Fаkulteti ingliz tilshunosligi kаfedrаsi 11-3 chi 19 guruh talabasi Ashurova Niginaning


LOYIHALASH METODINING TARIXI VA UNING TIL KO’NIKMALARINING SHAKKLANISHIDAGI AHAMIYATI



Download 265 Kb.
bet3/8
Sana23.01.2022
Hajmi265 Kb.
#404616
1   2   3   4   5   6   7   8

LOYIHALASH METODINING TARIXI VA UNING TIL KO’NIKMALARINING SHAKKLANISHIDAGI AHAMIYATI


Chet tili darslarining o’qitilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilinilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda.

Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir.

Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi.

Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani, masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir1

Loyihalar metodi tarixi. Loyihalar metodi asrning boshlarida, o’qituvchilar, faylasuflarning onglari bolani nafaqat ta’lim muassasasi bergan bilimlarni eslab qolish va ko’paytirishni emas, balki uni qo’llashga o’rgatish uchun bolani faol mustaqil fikrlashini rivojlantirish yo’llarini, usullarini izlashga yo’naltirilgan paytda paydo bo’lgan. Shuning uchun amerikalik o’qituvchilar J. Devi, Kilpatrik va boshqalar bitta umumiy muammoni hal qilishda bolalarning faol bilim va ijodiy qo’shma faoliyatiga murojaat qilishdi. Uning yechimi turli sohalardan bilim talab qildi.

J. Dyui zamonaviy loyiha metodini o’rganish tushunchasining asosiy tezislaridan biri bo’lgan shiorni ilgari surdi: «Amal qilish orqali o’rganish. Shuning uchun loyiha metodi dastlab muammoli deb nomlangan.
Loyiha usuli asosan amaliy natijalarga aniq yo’naltirilgan ko’plab muammoli, tadqiqot, izlash usullaridan foydalanishni nazarda tutadi2. Loyiha usuli dunyoning ko’plab mamlakatlarida keng qo’llanilgan bo’lib, asosan bitta muammoni hal qilishda talabalarning turli sohalardagi bilimlarini organik ravishda birlashtirishga imkon beradi, yangi g’oyalar yaratgan holda olingan bilimlarni amalda qo’llashga imkon beradi.

Loyiha metodi o’quvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z bilimlarini mustaqil ravishda loyihalashtirish qobiliyati, axborot makonida harakat qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga asoslangan. "Loyiha" kontseptsiyasining mohiyati ma’lum amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni hal qilish yo’li bilan olinadigan natijaga pragmatik yo’naltirilganlikdir. Ushbu ish natijasini ko’rish, tushunish, real amaliyotda qo’llash mumkin. Bunday natijaga erishish uchun bolalarni mustaqil fikrlashga, muammolarni topishga va echishga o’rgatish zarur, shu maqsadda turli sohalardagi bilimlardan foydalaniladi; turli xil yechimlarning natijalari va mumkin bo’lgan oqibatlarini taxmin qilish.

Loyihalar: tadqiqot (aniq tuzilishga ega); ijodiy (tuzilmani batafsil ishlab chiqmasdan); rol o’ynash (kashfiyotlarning tarkibi); axborot (aniq tuzilishga ega): ma’lumot to’plash; amaliyotga yo’naltirilgan (aniq tuzilishga ega): olingan ma’lumotlarga asoslanib xulosa chiqarish.

Tadbir davomiyligi bo’yicha quyidagilar mavjud: 1) mini-loyihalar (qisqa muddatli, dars doirasida); 2) o’rtacha davomiyligi (hafta, oy); 3) uzoq muddatli (bir yilgacha).

Amaliyot shuni ko’rsatdiki, loyiha usuli yaxshi natijalar beradi, barchani ta’lim faoliyatiga jalb qilishga imkon beradi, hamkorlik, o’zaro yordamni rivojlantiradi. Loyiha ustida ishlash uchun maxsus darsliklar kerak emas - talabalar deyarli barcha materiallarni o’zlari olib kelishadi.

Loyihalash metodi - ta’lim berish jarayoni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Loyihalash metodi predmet va uning yo’nalishga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalash metodida pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo’yilishi bilan yakunlovchi tahliliy faoliyat: oldindan ko’ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo’ladi.

Ta’lim jarayonini loyihalash metodi - o’qituvchi kasbiy faoliyatining ko’rinishi bo’lib, o’qituvchining ta’lim jarayonining texnologik tuzilma, uning natijasini ta’minlovchi metod va vositalar yig’indisi bilan tavsiflanadi.

Loyihalash metodi mahsuli ta’lim jarayonining loyihasi sanaladi. Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari.

Ta’lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar ya’ni texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhitning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta’minlanadi;

Ta’limning texnologik vositalari o’quvchilarning individual xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi;

Loyihalash metodi strategiyalari o’qituvchining individual uslubiga muvofiq tanlanadi;

Loyihalash metodi sifati teskari aloqa ya’ni o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ko’lami, loyihalash mazmuni, shuningdek barcha omillar samaradorligiga bog’liq.

Loyihalar ustida ishlash jarayonida ba’zi qiyinchiliklar paydo bo’lishi mumkin. Asosiy qiyinchiliklarga quyidagilar kiradi: material tanlash uchun vaqt yetishmasligi; o’quvchilarda leksik (grammatik) qiyinchiliklar; material yetishmasligi.

Agar talabalar o’qituvchi tomonidan taklif qilingan vaziyatga ko’ra muammoni shakllantirishlari kerak deb taxmin qilinsa, u holda o’qituvchining o’zi bir nechta mumkin bo’lgan variantlarni oldindan aytib berishi kerak. Talabalar ularning ba’zilarini nomlashlari mumkin, o’qituvchi bolalarni boshqalarga yetakchi savollar berish, muayyan vaziyatlarni yaratish va h.k. Loyiha metodi qo’llanilishi kerak bo’lgan darslarning barcha turlarini oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiqdir3.

Leksik-grammatik, fonetik va boshqa qiyinchiliklarni yengish uchun loyiha ustida ish boshlashdan oldin ushbu mavzu bo’yicha lug’at va grammatikani (inhaltliche, lexikalische, phonetische und grammatische Vorentlastung) tanishtirish va mustahkamlash zarur. Agar loyiha mavzu bo’yicha bir qator darslarni yakunlasa, unda bunday qiyinchiliklar juda kam bo’ladi.

  1. LOYIHALASH METODLARINI O’TISH TEXNOLOGIYASI


Hozirgi ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon  pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan.

Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir.  Chet tili ta’limini loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli. Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin.

Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi.  Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Chet tili fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini  oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida  aniq maqsad uchun faoliyatlarini  amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o’zining faoliyatiga bog’liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning  barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug’ilishidan yakuniy refleksiyagacha o’quvchilar tajriba orttiradilar; o’quvchilarda eng muhim o’quv ko’nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to’la boshqariladigan jarayonga aylanadi.  

O’quv loyihasining  metodik pasporti bu – o’quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o’quv dasturidagi o’rni to’g’risida qisqacha tavsif hisoblanadi. O’quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o’zida aks ettiradi: fan predmetining o’quv rejasidagi  mavzular, predmetning  ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarini, o’quv-pedagogik vazifalarni, o’quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o’quv loyiha topshirig’ini, loyihaning bajarilish muddatini va o’quv loyihasining ish rejimi. Tadqiqot loyihasi pasporti mualliflar va loyiha rahbari tomonidan to’ldirilib, unda o’quv loyihasining nomi, loyihaning maqsadi va vazifalari, loyiha muallifi, loyiha rahbari va konsultantlari, loyiha turi aks ettiriladi. O’quv loyiha faoliyatida o’quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o’yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo’naltiriladi.

Amaliy mashg’ulotda loyiha metodi asosida o’tiladigan dars mashg’uloti texnologiyasi tahlil qilinadi.

Loyiha usuli qo’llanilgan o’quv  mashg’ulotining  texnologik  xaritasi



Ish bosqichlari va mazmuni

F a o l i ya t

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

Tayyorgarlik



Loyiha mavzulari va maqsadini aniqlaydi. Ta’lim oluvchilarni loyihalash yondashuvi mohiyati bilan tanishtiradi. Bir qancha mavzular taklif etadi, loyiha mazmuni to’g’risida ma’lumot beradi, ular doirasini shakllantiradi, ish turlari, ularning natijalari va baholash mezonlarini sanab o’tadi

Guruhga birlashadilar, loyiha mavzusini tanlaydilar va muhokama qiladilar. Kerak bo’lganda qo’shimcha axborotlar oladilar. Maqsadni aniqlaydilar, loyiha bo’yicha ish natijalarini muhokama qiladilar

1 - bosqich

Rejalashtirish



G’oyalarni taklif etadi, takliflarni aytadi.

Axborot manbai va uning yig’ish usullari va tahlilini tavsiya etadi.

Ish tartibi va oraliq bosqichlarni baholash mezonlari va umuman jarayonni belgilaydi


Harakat rejasini tanlaydilar: vazifalarni shakllantiradilar, yo’nalish va bajarish bosqichlarini, ular tartibini aniqlaydilar, vazifalarni guruh a’zolari o’rtasida taqsimlaydilar. Ta’lim beruvchi bilan natijalarni tahlil etish usulini ( hisobot shaklini) ma’qullaydilar




2 - bocqich

Tadqiq qilish




Kuzatadi, maslahat beradi, axborot manbasini izlashga yordam beradi, o’zi axborot manbai hisoblanadi

 


Tadqiqotni bajaradilar. Axborot to’playdilar, oraliq vazifalarni echadilar,

 


3 - boskich

Axborot tahlili. Xulosalarni shakllantirish.



Butun jarayonni boshqaradi, qaytar aloqani ushlab turadi

Olingan axborotni tahlil qiladilar, xulosalarni shakllantiradilar

 


4 - bosqich

Hisobot




Eshitadi, oddiy ishtirokchi bo’lib, maqsadga yo’naltirilgan savollar beradi, quvvatlaydi va rag’batlantiradi

 


Hisob beradilar. Ish natijalarini: og’zaki hisobot materiallarini namoyish bilan og’zaki hisobot, loyiha ko’rinishida yozma hisobot shakllarida taqdim etadilar

5 - bosqich

Jarayon va natijalarni baholash.




Muammoni yechishning to’liq darajasini, guruhlar harakati strategiyasi, ta’lim oluvchilar kuchi, manbalardan foydalanish sifati, ijodiy yondashuv, ishni davom ettirish imkoniyati, hisobot sifati va boshqalarni baholaydi

Jamoaviy muhokama orqali ish natijalari va uning borishi, shu jumladan muammoni echishning to’liqlik darajasi va harakat strategiyasini himoya qiladilar, baholaydilar

 


 

 

 

 

Bo’lajak chet tili fani o’qituvchilari amaliy mashg’ulotda loyihanibajarish rejasini quyidagicha shakllantiradilar.

Loyihani  bajarishning ish rejasi



Ishtirok-chilarning F.I.Sh.

Topshiriq

Faoliyat turi

Tayyor mahsul ko’rinishi

Bajarilish

muddati


 

*


 Loyiha doirasida qatnashchilarni aniqlash, har bir qatnashchining vazifasini belgilash

Qatnashchilar ro’yxati tuziladi, qatnashchilar imkoniyatlariga qarab loyiha uchun tanlangan faoliyat yo’nalishidagi korxonaning hisob siyosatidagi bandlar o’zaro taqsimlanadi

Loyihani amalga oshirish rejasi shakllanadi

 

**


 

Loyiha mavzusi ma’lumotlari bankini shakllantirish

Tanlangan Loyiha mavzusining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi   

loyiha pasporti

 

 

Loyihani rasmiylashtirish

Loyiha ishi natijalarini to’plash

Loyiha tayyor holga keltiriladi

 

 

Loyihalashtirish faoliyati natijalari va loyiha taqdimoti bo’yicha hisobotni tayyorlash

Mavzu dolzarbligi va muammoni asoslab berish, loyihaning maqsad va vazifalarini ko’rsatib berish va boshqalar

Hisobot

 

 

MS Power Pointda loyiha taqdimotini tayyorlash

Taqdimotni umumiy rasmiylashtirish va uning mazmunini yana bir bor tekshirish, yangi slaydlarni qo’shish va hokazo

Taqdimot

 

Izoh:*   - har bir guruhdagi ishtirokchilar hamda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ishtirokchilarning F.I.Sh.lari belgilanadi;

** - bajarish muddatlari tanlangan loyiha yo’nalishi va guruhdagi vaziyatga bog’liq ravishda muayyan holatdan kelib chiqib belgilanadi.

- Loyihani taqdimotga tayyorlash.

a) MS Power Point da taqdimotlarni tayyorlash bo’yicha qo’llanmadan foydalangan holda loyiha taqdimotini tayyorlash.

b) loyihaning og’zaki taqdimotida guruh a’zolari o’rtasida vazifalarni aniqlanadi.

v) ommaviy taqdimot, loyiha himoyasi va baholash

 Loyiha ishi to’g’risida hisobotga  tayyorgarlik bo’yicha talaba quyidagi  yo’riqnoma asosida faoliyatini tashkil etishi maqadga muvofiq:4

a) taklif va tavsiya etayotgan loyihani tatbiq etishni isbotlovchi xulosalarni (1 betdan ko’p bo’lmagan matn asosida) ifodalash.

b) hal etmoqchi bo’lgan muammoni (5-6 so’z bilan) asoslanadi.

v) loyihaning maqsadi: uning nima uchun yaratilishi, oxirgi mahsulni qanday bo’lishi va u kimga qaratilganligini (1-3 taklif orqali) ko’rsatiladi.

g) loyiha vazifalarini (qisqa va bir ma’noli) ifodalanadi.

d) loyihaning ish rejasi bayon etiladi.

e) vazifani echimi natijalarini va loyihada bajarilgan ishlarni ko’rsatiladi.

j) taklif etgan loyiha mahsulini tatbiq etish imkonini tasdiqlovchi xulosalarni shakllantiriladi.

z) bajarilgan ish bo’yicha foydalanilgan manbalar ro’yxati ko’rsatiladi.

Loyihalar ekspertizasining aniq tizimi g’olibni xolisona aniqlashtirib qolmay, loyihaning sifatini xolisona baholash, loyiha ustida ishlash elementlari monitoringini yaratadi. Loyihani ekspert baholashi uchun ekspert komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya tarkibiga zaruriy malakaga ega bo’lgan ota-onalarni, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarini boshqa maktab o’qituvchilarini kiritish mumkin. Bajarilgan o’quv loyhasi natijalarini baholash jarayonida loyiha sifati, loyiha ustida ishlash jarayoni, ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni engib o’tish yo’llariga e’tibor qaratiladi. Fan o’qituvchisi bilan birga amaliy mashg’ulotda bajarilgan loyiha bo’yicha hisobotni tayyorlashni quyidagi varianti tahlil qilinadi5:

Amaliy mashg’ulotning yakunida loyiha  portfoliosi - o’quvchilar  loyihani bajarish davomida to’plangan hujjatlar,   ma’lumotlarni, ko’rgazmali vositalarni jamlashtirib hisobot tayyorlaydilar va  loyiha portfoliosiga joylashtiradi.

Loyiha usuli o’quvchilarda qiziqishni rivojlantirishga yordam beradi


va o’rganilayotgan mavzuga norasmiy munosabat, talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, mustaqil ravishda material olishga qanday o’rgatadi, axborot bilan ishlashning zamonaviy usullarini o’zlashtiradi. Har qanday loyiha ma’lum bir reja asosida amalga oshirilishi, nazariy, amaliy va bilimga yo’naltirilgan bo’lishi va haqiqatan ham aniq natijalar bilan yakunlanishi kerak.

  1. Download 265 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish