Shohi Zinda ansambli. Shohi Zinda ansambli Samarqand shahridagi
eng muhim sajdagoh maskanlaridan biri bo‘lib, temuriylar avlodi dafn
etilgan majmuadir. Bu qadimgi qabriston Samarqand shahrining shimoliysharqiy qismida ya’ni eski shaharning Afrosiyob tepaligida joylashgan.
Majmuaning markaziy qismida Qusam ibn-Abbos qabri joylashgan. U
Samarqandda islom dinini targ‘ibot va tashviqot qilganligi uchun avliyo
darajasiga ko‘tarilgan shaxsdir. Shohi Zinda arxitektura ansambli XIV-XV asrlarda qurilgan nodir, kamdan-kam uchraydigan qurilish inshooti bo‘lib hisoblanadi va
ziyoratchi sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi muhim maskanlardan
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |