268
beg‘arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan ax- loqiy qadriyatlarga aylanib boradi.
Inson va jamiyat hayotida axloq quyidagi funksiyalarni baja- radi:
Axloqning tartibga solish, boshqarish funksiyasi — odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni jamiyat tomonidan qabul qilingan, o‘rnatilgan axloqiy normalar orqali tartibga solinishi va boshqari- shi bilan ifodalanadi. Unda axloqiy munosabatlarni tartibga soluv- chi vosita vazifasini axloq tamoyillari, normalari, jamoatchilik fikri, el-yurt o‘rtasidagi obro‘-martaba, an'ana, urf-odat, o‘git, pand-nasihat va boshqalar tashkil qiladi. Tartibga solish, boshqa- rish esa bevosita moslovchi-norma, talab qiluvchi-norma, taqiq- lovchi-norma, chegaralovchi-norma, namunali-norma va hoka- zolar orqali amalga oshiriladi.
Qadriyat maqomini olgan axloq ana shu jarayonda o‘zining ijobiy kuchini namoyish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |