Fakultetlararo o’zbek va rus tili kafedrasi о’zbеk tilining sohada qo’llanishi”fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish va bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma



Download 122 Kb.
bet1/8
Sana05.04.2022
Hajmi122 Kb.
#529729
  1   2   3   4   5   6   7   8

O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ХАLQ TАILIMI VАZIRLIGI
MUQIMIY NОMIDАGI QO’QОN DАVLАT PЕDАGОGIKА INSTITUTI

FAKULTETLARARO O’ZBEK VA RUS TILI KAFEDRASI

« О’ZBЕK TILINING SOHADA QO’LLANISHI”fanidan
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH
VA BAJARISH BO‘YICHA
uslubiy ko‘rsatma
(barcha fakultetlarning 2-bosqich talabalari uchun)

Qo’qon - 2021


Mazkur uslubiy ko‘rsatma fanning ishchi o‘quv dasturi mazmun va maqsadidan kelib chiqib pedagogika oliy o‘quv yurtining barcha fakultetlar bakalavrlari uchun tayyorlandi. Ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish maqsadi, olib borish tartibi, ajratilgan soat, mustaqil ish turlari, ularni bayon etish yo‘l, usullari, texnikasi va mazmunini yoritishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Qo’qon davlat pedagogika instituti kengashining 2021-yil 28-avgustdagi 1-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Sohalarda o’zbek tilining qo’llanishi” fanining namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Muallif: f.f.n., dotsent M. Ergashova
f.f.n., dotsent D. Hasanova
Taqrizchilar: H. Ahmedova,
M. Mamajonova

Mazkur uslubiy ko‘rsatma Qo‘qon davlat pedagogika unistituti Kengashining 2021-yil 28-avgustdagi 1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.




KIRISH

Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda o‘qituvchining rahbarligi, nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.


Mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish darajasi va qobiliyati hisobga olinadi. Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: muayyan mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; berilgan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish; o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar, nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ssenariylarini tayyorlash.
Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar uchun tegishli fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari mas’ul kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabalarga axborot manbasi sifatida darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatma, tavsiyanomalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet materiallari, mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar ro‘yxati, alfavitli katalog kabilar taqdim etiladi.
О’zbek tilining sohada qo’llanishi fanini о’qitishning asosiy maqsadi talabalarning о’zbek tilidan egallagan bilim va kо’nikmalarini mastaqkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashishi, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, о’zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta'minlashga erishishdir.
1. O‘zbek tilida erkin muloqotga kirishish va ish yuritish malakasini egallash (nutqiy kommunikativ malaka).
2. Til materiali va vositalari, xususan, ixtisoslik leksikasini nutqda qollay bilish ushun yetarli bilimlarni ozlashtirish (grammatik bilim va malaka).
3. Milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash (milliy ma'naviy madaniyatni egallash malakasi).
O’zbek tili o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - о’zbek tilining sо’z boyligi, soha atamalaridan gap tuzish va uni nutq
uslublarida tо’g’ri qо’llashda foydalana bilishi;
- kasbiy atamalarni tushunishi, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qо’llay olishi;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mutaxassisligiga oid mavzularda
bo g‘lanishli matn tuza olishi va bunday matnlarni tarjima qilishi;
- о’zbek xalqining tarixi, an'analari, urf-odatlari, mustaqil davlatimizning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tо’g‘risidagi turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha olishi;
- о’zbek tilidagi turli matnlarni, xususan, ixtisoslikka oid matnlarni tushunib о’qishi va tarjima qilishi;

  • о’zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan о’rinli foydalanish, ular yordamida о’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish haqida bilimga ega bo‘lishi zarur;

- о’z fikrini og‘zaki va yozma tarzda о’zbek tilining grammatik qoidalari, me'yorlariga amal qilgan holda mustaqil ifodalash;
- о’z ixtisosligi bо’yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli
rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilishi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni tо’g‘ri о’qish, ma'nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan tо’g‘ri tuzishni bilishi va amalda qо’llay olish;
- ish yuritish kо’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tadbiq eta bilishi malakalariga ega bo‘lishi;

  • informatsion;

  • kommunikativ;

  • kreativ;

  • ma’naviy-axloqiy;

  • o’zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tahliliy, tanqidiy munosabat kompetensiyalarini o’zlashtirishi lozim.




Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish