KIRISH
Har bir mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, aholi turmush farovonligi hamda ularning real daromadlarini muttasil oshirib borishda ichki iste'mol bozorida narx-navoning barqarorligi muhim o‘rin tutadi. Chunki narx-navoning oshib borishi (inflyatsiya) aholi ixtiyoridagi daromadlarning xarid qobiliyatini pasaytirib, ularning ma'lum turdagi tovar va xizmatlar iste'molidan voz kechishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kurs ishi mavzusining dozarbligi. Darhaqiqat, iqtisodiyotda narxlarning barqarorligi deganda narxlarning keskin tushib yoki keskin oshib ketmasligi tushuniladi. Shu boisdan narxlarning barqarorligiga erishish strategik vazifalar sirasiga kiradi. Binobarin, narxlarning keskin tushib ketishi ishlab chiqaruvchilarning foyda me'yorini tushishiga hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu holat iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Aksincha, narxlarning keskin oshib ketishi, o‘z navbatida, aholi xarid qobiliyati hamda real daromadlarining pasayishi natijasida aholi turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Kurs ishini ob’kti. "Osita" MChJ hisoblanadi.
Kurs ishi tadqiqotining maqsadi narxlarni tahlil qilish va Osita MChJ mahsulotlari uchun yangi narx siyosatini ishlab chiqishdir.
Mamlakatda narxlar barqarorligini ta'minlash yuqoridagi salbiy oqibatlarning oldini olish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish imkonini beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida, respublikamizda narx-navoning keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, ya'ni aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash maqsadida o‘tgan yildan hozirgi paytgacha 155 million AQSH dollari miqdorida shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka va tovuq go‘shti kabi mahsulotlar ichki bozorning ehtiyojini qondirish uchun chetdan keltirildi.
Shuningdek, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘yintirish uchun import asosida olib kelinadigan 6200 turdagi tovarlar bo‘yicha nol qiymatidagi import bojlari o‘rnatildi va 8 mingdan ortiq tovarlar bo‘yicha aksiz va bojxona to‘lovlari ikki marotaba kamaytirildi.
Ahamiyatga molik jihati shundaki, bugun mamlakatimizda 27 turdagi, jumladan neft mahsulotlari, sement, qora metallar prokati, mis, paxta tolasi va boshqa yuqori likvidli mahsulot turlari, xom ashyo va materiallarni ichki bozorda faqat birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida sotish tizimi yaratildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yilning boshida qabul qilingan Farmoniga asosan, go‘sht mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchi tashkilotlar 2019-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Ushbu Farmon bilan alohida import qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyozlar bekor qilinib, aholining barcha qatlami uchun teng sharoitlar yaratildi. Mazkur holat ham ichki bozorda ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta'minlash imkonini berdi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ishonchli ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 820 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |