Muhabbat va nafrat. Muhabbat inson axloqiy hayoti- ning cho‘qqisi, komillik belgisi, muhabbat — oliy tuyg‘u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha
1 Arastu. Axloqi kabir. — T.: Sharq, 2005. - 123 b.
275
sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z «hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov: «Juda ko‘p irfoniy tushuncha — istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», — der ekan, ayni haqiqatni aytadi1. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonpar- varlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushuncha- lardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo‘ladi, obyektdan chetlashish- ni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifa- tida mavjudligidir.
Ezgulik va yovuzlik. Ezgulik — eng muhim axloqiy kat- egoriyalardan biridir. Ezgulik inson faoliyatining asl mohiyati- ni anglatadi. Shu nuqtayi nazardan ezgulik insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi qadriyat sifatida baholanadi. Ezgulikning o‘ziga xos xususiyati shundaki u insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi va bevosita axloqiy xatti-harakat natijsaida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari ezgulikda manfaatdan ko‘ra umummanfaat ustuvor hisoblanadi.
Ezgulik yuksak axloqiylik sifatida jamiyatning ijtimoiy taraq- qiyot hodisasi nuqtayi nazaridan bir qator xususiyatlarga ega. U:
stixiyali ko‘r-ko'rona ishlar emas, balki insonning shaxsiy manfaatlaridan jamiyat va xalq manfaatining yuksakligiga asos- langan oqilona xatti-harakatlar natijasi;
majburiylik emas, balki vijdon amri bilan amalga oshiri- ladigan axloqiy voqelik;
inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy mu- nosabatning ijobiy mazmuni;
1 Komilov N. Tasawur. 1-kitob. - T.: Yozuvchi, 1996,- 48 b.
276
— inson ziynati va yuksak qadriyatga aylangan ijtimoiy ho- disa.
Ezgulik barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallay- di. Jumladan «Avesto»da Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol uchligi zardushtiylikning mohiyatini anglatadi. Yovuzlik ezgulikka qara- ma-qarshi tushuncha bo‘lib zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra yovuz- lik sabablari va uning oqibatlari narsa-hodisalarning mohiyatidan kelib chiqadi. Yovuzlikni bartaraf etishda iymon-e’tiqodli kishilar katta jonbozlik ko‘rsatishi da’vat etilgan.
Ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tamoyil bir-birini tamo- mila inkor etibgina qolmay, ular o‘rtasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu abadiy kechadigan jarayon sifatida olamni harakatga keltiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Ezgulikning ma’no- mohiyati yovuzlikka qarshi kurashda o‘z ifodasini topadi. Ezgulik axloqiy barkamollik negizidir. Ezgulik ijtimoiylik xususiyati bilan muhim ahamiyatga ega. Ezgulik amaliyotda qahramonlik, vatan- parvarlik, insonparvarlik, jasurlik tamoyillarini ham o‘z ichiga oladi. Ezgulik ijtimoiy, shaxsiy xulq-atvor va xatti-harakatni ma’naviy jihatdan baholashning muhim mezonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |