsh etadigan quvonch va lazzatda namoyon bo‘ladi. Ob'ektiv ma'noda o‘yin bolani ijtimoiy hayotga tayyorlash va kiritishning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. O‘yin real dunyo haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradigan ta'lim vositasi sifatida qaraladi. U insonni borliq bilan to‘qnashuvga tayyorlaydi, kuchlarni sinovdan o‘tkazadi, mehnat ko‘nikmalarini shakllantiradi, dunyoqarashni kengaytiradi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, shaxsning axloqiy mo‘ljallariga ta'sir ko‘rsatadi, qondirilmagan mayllar o‘rnini to‘ldirish shakli hisoblanadi, inson hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratadi, uning emotsional holatini uyg‘unlashtiradi va h.k. Ammo o‘yinning asosiy afzalligi shundaki, u insonni kundalik hayot andozalaridan uzoqlashtiradi, uning fantaziyasini faollashtiradi, mehnat va muloqotga, o‘z turmushini tashkillashtirish va farzand tarbiyasiga nisbatan ijodiy munosabatni rag‘batlantiradi. Eng muhimi, o‘yin insonning ijodiy salohiyatini shakllantiradi, uni san'atni idrok etishga tayyorlaydi, uning xulq-atvoriga yengillik va mohirlik baxsh etadi. O‘yinning jozibadorligini faqat ijod oliy shakllarining jozibadorligi bilan tenglashtirish mumkin.



Ijod. Aksariyat odamlar ongida ijod tushunchasi faoliyatning hyech qanday rejalari va andozalariga bog‘lab bo‘lmaydigan sof shaxsiy jarayon bilan bog‘lanadi. Ko‘pincha u alohida odamlar, daholar anglash mumkin bo‘lmagan tarzda ega bo‘ladigan qandaydir ilohiy in'om sifatida qaraladi. Ijodda hamma narsa sirli va nomuayyan bo‘lib, u kundalik hayotga xuddi to‘fon yanglig‘ kirib keladi, eskicha qarashlar, qotib qolgan andozalarni ag‘dar-to‘ntar qiladi. Ijodning mohiyati nimada, degan azaliy falsafiy savolga psixologlar va pedagoglar, sotsiologlar va tarixchilar, faylasuflar va san'atshunoslar javob berishga harakat qilganlar, ammo ular ijod ustidagi sirli pardaning bir chekkasinigina ochishga muvaffaq bo‘lganlar. Shunga qaramay ijodni ijodiy mehnat mahsullari natijalariga muvofiq ancha aniq tushuntirish mumkin; unga faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida protsessual tavsif berish mumkin; ijodning tabiati haqidagi savolga javobni ijodkorlarning ruhiy dunyosi, qobiliyatlari, dunyoqarashi va axloqiy mo‘ljallaridan ham izlash lozim.

Mutlaqo yangi ijtimoiy muhim natijaga erishish ijodning muhim xususiyati bo‘lib, u davomli tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, ijod hamisha o‘sish, qo‘shilish, ilgari dunyoda mavjud bo‘lmagan yangilikni yaratishdir. Garchi insonning ijodiy faoliyati tabiat materialiga muhtoj bo‘lsa-da, u to‘laligicha tabiatda allaqachon mavjud bo‘lgan narsa bilan belgilanishi mumkin emas. Ijod mahsulida material bilan belgilanmagan yangilik mavjuddir. Ijodga xos bo‘lgan betakrorlik, nostandartlikni faqat asosiy materialning tor chegarasidan chetga chiquvchi ijodkorning o‘ziga xosligi miqyosi bilan tenglashtirish mumkin. Ijod mahsulining yangiligi tufayli uni oldindan rejalashtirish mumkin emas. Ibn Arabiy ijodni ulkan muvaffaqiyatsizlik sifatida tavsiflaydi, chunki hatto mukammal mahsullarda ham u ijodiy g‘oyaga kamdan-kam holda mos keladi. Bu ijodning o‘ta shaxsiy intim jihatidir. Ijodkor shaxs imkoniyatlarining boyligini, odatda, ijod natijasining torligi bilan taqqoslab bo‘lmaydi.




Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   489




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish