METODLARNI CHET TILI DARSLARIDA SAMARALI QO’LLASH
Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o’quvchi-talabalarning o’rtacha bilim darajasi ham muhim rol o’ynaydi. Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo’lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo’llash zarur. Bu ularni yanada ko’proq o’qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo’lsa, ularga fanning mazmunini o’zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma’qul.
Dars o’tish metodini tanlashga ta’sir etadigan yana bir omil darsning shakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni. amaliy darsda ham qo’llash kutilgan natijani bermaydi. O’qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o’ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki umuman qo’llash qiyin bo’ladi.
Dars jarayonida qo’llaniladigan metodni tanlashda o’qituvchi bilan talabalar o’rtasida o’quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o’zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o’tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o’qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo’llash. qanday qilib dars o’tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o’qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko’nikmasi. mahoratiga bog’liq. Yuzaki qaraganda dars o’tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo’llash uchun o’qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo’ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko’rib o’tganimizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko’plab omillar ta’sir qiladi.
Dars loyihasining har bir elementida ma’lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo’lib, ularni bir qancha ta’lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.
Dars loyihasida quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
Mo’ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo’yiladigan savollar, qo’yiladigan muammolar va hokazo.
Maqsad - talabalar bugun nimani o’rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi(malaka). Ular o’qituvchiga bugungi o’rganganlari asosida ma’lum bir faoliyat to’rini bajarib ko’rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o’qituvchi belgilaydi.
Kirish - o’qituvchi talabalar o’rganishi lozim bo’lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo’llarini ko’rsatadi.
Modellashtirish (nomoyish qilish) - o’qituvchi o’rganilayotganlarni va natijada o’quvilar egallashi lozim bo’lgan ko’nikmani grafik shaklda ko’rsatadi yoki namoyish qiladi.
Amaliy boshqaruv-o’qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam raxbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko’rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Tushunchalarni tekshirish-o’qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg’a borish mumkinmi yoki yo’qligini aniqlaydi. Agar olg’a borish mumkin bo’lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.
Mustaqil amaliyot-o’qituvchi talabalarni o’zlarini tekshirib ko’rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o’zlari o’rganganlarini tekshirib ko’radilar.
Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o’z ishlarini, o’rganganlarini o’qituvchiga so’zlab berish, namoyish qilish orqali ko’rsatadilar.
Loyiha metodi shaxsga yo’naltirilgan ta’limni ta’minlaydigan texnologiyalardan biri-ijodiy qobiliyatlarni, kognitiv faollikni va mustaqillikni rivojlantirish uchun taklif qilinadigan shaxsga yo’naltirilgan. “Loyiha metodi talabalarning muloqot qobiliyatlari, muloqot madaniyati, fikrlarni qisqacha va osonlik bilan bayon etish qobiliyati, aloqa bo’yicha hamkorlarning fikrlari bilan bo’lishish, turli manbalardan ma’lumotlar olish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida qayta ishlash qobiliyatini shakllantiradi. Ishning loyiha shakli talabalarga o’zlari to’plagan bilimlarni mavzu bo’yicha qo’llash imkonini beradigan eng dolzarb texnologiyalardan biridir. Talabalar o’z tafakkurlarini va til bilish chegaralarini kengaytirib boradilar. Ular adabiyotlar, lug’atlar va kompyuterlar bilan ishlaydi. Loyiha ustida ishlash ijodiy jarayondir. Talaba mustaqil ravishda yoki o’qituvchi rahbarligida muammoni hal qilish bilan shug’ullanadi, bu nafaqat tilni bilishni emas, balki katta hajmdagi bilimlarni, ijodiy, kommunikativ va intellektual ko’nikmalarga ega bo’lishni ham talab qiladi. Loyihalar ustida ishlash tasavvur, ijodiy fikrlash, mustaqillik va boshqa shaxsiy fazilatlarni rivojlantiradi
Loyihalarning tipologiyasi turlicha. Haqiqiy amaliyotda bu turli xil ilmiy-tadqiqot, ijodiy, amaliy yo’naltirilgan va axborotning belgilari mavjud bo’lgan aralash loyihalar bilan shug’ullanishi kerak. Loyihaning ishi o’qish, audit, nutq va grammatika tilini o’rganish uchun ko’p darajadagi yondashuvdir. Loyihaning usuli o’quvchilarda faol mustaqil fikrlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shadi. Menimcha, loyihalarni tayyorlash bolalarni hamkorlik qilishga o’rgatish va hamkorlikni tayyorlash o’zaro yordami va ijodiy qobiliyatlarni ko’taradi. Shu bilan birga ingliz tilini o’rganish bo’yicha innovatsion ta’limning mohiyati shundaki, o’quv jarayoni deyarli barcha talabalar bilim jarayoniga jalb qilinishi yangi ped texnollogiyalarni qo’llash dars sifatini oshiradi. Misol uchun quydagi ped texnologiyalarni qaraydigan bo’lsak11.
Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni loyihalash metodini qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.
O’qitish yoxud o’rgatuvchi faoliyati, bilim oluvchilar faoliyatlarini boshqarish, ya’ni o’quvchilarning o’quv ishlarini uyushtirish, ularning bilish jarayonlariga rahbarlik qilish, nazorat uyushtirish, ma’naviy axloqiy sifatlarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.
O’qitish jarayonining bu ikki elementi bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalanib, o’quv tarbiya ishlarini takomillashtirish, ijtimoiy buyurtmani hal etishgabqaratilgan. Shunga ko’ra bu jarayonda shaxsning qobiliyatlari, fazilatlari, ma’naviy axloqiy sifatlari, bilish qobiliyatlari rivojlanadi, bo’lajak kasb egalarida tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik rivojlanadi va o’quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi.
Mazkur jarayonning samarali bo’lishi, ijtimoiy buyurtmaning aniq hal bo’lishi va ko’zlangan maqsadga erishish uchun, o’qitish jarayonini loyihalash, ya’ni ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish talab qilinadi. Zero, “Pedagogik texnologiya metodining o’ziga xos xususiyati shundaki, unda ta’limning rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o’quv bilish jarayoni loyihalashtiriladi12.
Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g’oya, ma’lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo’llarini belgilab beruvchi g’oyalar, fikrlar, obrazlardir.
O’quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta’lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir.
O’qitishni loyihalash esa ta’limning umumiy maqsadi, mazmuni o’quv maqsadlari o’qish, o’qitish, o’zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir. Demak, o’qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta’limning umumiy maqsadlari asosida, o’quv maqsadlarini, buning uchun o’qish va o’qitishni, o’zlashtirishni rejalashtirgan holda, o’qish natijalarini kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. Shunday qilib, pedagogik texnologiyada o’quv mazmuni asosida o’zlashtirish natijalarini kafolatlash uchun, o’quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o’quv mashg’ulotlari loyihalashtiriladi. Buni qayta takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo’lsak, unda o’quv jarayoni ma’lum modullar, birliklardan iborat bo’ladi, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo’shilishi asosida yagona va yaxlit mazmunga keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan, qaytariladigan va tuzatishlar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.
Pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha pedagogik texnologiya metodining muvaffaqiyati, ta’limni rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o’quv-biluv jarayonini loyihalashtirishdir13. Muallifning fikricha o’quv mashg’ulotlarini loyihalashda o’qituvchi ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, dastur, darslik, ijodiy faoliyatga yo’naltiruvchi topshiriqlar mazmunini o’qituvchi-o’quvchining oldingi ish faoliyati mazmuni, kelajakdagi amalga oshiriladigan faoliyati inobatga olinadi. O’quv jarayonini loyihalashda o’quvchilarning belgilangan maqsad sari harakatlanishi uzluksiz nazorat qilishni e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Shunday qilib, ta’lim jarayonining qurilmasi, uni loyihalashning: ta’lim maqsadlari va natijalarni belgilashni; natijalar asosida (diagnostikalash orqali) nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqishni, hamda o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi (dars konspekti) ni ishlab chiqish bosqichlarini amalda qo’llashni nazarda tutadi.
XULOSA
Chet til o’rgatish jarayonida og’zaki nutq malakalarini rivojlantirishda interaktiv texnologiyalardan foydalanish yuqori samara beradi. Tilni o’rgatish deganda til hodisalari va ular haqidagi bilimlar yuzasidan ma’lumot berish tushunilsa, gapirishni o’rgatish deganda fikrni og’zaki bayon qilish ko’nikmlarini shakllantirish va malakalarini rivojlantirish nazarda tutiladi. Og’zaki nutqda talaffuz katta ahamiyatga ega. Tallaffuz aniq bo’lsa nutq tushunarli bo’ladi. Chet tildagi harflarni talaffuz qilinishi ilk til o’rganuvchilarga biroz qiyinchilik tug’diradi. Bu esa og’zaki nutqni o’rgatish jarayonida yechimini topish zarur bo’lgan muammoga aylanadi.
O’quvchilarda chet til o’rgatish jarayonida og’zaki nutq ko’nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun bir qator ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Jumladan, muammoli o’qitish texnologiyasi, keys stadi texnologiyasi. Muammoli o’qitish texnologiyasi orqali o’quvchilar muammo qo’yish, uning mohiyatini tushunish, muammoning yechimini topish, uni bayon qilish orqali og’zaki nutq malakalari oshadi.
Muammoli ta’lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashinishini boshqarish, ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish, to’liq bayon qila olish, muxolif tomonning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish, o’quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarblashtirish, o’z fikrini bayon qilishnigini emas, balki boshqalarni ham eshitish mahoratini rivojlantirish, o’quvchilar bildirgan fikrlardan foydali axborotni olish va zarur xulosalar chiqarish va o’quvchilarda ixtirochilik, tadqiqotchilik, loyihalovchilik va shu kabi zaruruiy sifatlarni shakllantiradi.
Keys metodi ham o’quvchilarning mavzuga tegishli hayotiy vazifani tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni yechish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini modellashtirish imkonini beradi.
Zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi talabalarda mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Hozirgi zamon ta’lim tizimida, ayniqsa, chet tillarini o’qitishda turli xildagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, ulkan natijlarga erishilmoqda.
Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashinish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni yechish erkinligini beradi. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo’li sifatida qo’llanilsa, metod xarakteriga ega bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm aosida amalga oshirilsa, texnologik jihatini o’zida aks ettiradi.
Nutq va o’qishning deyarli har qanday mavzusi yoki boshqa sohalardan bilim talab qiladigan muammolarni tanlash bo’yicha loyihani tashkil qilish mumkin. Loyiha yordamida siz so’z boyligi, grammatika, fonetika bo’yicha muntazam ishlarni hayajonli, ijodiy faoliyatga aylantirishingiz mumkin, bu erda hamma o’z hissasini qo’shadi va hech kim e’tiborsiz qolmaydi.
Loyiha ishini baholash oson emas. Baholash usuli talabalar ishi uchun rasmiy baholash tartibiga zid keladi.
Bir narsa aniqki, til butun loyihaning ajralmas qismi hisoblanadi. Loyihani faqat lingvistik to’g’riligi asosida baholash xato. Loyiha umuman olganda, uning xarakterining xilma-xilligi, ko’rsatilgan ijodkorlik darajasi, taqdimotning ravshanligi uchun berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |