Falsafa asoslari


UCHINCHI BO‘LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI



Download 428,67 Kb.
bet308/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

UCHINCHI BO‘LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI


  1. mavzu. «Etika» fanining predmeti va
    jamiyat hayotidagi ahamiyati


Etika fanining mohiyati va predmeti. Etika fani bir necha ming yillik tarixga ega qadimiy fan. U bizda «axloq ilmi», «odobnoma» kabi nomlar bilan atalgan. Axloq — inson ma'naviy kamoloti sar- chashmalaridan biri bo‘lib, u tufayli jamiyat ravnaq topadi, fuqa- rolarning baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi. U o‘zining paydo bo‘lish tabiatiga ko‘ra ijtimoiy-tarixiy hodisa hisoblanadi. Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana bosh- lagan kundanoq axloq paydo bo‘lgan. Aniqrog‘i, odamzodning o‘zi ular o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarning hosilasi sifatida shakllana borgan. Odamlar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar negizida jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatida qaror topgan.

Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluv- chi, boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi kuch bo‘lganligi uchun ham buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arbob- larining diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, ta- biatini tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv usullari (metodlari) orqali ish ko‘rishni taqozo etadi. Axloq ilmini o‘rganishga bag‘ishlangan xorijiy va o‘zbek tilidagi adabiyotlarda «axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko‘plab ishlatila- di. «Etika» so‘zi qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar tomoni- dan fanga kiritilgan. 0‘z vaqtida Gomer «ethos» (etos) so'zidan «birgalikda yashaydigan joy, uy, g‘or, uya, in, makon» ma’nosida foydalangan bo‘lsa, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon faylasufi Arastu «etos» so‘zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Eti- kaviylik» (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U «axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotir- jamlik, og‘irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik, qahramonlik, o‘rtachalik, mo‘tadillik va hokazolarni ifodalovchi tushuncha deb bilgan. Shu asosda u etikani-yaxshi fazilatlarga (xislatlar) ega bo‘lgan kishilarni yoki kishilarning yaxshi sifatla-


266





rini, ya'ni xayrli, saxovat va himmatli, ezgu ishlarini o‘rgatuvchi ilm sohasi deb tushungan.


Darhaqiqat, Arastu etikaga; insonlar o‘rtasidagi munosabat doirasi va oqil ijtimoiy hayvon (individ)ning axloqini o‘rganuvchi fan deb, ta'rif bergan. Bu haqda «Nikomax etikasi», «Evdem eti- kasi», «Katta etika» kitoblarini yozib «etika» faniga asos solgan1. Demak, G‘arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi ilm sohasi sifatida o‘rganila boshlangan.

Axloqshunoslik ilmi tarixida axloq va uning mazmun-mohi- yatiga doir juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Jumladan, «Falsafa: qomusiy lug‘at»ida: «Axloq (arab. Xulqning ko‘pligi; lot. Moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tari- xan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro, Shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlar- ni tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig‘indisi»1 2, — deb ta’riflangan.

Ba’zi mualliflar «axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega ekan- ligini, ya’ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xat- ti-harakatining eng qamrovli qismini bildirib, jamiyat, zamon, ba'zan insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan umum- bashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, in- soniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa ekanligini ta’kidlaydi3.

Har bir insondan umri davomida jamiyatda qabul qilingan urf-odat, an’ana va qonun-qoidalarga amal qilishi talab etiladi. Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat — xulq atvor, odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloq-


1 ApncTorejib. HHKOMaxoBa arnKa / ApncTOTejib. ConnHeHne. B 4 x-t. T. 4. - M.: Mbicjib, 1984. C. 55 - 62.


2 Falsafa: Qomusiy lug‘at / Tuzuvchi va mas'ul mi harrii Q.Nazarov. — T.: Sharq, 2004. - 40 b.


3 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. — T.: 0‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. — 8 b.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish