Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Interiorizatsiya nazariyasining tanqidi



Download 1,79 Mb.
bet435/489
Sana16.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#376882
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   489
Bog'liq
falsafa

Interiorizatsiya nazariyasining tanqidi. Shaxsning shakllanish jarayonida faoliyat qay darajada muhim rol o‘ynamasin, uni mutlaqlashtirish yaramaydi. Psixolog S.L.Rubinshteyn insonning kamol topishida faoliyat rolining mutlaqlashtirilishiga qarshi e'tiroz bildirar ekan, shunday deb qayd etgan edi: «Inson qobiliyatlarining rivojlanish jarayoni u yaratadigan narsalarning rivojlanish jarayoni emas, balki insonning kamol topish jarayonidir, chunki qobiliyatlar insonda narsalardan yaralmaydi»208[208]. Inson tashqi ta'sirlarni tanlash va ularni o‘zining betakror, hyech kimnikiga o‘xshamaydigan individualligining ichki mantiqiga muvofiq qabul qilishda erkindir. Interiorizatsiya nazariyasi ijod omiliga putur yetkazadi, inson hayot faoliyatida qadriyatlarning rolini (ayniqsa san'at, din va axloq sohasida) inkor etadi, insonning ichki dunyosini soddalashtiradi. Shu sababli bola tarbiyasi bilan shug‘ullanganda uning individualligini hisobga olish, bunda uning ichki ruhlantiruvchi motivlariga tayanish, uni faoliyatga majburlamaslik, balki jalb qilish, uning imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniqlash va ularga tayanish lozim.

Interiorizatsiya nazariyasining tanqidi shaxsning shakllanishiga faoliyatning ta'sirini rad etmaydi, balki uning imkoniyatlari chegarasini ko‘rsatadi. Zero, shaxsning shakllanishida faoliyatning rolini tushunish uchun insonning muayyan faoliyat turlariga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan ichki xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Ichki xususiyatlar deganda avvalo shaxsning qobiliyatlari va irodasi zamirida yotuvchi tabiiy iste'dod nishonalari, oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari (mijoz), umumiy ta'sirchanlik (ya'ni sezish va idrok etish individual qobiliyati), miya yarim pallasi asimmetriyasi va hokazolar nazarda tutiladi. Shaxsning ichki xususiyatlari nafaqat irsiy (genetik) va tug‘ma (embrional rivojlanish jarayoni bilan belgilangan) xossalar, balki shaxs hayoti, tarbiyasi, bilimi, hayot tajribasining o‘ziga xos holatlari ta'sirida shakllangan individual belgilar tushunchasini ham qamrab oladi.




Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   489




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish