N
Doimiy xarajatlar
2) O’rtacha doimiy xarajatlar = ------------------------------------------
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
Bu yerda ham yuqoridagi belgilanishlarni qo’llab quyidagini olamiz:
XD XD =------
N
Umumiy xarajatlar 3) O’rtacha umumiy xarajatlar = ------------------------------------------
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
yana oldingilarga o’xshash XU XU = ----
N
Korxona daromadi = Umumiy xarajatlar + Foyda
D = XU+F
Fizika va iqtisod fanlaridan integrallashgan bilimlar va ularga doir masalalar yechish
Ma’lumki, iqtisodiyot ham, jamiyat ham rivojlanuvchi dinamik sistemadir. Jamiyat iktisodiyotining rivojlanishi — bu qonuniy yo’naltirilgan, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi bilan munosabatlarning sifat jihatdan o’zgarish formasidir. Rivojlanish nazariyasi iqtisodiyotning o’zgarish sifatini hisobga oladi. Fizika- matematika fanlari doktori, professor O.Quvondiqov va iqtisod fanlari nomzodi
Sh. Quvondiqovning “Fizika va iqtisodiyot” nomli maqolasida keltirishicha “... iqtisodiyot, jumladan, tovar-pul xo’jaligi dinamik sistema hisoblanadi. Dinamik sistemalar holat tenglamalar orkali xarakterlanadi. Tovar pul xo’jaligining asosiy xarakteristikalari eng sodda holda molekulyar fizikada va termodinamikadagi Mendeleyev-Klapeyron tenglamasiga aynan o’xshash bo’ladi”
PV=MT (1)
Bu yerda: R- tovar bahosining darajasi; V- sotishga chiqarilgan tovar hajmi; M- muomalada pul mikdori (massa); T- pulning aylanish tezligi tahlil qilishi, fizika qonunlarining universal ekanligini namoyish kilishi tufaylidir.
Fizika va iqtisod fanlardan integrallashgan bilimlarni o’quvchilarga singdirishda masalalar yechish asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Biz fizika va iqtisod fanlaridan integrallashgan bilimlarga tayanilgan holda fizikadan masalalar yechishga namunalar keltiramiz. Keltirilgan masalalarning har birida yuqorida ta’kidlangandek, tovar bahosining darajasi (bosim), sotishga chiqarilgan tovar hajmi (hajm), muomalada pul mikdori (massa), pulning aylanish tezligi (xarorat) o’z ifodasini topadi.
Gaz qonunlarini o’rganishda masalalar yechishning alohida didaktik va amaliy ahamiyati bor. Ularning ikkita turini ko’rib chiqamiz.
tup: Gazning massasi o’zgarmas bo’lgan holga tegishli masalalar. Bunday hollarda gazning uchta mikroskopik parametrlari: P, V, T larning hammasi yoki shulardan ikkitasi o’zgarib, uchinchisi o’zgarmas bo’lishi;
tup: Gazning massasi o’zgaradigan hollarga tegishli bo’lgan masalalar (bunda termodinamik parametrlarning hammasi yoki ulardan ikkitasi o’zgarishi mumkin).
Birinchi tur masalalar gaz qonunlarining xususiy hollari va Klapeyron tenglamasi o’rganilgandan so’ng, ikkinchi tur masalalar esa Mendeleyev– Klapeyron tenglamasi o’rganilgandan keyin yechiladi.
Ikkila turga doir masalalarni masala yechishning umumiy algoritmidan foydalanib va gaz qonunlariga doir masalalarning o’ziga xos jihatlarini hisobga
olib yechiladi. Jumladan, har bir holat uchun gaz holatining qaysi parametrlari o’zgaradi, qaysilari o’zgarmasdan qoladi va bu bilan bog’liq holda yuzaga keladigan jarayon xarakteri belgilanadi.
O’quvchilarni gaz qonunlariga doir masalalarni yechishga o’rgatishda fizika va iqtisod fanlarini integrallashtirish asosida ularga quyidagilarni singdirish lozim bo’ladi:
agar masalada gazning ikkita holati aniq ifodalangan bo’lmasa, gazning bitta holati uchun normal sharoitdagi holatni olish mumkin;
agar gaz massasi o’zgarmay qolsa, masalani gaz qonunlarini qo’llab yechish kerak;
v) agar masalalarda gazning massasi yoki zichligi berilgan bo’lsa, ularni Mendeleyev – Klapeyron tenglamasini qo’llab yechish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |