2.3. Xorazm viloyati xo’jaligi sanoati.
Yer yuzida muzeylar ko’p ammo muzey shaharlar barmoq bilan sanarlidir. Shunday shaharlar borki, ularning o’zi muzeydir. Sobiq Ittifoq davridayoq ikkita shaharga shunday maqom berilgan. Shuning birinchisi Xivadir. Ichon qal’a ichidagi arxitektura yodgorliklari hali hanuz bus butunligicha saqlanmoqda va butun jahon sayyohlarini o’ziga jalb qilmoqda. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Qo’qon arxitektura yodgorliklariga tan bergan holda, ulardan Xivaning farqi, balki ustunligi barcha yodgorliklar, muzeylar, madrasa va minorlar, maqbaralar va masjidlar barchasi kompleks birjoyda, ya’ni Ichon qal’aning ichida joylashganligidadir.
Shoh va shoir Muhammad Rahimxon Feruz II ning bosh vaziri Islomxo’ja qurdirgan minora va madrasa nafaqat Xivaning, Xorazmning balki O’zbekistonning ko’rkidir. Vazir juda donoligi va faylasufligi bilan hatto o’sha paytdagi Rus hokimiyatini ham lol qoldirgan. Uning oqilona siyosati tufayli ruslar Xiva xonligida birinchi kasalxona qurdirgan va doktorlarni olib kelgan. Xonlikning 2 yillik o’lponini to’lashdan ozod qildirgan. U juda kuchli diplomat bo’lgan va shuning uchun ham uni Vaziri Akbar Islomxo’ja deb atashgan. U Muhammad Rahimxon Feruz II ning vorisi Isfandiyorxonning qaynotasi bo’lgan. Voqealar rivojining qanday kechgani va qolgan qismini Xivaga sayohatga kelsangiz bilib olasiz.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy-madaniy merosimizni asrab-avaylashga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bu davrda Urganchdagi "Avesto” bog`-majmuasini asrab-avaylash, eksponatlar fondini yanada boyitish yo’lida olib borilgan ishlar ham e’tirofga arziydi. Ayni paytda ushbu maskanlardan joy olgan qadimiy buyum va ashyolar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijiy sayyoh va mehmonlarning ham hayratiga sazovor bo’lmoqda. Xususan, "Avesto” bog`-majmuasida 18 metrli mahobatli yodgorlik qad rostlagan. Bu yerda joylashgan muzey mehmonlar, sayyohlar, yoshlar uchun o’ziga xos ziyoratgohga aylangan. Majmuadan insoniyat ibtidosidan darak beruvchi to’rt unsur – tuproq, suv, havo, olovni ifodalovchi noyob ashyoviy dalillar, arxeologik topilmalar, tosh, sopolga o’yib yozilgan Xorazm xati namunalari. "Avesto”, "Qur’oni karim”ning kiyik terisiga bitilgan parcha-oyatlari, Alisher Navoiyning "Xamsa” qo’lyozmasi, IV-V asrlarga doir ostadonlar, sopol idishlar joy olgan.
2014-yilda Urganch shahrini qayta qurish va obodonlashtirish uchun 1.6 trillion so’mdan ortiqroq mablag` yo’naltiriladi. Ushbu mablag` hisobidan viloyatda bir qator o’quvyurtlari, sport majmualari hamda yoshlar uchun dam olish maskanlari barpo etiladi.
2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali hamda talabalar uyining yangi binolari qurilgan edi. "Yoshlar ko’li”, ikkita sport majmuasi, ikkita musiqa san’at maktabi qayta ta’mirlangan edi. 21 ta umumta’limmaktablarining sport zallari, 7 ta kasb-hunar kollejlari hamda 5 ta umumta’limmaktablarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Shovot kanali qirg`og`ida yoshlarning madaniy dam olishi va ularni sog`lomlashtirishga mo’ljallangan turli sport maydonchalari va boshqa turli ob’ektlari bunyod etildi. Ayni paytda shaharning"Yoshlik” dahasida yopiq mashg`ulotlar kompleksi, zimnastika zali, 2 ta sport zali va basseyn, basketbol va badminton markazlarini qurish ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi UzA.
Xiva shahrida "Ichon qal’ada” joylashgan. Polvonlar piri. shoir, tengsiz pahlavon, po’stindo’z, hunarmand va faylauf. Xivada tug`ilgan. Eron Hindiston va Pokiston xalqlari ham pirni kurash tushuvchi polvonlarning piri deb tan olishgan.Islom dinining tasavvuf oqimining yetakchi namoyondasi bo’lgan. "Piryovali”, "Qit’ali” taxalluslari bilan o’z she’rlarida Juvonmardiylikni keng tarannum etgan. Uning "Kang – ul haqoniy” masnaviy asari bo’lgan. Hindistonga borib kurash tushgan, Eron shohining bosh polvonini kurash tushib yengib asirlikdagi Xorazmlik yurtdoshlarini qullikdan ozod etib yurtiga qaytara olgan faylasuf polvondur. Xorazmga kelib Xivani ko’rmaslik va Xivaga kelib Polvon pirni ziyorat qilmaslik daryo bo’yiga kelib suvsiz qaytmoq kabidir.
Xorazm viloyati Shovot tumanining Monoq mahallasida joylashgan. Miloddan oldingi II – IV asrlarga mansub ziyoratgohdur. Bu xudud o’sha kezlarda gullab yashnagan katta Vayangan qal’asi(shahri) bo’lgan. Vayangan bobo shaharni mudofaa qilgan avliyo bo’lgan. Keyinchalik bu shahar dushmanlar tomonidan bosib olinib aholisi yoppasiga qilichdan o’tirilgan. Shahar o’rnini tekshirgan arxeyolog olimlar har qatlamda odam suyaklariga uchrayvergan va qazish ishlarini to’xtatishga majbur bo’lishgan. Muqaddas dinimizda marhumlarni bezovta qilmaslik buyurilgani bunga sabab bo’lgan va bu joy bugun ulkan qabriston bo’lib, Vayangan bobo ruhini shod qilmoq maqsadida maqbara qurilgan. Maqbara yonida shifobaxsh tuzli kichik ko’l bo’lib odamlar ming dardga davo deb shifo izlab ham keladilar bu dargohga. Vayangan shahri juda qadimiy bo’lib, "Go’ro’g`li” dostonida shu qal’a nomi tilga olingani buni yaqqol misolidur. "Vayangandan kelgan Avazim” jumlasi ishlatilgan. Siz dostonni o’qigan bo’lsangiz bilasizki Go’ro’g`libekning( yolg`iz ) tutingan o’g`li Avazbekdur. Avazbek shu shahardan Go’ro’g`li tomonidan olib kelingan. Ming marta eshitgandan bir bora ko’rgan afzal deganlaridek keling, ko’ring va tanishing hamda o’zingiz baho bering.
Xiva. Kalta minor.
Xiva xoni Muhammad Aminxon qurdirgan qurilishi tugallanmay qolgan bu minor Xorazm va butun olamga "Kalta minor” deb tanilgan. Agar shu minora oxirigacha tugallanganida eng katta va eng baland minora bo’lardi. Minora yonida Muhammad Aminxon (Madaminxon) madrasasi joylashgan. Madrasa qurib bitkazilgan.
Xalq ichida shunday bitiklar tildan tilga o’tib kelgan:
"Madrasa bitdi-yu minor bitmadi,
Madaminxon hech murodo yetmadi.”
Minoraning nega tugallanmaganini bilmoqchi bo’lsangiz keling ko’ring va bilib oling, bu haqda turli rivoyatlar saqlanib qolgan.
Muqaddas dinimiz targ`ibot va tashviqotchisi bo’lgan 7 avliyo yohud 7 pirdan biridur. Tarixiy manbalarda kelishicha ulardan yana biri, Hozirgi To’rtko’l (Qadimgi Xorazm zamini) hududidagi Xazrati Sulton Uvays pirimiz va yana biri Buxorodagi Xazrati Bahouddin Naqshbandiy, Samarqandda Imom Ismoil al-Buxoriy va boshqalardur. Shu avliyolarni, qadamjolarni borib ziyorat qilishning o’ziyoq muborak Hazrati Kaba (Makka shahridagi Ibrohim S.A.V qurgan uy) ni ziyorat qilish bilan tenglashtirilar ekan.
Siz Xorazm deganda Xorazm lazgisi, Surnay lazgisi, Lazgi raqsini ko’z oldingizga keltirganingizga aminman. Xorazm lazgisi Alloh Odam Atoga jon baxshida etilayotganda tarannum etilgan degan ma’lumotlar bor. Shuning uchun bu kuy chalinganda raqsga tushib ketmaydigan odam bo’lmasa kerak. Siz lazgi raqsini bilmasangiz ham baribir kuyni eshitiboq beixtiyoriy ravishda o’yinga tushishga harakatga qilsangiz ajablanmang, bu kuy sehrilidir. Ayniqsa, Xorazmliklar shu kuyga raqsga tushganda kuy va raqs bir butun bo’lib xohlagan kishini lol qoldiradi, kuyni tinglab, raqsni tomosha qilib kishi huzurlanadi, ma’naviy ozuqa oladi, xordiq chiqaradi – bu Xorazm lazgisi, lazgi raqsidir. Xorazm milliy liboslari, umuman madaniyati va urf odatlari bilan ham ajralib turadi.
Xorazmlik buyuk san’atkor Komiljon Otaniyozovni eslamaslik mumkin emas, uning ovozi dunyoda tengsiz bo’lgan. Hatto Hindistonga safari chog`ida uning og`zini ochib tamog`ini tekshirib ko’rishni so’rashgan. U esa kulib og`zini ochib ko’rsatgan ekan, chunki bunday yuqori ovoz bo’lishi mumkinligi haqida ularda tasavvur bo’lmagan. Go’yoki u og`ziga yoki tamog`iga mikrofon joylashtirgan deb o’ylaganlar. Toshkent shahrida Komiljon Otaniyozov O’zbekistonda yagona "Lazgi ansambli” ni tashkil etgan. Bu ansambl bugungi kunda ham faoliyat ko’rsatmoqda. Xorazm Suvoralari bilan mashhur. Suvoralar o’z ichiga nasihatlarni ham olgan bo’lib, Asosan qardosh xalq shoirlari nasihatlari (turkman shoiri Maxtimquli) va o’zbek shoirlari, Alisher Navoiy, Mashrab g`azallari, Umar Hayyom, Ogahiy va shoh va shoir Muhammad Rahimxon Feruz II kabi shoirlar so’zlaridan foydalanib aytiladi. San`atkoru hofizlar, barcha ashula aytuvchilar suvoraga kelganda bir sapchib tushadi. Chunki Suvorani hamma ham maromiga yetkazib aytolmaydi-da. Suvoralar og`ir qo’shiqlardir. Ayniqsa Feruz I, Feruz II, Feruz III kabi ashulalar, shular jumlasidandur. Xorazmlik, Xivalik shoh va shoir, bastakor Muhammad Rahimxon Feruz II bastalagan kuylar uning nomi orqali aytilgan. So’zi esa Ogahiy va Feruzshohning o’ziga tegishli.
Feruzshox yaratgan "Sohibi Sulton” ashulasini yurtimizda faqat 2 yoki 3 ta xofizgina ayta olagan. Ular quyidagilar: Olmaхon Haitova (marhuma), Og`abek Sobirov, Rahmatjon Qurbonovlardir.
Baxshichilikda Qalandar baxshi Nurmatovning oldiga chiqadigani bo’lmasa kerak, unga "O`zbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
VIII oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi Bag`dodda ilm-fan rivojlandi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o’limidan so’ng (813-yil), uning o’g`li al-Ma`mun xalifa etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bag`dodga ko’chgach (819-yil), u yerda Ilmiy markaz tashkil etib, unda barcha musulmon o’lkalardan olimlarni to’pladi. Bu Ilmiy markaz tarixda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») nomi bilan mashhurdir.
Bu yerda asosan riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, jo’g`rofiya, astrologiya, handasa va shunga o’xshash boshqa fanlar o’rgatilgan.
Xorazmshoh Ma`munning o’g`li Ali ibn Ma`mun taklifi bilan 1004-yilda Gurganchda (Qo’hna Urganch) «Dor ul-hikma va maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar ham qilingan.
XVIII asr fransuz ensiklopedistlari al-Ma`mun faoliyatini va Bag`doddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini o’rganib chiqib, uni Afinadagi Platon Akademiyasiga juda o’xshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «al-Ma`mun Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi Akademiya» bo’lib qoldi.
Ma`mun Akademiyasining faoliyati 1017-yilda Mahmud G`aznaviy bosqini tufayli tugatiladi.
Mustaqilligimiz sharofati tufayli Prezidentimizning tashabbusi bilan bu Akademiya qayta tiklandi. Prezidentimizning Xiva shahrining 2500 yillik tantanalarida so’zlagan nutqlarida Xorazm Ma`mun Akademiyasini qayta tiklash haqidagi taklifi va 1997-yil 11-noyabrdagi Farmoni bilan Xiva shahrida Xorazm Ma`mun Akademiyasi qaytadan tashkil qilindi.
Respublika va xalqaro miqyosda yirik anjumanlar bo’lib o’tmoqda. «Ekosan»- Ekologiya va salomatlik xalqaro jamg`armasi, Xorazm viloyati hokimligi, Ma`mun Akademiyasi va «Ekosan» Toshkent klubi bilan hamkorlikda «Xorazm vohasi ijtimoiy ekologik taraqqiyotidagi muammolar va uning istiqbollari», shuningdek nufuzli tashkilotlar va o’quv yurtlari bilan hamkorlikda Xorazmda ilk davlatchilikning vujudga kelishi va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar, buyuk vatandoshlarimizJaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, Ogahiy tavalludining 190 yilligini, «Avesto» asari yaratilganligining 2700 yilligi, «Jahon madaniyati xalqaro tinchlik uchun» mavzularidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni alohida ta`kidlab o’tishni istardim. Mamlakatimiz taraqqiyotiga, tinchlikni mustahkamlashga oid bunday anjumanlar o’tkazish bundan buyon ham diqqat markazimizda bo’ladi.
Akademiyaning «Nashriyot va matbaa birlashmasi» da olimlarimizning ilmiy izlanishlari, monografiyalar, ilmiy to’plamlar, aspirantlarning dissertatsiya ishlari, akademiyaning muhim hujjatlari endilikda o’zida chop etiladi. Shuningdek, o’n bosma taboqqacha bo’lgan mualliflar asarlarini ham chop qilinishi mumkin. Turli hisob-kitob varaqalari, taklifnomalar, bukletlar tayyorlanadi. Akademiya xodimlarining xalq xo’jaligini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish, ma`naviy kamolotga xizmat qiladigan ilmiy ishlari imtiyozli ravishda chop etib berilyapti. Shu paytgacha 16 ta risola va ilmiy-ommabop ishlar chop etilib, bir yarim million so’mlik ish bajarildi.
Hozirgi davrdagi muammolar: zarur manbalar, adabiyotlar «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Til va adabiyot» bo’limlari ish samaradorligini oshirish uchun shu fanlarga oid kitoblar, qo’lyozmа manbalarini Rossiya, Angliya, Turkiya, Misr, Eron, Pokiston, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan keltirish masalasini hal qilish zarur. Internet tizimiga ulanib, sohalar bo’yicha yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni davr taqozo etyapti. Tajriba ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash maqsadida texnika vositalari kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida Xorazm viloyatida qishloq xo’jaligini keskin rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligini tiklash va mustahkamlash o’ta hayotiy, kechiktirib bo’lmas vazifa ekanligini nazarda tutib, Xorazm Ma`mun Akademiyasi tarkibida «Qishloq va suv xo’jaligi», «Ekologiya va tibbiyot» bo’limlarini tashkil etish nihoyatda zarur. (Xorazm Ma`mun Akademiyasi raisi muovini, biologiya fanlari doktori, professor K.S.Safarovning jurnalistlarga bergan intervyusidan olingan).
Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Xorazm hududi 10-asrgacha Gʻaznaviylar tomonidan bosib olingunga qadar Afrigʻiylar, keyin esa Somoniylar nazorati ostida boʻlgan. Eron Xorazm tili va madaniyati turkiylarning shimoliy Xorazmdan janubga kirib borishi bosimini his qildi, bu esa viloyatning asl eron xarakterining yoʻqolishiga va bugungi kunda uning toʻliq turkiylashuviga olib keldi, ammo xorazmcha nutq, ehtimol, Xorazmning yuqori qismida, Hazorasp atrofidagi mintaqada, ehtimol, toʻgʻridan-toʻgʻri davom etgan. 8/14 asr oxiri. Xorazm tili islom dinidan keyin bir necha asrlar davomida mintaqa turkiylashtirilgunga qadar saqlanib qolgan va qadimgi Xorazmning hech bo'lmaganda madaniyati va ilm-fanining ba'zilari ham shunday bo'lishi kerak, chunki Al-Beruniyning sarkardasini ko'rish qiyin. bilim, madaniy vakuumda paydo bo'ladi. Ahamoniylar imperiyasi, ehtimol, eramizdan avvalgi 6-asrda Buyuk Kir hukmronligi davrida va, albatta, podshoh Doro I davrida (miloddan avvalgi 550–486-yillarda hukmronlik qilgan) Xoraziya ustidan nazorat oʻrnatgan. Kir Smerdis/Bardiyaning oʻgʻli Baqtriya, Karmaniya va imperiyaning boshqa sharqiy viloyatlari bilan birga viloyat hokimi boʻldi. Fors shoiri Firdavsiy esa o‘zining “Shohnoma” dostonida Afrasiyob va Choch kabi fors shaharlarini ko‘p tilga oladi. Ahamoniylar imperiyasi bilan aloqalar Xorazmning moddiy madaniyatiga katta ta'sir ko'rsatib, boy iqtisodiy va madaniy rivojlanish davrini boshlab berdi. Xorazm qoʻshinlari eramizdan avvalgi 480-yilda Ahamoniylar sarkardasi, keyinchalik Frigiya satrapi Artabazos I qoʻmondonligi ostida Kserksning Gretsiyaga ikkinchi fors bosqinida qatnashgan. Fors shohi Doro III davrida Xorazm allaqachon mustaqil saltanatga aylangan edi. Xorazm Makedonskiy Iskandarning Oʻrta Osiyodagi istilolarida qatnashgan. Miloddan avvalgi 328-yilda Xorazm shohi Iskandarga doʻstlik taklif qilganida, Iskandarning yunon va rim biograflari koʻchmanchi qirolni choʻl xarobasida tasavvur qilishgan, ammo 20-asr rus arxeologlari bu hududni barqaror va markazlashgan qirollik, sharqdagi qishloq xoʻjaligi mamlakati sifatida ochib berishgan. Orol dengizi, Oʻrta Osiyo koʻchmanchilari bilan oʻralgan, pochta joʻnatilgan otliqlar qoʻshini bilan himoyalangan, Amudaryoning shimoli-gʻarbidagi eng qudratli saltanatda (qadimgi Oks daryosi). Podshoh elchisi Iskandar qoʻshinlarini oʻz dushmanlariga qarshi, Kaspiydan gʻarbda Qora dengizga (masalan, Iberiya va Kolxida qirolligi) qarshi olib borishni taklif qildi. Aleksandr xushmuomalalik bilan rad etdi. Salavkiylar, Yunon-Baqtriya va Arsaklar sulolalari davrida Xorazm asosan mustaqil boʻlgan. Koʻplab qalʼalar qurilgan, Xorazm vohasi “Ellik qalʼa vohasi” nomini olgan. Xorazm Salavkiylar imperiyasi yoki Yunoniston-Baqtriya manfaatlaridan nisbatan himoyalangan bo'lib qoldi, ammo ellinistik san'atning turli elementlari Xorazm shaharlari xarobalarida, xususan, Aqchaxon-Qal'ada va Gandxara yunon-buddist san'atining ta'sirida namoyon bo'ladi. Kushon imperiyasining yuksalishi, Toprak-Qal'ada paydo bo'ladi. Xorazmning ilk hukmdorlari dastlab Yunoniston-Baqtriya hukmdori Evkratid I tanga zarblariga taqlid qilganlar. Parfiyaning badiiy ta’sirlari ham tasvirlangan. Miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab Xorazmiyada yunon-baqtriya, parfiya va hind-skif tiplaridan ilhomlangan asl tangalar yaratildi. Milodiy 1—2-asrlarda yashagan xorazm hukmdori Artav (Artabanus) tangalari poytaxti Toprak-Qalʻa shahrida topilgan boʻlib, kushon Heraios tipiga taqlid qilgan va kushon hukmdorlari Vima Kadfises va Kanishka tangalari bilan birga topilgan. . Milodiy 2-asrdan boshlab Xorasmiya sharqda Kushon imperiyasining yuksalishiga mos keladigan keng madaniy sohaning bir qismiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |