Fakulteti yo’nalishi ning


II BOB. 2.1. Xorazm viloyati va uning iqtisodiy hayoti



Download 179,5 Kb.
bet4/8
Sana28.06.2022
Hajmi179,5 Kb.
#714458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorazm viloyati xo\'jaligi (2)

II BOB.
2.1. Xorazm viloyati va uning iqtisodiy hayoti.
Xorazm tili (xorazmcha: zڨẩ‌ạy̰ kẖwạrzm, zb'k 'y xw'rzm;[2])— yoʻqolib ketgan Sharqiy Eron tili[3][4][5][6] bilan yaqin aloqada. Bu til markazi Orol dengizining janubida joylashgan quyi Amudaryoda (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasining shimoliy qismi hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning tutash hududlari) joylashgan Xorazm (Xorazm) hududida soʻzlashgan. Xorazm tilini bilish uning O'rta Eron bosqichi bilan chegaralangan va so'g'd tilidagi kabi uning qadimiy shakli haqida kam narsa ma'lum. Xorazmlik buyuk allomalar Al-Beruniy va Zamaxshariyning asarlaridan bilamizki, bu til hech bo‘lmaganda XIII asrgacha qo‘llanilgan bo‘lib, asta-sekin uning o‘rnini asosan fors tili, shuningdek, turkiyning bir qancha shevalari egallagan. [7] Beruniy qo‘llagan astronomik atamalardan tashqari, Xorazm tilidagi boshqa manbalarimizga Zamaxshariyning arabcha-forscha-xorazmcha lug‘ati va xorazmcha atama va iqtiboslardan ba’zi huquqiy tushunchalarni tushuntirish uchun foydalanadigan bir qancha huquqiy matnlar, ayniqsa Muxtor alning “Qunyat al-munyo”si kiradi. -Zohidi al-G'azminiy (vaf. 1259/60).[7][8] Mashhur olim V.B. Xenning vafot etganida Xorazm tilining lug‘atini tayyorlayotgan edi va uni tugallanmagan holda qoldirdi. Ushbu lug'atning bir qismi 1971 yilda D.N.Makkenzi tomonidan vafotidan keyin nashr etilgan.[9]
Xorazm tili Mvaronunronda islom rivojlanishidan oldin (8-asr boshlari) soʻgʻd va pahlaviy yozuvlariga yaqin yozuvda, ildizlari imperator oromiy yozuviga borib taqaladi. Tangalar va artefaktlardagi ushbu yozuvning saqlanib qolgan bir nechta namunalaridan ma'lum bo'lishicha, yozma xorazm tilida oromiy logogrammalari yoki ideogrammalari, ya'ni oromiycha so'zlar mahalliy so'zlarni ifodalash uchun yozilgan. 𐡔𐡍𐡕 (ŠNT) srdẖ, sard, "yil", 𐡍𐡐𐡔𐡉 (NPŠY) uchun kẖdᐡk, xudāk, "o'zlik" va 𐡌𐡋𐡊𐡀 (ạh, king') uchun [ạhšī][1]. Islom rivojlanganidan so'ng, Xorazm tili fors-arab alifbosining moslashtirilgan versiyasidan foydalangan holda, an'anaviy pashtu tilida bo'lgani kabi, /ts/ va /dz/ ni ifodalovchi څ harfi kabi o'ziga xos Xorazm tovushlarini aks ettirish uchun bir nechta qo'shimcha belgilar bilan yozilgan. orfografiya.[11] Xorazm skripti Unicode standartiga 2020-yil mart oyida 13.0 versiyasi chiqarilishi bilan qo‘shildi. Xorazm tili uchun Unicode bloki Chorasmian deb ataladi, U+10FB0–U+10FDF(2.1.1-ilova).
Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 408 749 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 262 143 gektar.
Hammasi bo‘lib Xorazm viloyatida 12 ta paxtachilik (maydoni – 82 757 gektar, hosildorligi – 33,2 gektar, ishlab chiqarish quvvati – 275 102 tonna) va 3 ta meva-sabzavotchilik (maydoni – 1 580 gektar) agroklasterlari faoliyat yuritadi. 1 ta agrologistika markazi mavjud.
Viloyatda 3 917 ta fermer xo‘jaliklari bor. Ulardan 1 516 tasi paxtachilik-g‘allachilik, 728 tasi bog‘dorchilik, 49 tasiuzumchilik, 80 tasi sabzavotchilik-polizchilik, 19 tasisabzavotchilik-g‘allachilik, 44 tasi tutchilik, 81 tasi parrandachilik, 540 tasibaliqchilik, 22 tasiarichilik, 243 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid.
Viloyatda 212 gektar yer 148 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.
Ayni vaqtda 8 084 gektar yer bog‘lar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 3 221 gektarida intensiv bog‘lar barpo etilgan.
Asosiy yer maydonlari – 202 776 gektar. Ulardan: yoshlarga vaqtinchalik ajratilgan yerlar – 15 000 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 82 757 gektar; g‘alla (bug‘doy) – 33 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 2 680 gektar; sholi – 6 090 gektar; dukkaklilar – 4 552 gektar (mosh); moyli ekinlar – 1 830 gektar (soya – 1 000, kungaboqar – 333 gektar, kunjut – 497 ga); sabzavotlar – 6 538 gektar, ulardan: pomidor – 121 gektar, bodring – 48 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 1 656 gektar, bodring – 701 gektar, sabzi – 1 911 gektar, piyoz – 955 gektar, karam – 318 gektar, ko‘katlar – 223 gektar (ulardan: ukrop – 95 gektar, petrushka – 64 gektar, ko‘kpiyoz – 64 gektar, rediska – 96 gektar), bulg‘or qalampiri – 191 gektar, qalampir – 64 gektar, baqlajon – 127 gektar, lavlagi – 127 gektar (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 9 493 gektar (tarvuz – 2 010 gektar, qovun – 6 783 gektar, qovoq – 700 ga); kartoshka – 2 237 gektar; ozuqabop ekinlar – 46 915 gektar; boshqa ekinlar– 861 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 5 623 gektar (mevali daraxtlar– 2 500 gektar (danaklilar – 926 gektar, mevalilar – 1 575 gektar)); uzumzorlar – 1 545 gektar, tutzorlar – 1 578 gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 34 000 gektar. Ulardan: sabzavotlar –
1 112 gektar; sabzi – 574; pomidor – 92 gektar, sholg‘om – 93 gektar; turp – 151 gektar; karam – 152 gektar; baqlajon – 531 gektar; lavlagi – 50 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 347 gektar; moyli ekinlar – 1 223 gektar ( ulardan: kunjut – 632 gektar, kungaboqar – 591 gektar); dukkaklilar – 2 814 gektar (mosh); sholi – 23 910 gektar; ozuqabop ekinlar – 4 594 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 9 447 gektar (mevali bog‘lar – 8 042 gektar, uzumzorlar –
1 405 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 738 gektar; sarimsoq – 217 gektar. Bahorda: pomidor – 1 286 gektar; bodring – 1 078 gektar, sabzi – 1 037 gektar, piyoz – 108 gektar, karam – 158 gektar; ko‘katlar – 83 gektar; bulg‘or qalampiri – 124 gektar; qalampir – 62 gektar, baqlajon – 124 gektar; lavlagi – 83 gektar; poliz ekinlari – 720 gektar.
2020-yilda 99 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.
Maydoni 6,1 ming km.kv. Aholisi 1 mln. 835 ming 700 kishidan ortiq (01.01.2019-yil). Viloyatida 10 ta tuman, 3 ta shahar va 56 ta shaharcha mavjud. 
Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismini egallaydi. Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi. Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tashqari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan xom-ashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud.
Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o‘rinlarda turadi. Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4–5 m) qilib quradi. Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yer to‘lalar, turli maqsadga mo‘ljallangan o‘ralar bo‘lmaydi.
Viloyat iqtisodiyoti, asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlarida paxtaning salmog‘i, ayniqsa, katta. Gurlan tumanida esa sholipoyalar katta maydonni egallaydi. Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makka jo‘xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan paxtachilikning qo‘shib olib borilishi suvdan va ishchi kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Viloyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi.
Qishloq­ xo‘jaligining­ asosiy ­tarmoqlari: paxtachilik, polizchilik, sholichilik, go‘sh-sut chorvachiligi, pillachilik. 
Sanoatning ­asosiy ­tarmoq­lari: elektroenergetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat, un-yorma.
Asrlar bo‘yi davom etib kelayotgan xalq seleksiyasi tufayli Xorazmda ertapishar hamda kechpishar qovunlarning ajoyib navlari vujudga kelgan.
Qadimda ularni maxsus idishlarga solinib, tuyalarda, hatto Bag‘dod va Hindistonga (o‘sha vaqtda uch oylik yo‘l) jo‘natilgan. Xiva, Yangiariq, Gurlan, Hazorasp tumanlarida bog‘lar birmuncha ko‘p. Kelgusida bog‘ va tokzorlar maydonini kengaytirish ko‘zda tutiladi.
Qishloq xo‘jaligining ikkinchi muhim tarmog‘i chorvachilikdir. Yozgi yaylovlar va suv tanqisligidan chorvachilikda cho‘lga moslashgan qorako‘l qo‘ylarning salmog‘i katta. Bu qo‘ylar, asosan, terisi va juni, shuningdek, go‘shti uchun boqiladi. Viloyatda yaylovlar kamligidan ayrim xo‘jaliklar o‘z qo‘ylarini Qoraqalpog‘iston yaylovlarida boqadi.
Sanoati. Viloyatda yengil va oziq-ovqat sanoatining yuzdan ortiq korxonalari mavjud. Sanoat paxta, pilla, meva, sabzavot hamda chorva mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Shuningdek, tikuvchilik, poyabzal, gilamdo‘zlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bu korxonalar shahar hamda tuman markazlarida joylashgan.

Turizm. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 


Xususan, Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida «Shovot» kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida «G‘ovuk ko‘l» kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni qurish rejalashtirilmoqda.
Shaharlari. Urganch viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Sha harda oziq-ovqat sanoati ahamiyatiga ko‘ra yengil sanoatdan keyingi o‘rinda turadi. Shahar elektr energiyani Taxiatosh IES va Tuyamo‘yin GESdan oladi. Shaharning shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalar, janubiy qismida esa ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Shaharda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining filiallari bor. 
Xiva viloyatdagi qadimiy, milliy me’morchilik yodgorliklariga boy shahardir. Xiva badiiy hunarmandchilikning muhim markazidir. Bu yerda yog‘och va toshlarga naqsh solish, zargarlik, naqqoshlik, kashtachilik, miskarlik va kulolchilikdagi ajoyib mahorat avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Xiva mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va geografi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning vatanidir.


Download 179,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish