Mantiqan o‘rinli va mantiqan o‘rinsiz qo‘yilgan savollar. Bitta bo‘lsa ham to‘g‘ri javob bersa bo‘ladigan savol mantiqan o‘rinli savoldir. Bema’niligi tufayli javobsiz qolgan savol o‘rinsiz savoldir.
Ilmiy va ilmiy bo‘lmagan savollar. Ilmiy savollarning rema- sida, ma’lum bir kontekstda empirik yoki abstrakt obyektlarning sinfini ifodalovchi, hech bo‘lmaganda bitta ilmiy termin bo‘ladi. Ilmiy bo‘lmagan savollarda bunday termin bo‘lmaydi.
Har qanday savolda axborotni aniqlashga qaratilgan element mavjud bo‘lib uni tekshirish, baholash va faollashtirish kerak bo‘ladi. Savollarni bilib tanlash, tuzish va muayyan tartibda be- rish orqali muammoni hal qilish uchun yordam beruvchi sharoit- ni tug‘dirish va yechimini tezroq aniqlashga imkoniyat yaratiladi
Javob — qo‘yilgan savolga muvofiq holda avvalgi bilimni aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan yangi mulohazadan iborat. U savolning asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yan- gi bilim olishga imkon beradi. Javob savolda mavjud bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |