Hazrati Bahovuddin Naqshbandiy majmuasi. Shayx, avliyo
Bahovuddin Naqshbandiy majmuasi Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri
Orifon qishlog‘ida joylashgan. Hazrati Bahovuddin Naqshbandiy o‘z
davrida sohibqiron Amir Temurning ma’naviy ustozi bo‘lgan. U
yoshligida to‘quvchi bo‘lib, keyinchalik esa to‘quvchilar kasb-korining
piri va temirchi naqshkor usta darajasiga ko‘tarilgan shaxsdir. Shayx
Bahovuddinning asl ismi Said Muhammad Bahovuddin bo‘lib, u 1318
yilning muharram oyida tavallud topgan va 1389 yil mart oyida vafot
etgan. Bahovuddin Naqshbandiy Buxoroi sharifda butun dunyoga
tarqalgan darveshlar ta’limoti «Naqshbandiya» ga asos solgan shaxs
hisoblanadi. U o‘z ta’limotida kishilarni ilm olishga, mehnat qilishga
da’vat qiladi. Shayx Bahovuddin Naqshbandiy me’morial majmuasi 1545 yili
Abdulazizxon tomonidan qurilgan bo‘lib, unda ikkita ayvonli masjid,
minora, madrasa va daxmadan iborat. Ushbu majmua mustaqillik yillarida
qaytadan ta’mirlandi va ajoyib ziyoratchi sayyohlar maskaniga aytantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |