Fizika va iqtisoddan aniqlangan integrallashgan bilimlar mazmuni va bunday bilimlar bazasida yaratilgan tavsiyalar, integrallashgan darslarni o’tish metodikasi tajriba-sinovdan o’tkazildi. Uning natijalari kuzatish, suhbat, test metodlari orqali tekshiriladi va natijalar solishtirildi.
Kuzatish jarayonida fizika o’qituvchilariga berigan so’rovnoma savollari asosida quyidagi masalalar o’rganiladi:
O’qituvchilarning integrasiya to’g’risida “tushuncha”, “bilimlari” qay darajada ega ekanligi;
Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishning o’quvchilar bilimining sifati va samaradorligiga ta’siri;
Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitish o’quvchilarning fanga qiziqishlarini oshirish, olamni yaxlit holda anglash ko’nikmasini hosil qilishlariga ta’siri.
Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishdagi qiyinchiliklar.
Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishning o’quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.
Fizikani o’qitishda, uning tabiiy-ijtimoiy fanlar, xususan iqtisod bilan integrasiyasining iqtisodiy masalalardagi ahamiyati.
Darsdan va fizikadan masalalar yechishda integrativ yondashuv.
U M U M I Y X U L O S A
Umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining ilmiy- nazariy jihatlari o’rganildi. Bunda:
integrallashgan bilimlarni shakllantirish tamoyillari;
-o’quv jarayoniga olib kirilishi lozim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar;
-ilmiy bilimlarni bir necha mustaqil fanlar doirasida differensiasiyalashga yo’naltirish;
ilmiy bilimlarni turdoshlik xususiyatlari va mohiyatlari bo’yicha bitta fanga omuxtalashtirish;
Umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining mazmuni va o’quv jarayonida foydalanishning hozirgi ahvoli tahlil qilindi.
Umumta’lim maktablarida fizika va iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ metoddan foydalanish usullari ishlab chiqildi.
Termodinamik va iqtisodiy kattaliklar o’rtasidagi o’xshashlik aniqlandi. 5.Fizika va iqtisodiy tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik aniqlandi.
Moliya bozori bilan qattiq jism obyektlari va subyektlari o’rtasidagi o’xshashlik aniqlandi.
Dinamik sistemalar holat tenglamalar orqali xarakterlandi. Tovar pul xo’jaligining asosiy xarakteristikalari eng sodda holda molekulyar fizikada va termodinamikadagi Mendeleyev-Klapeyron tenglamasiga aynan o’xshashligi isbotlandi.
O’quvchilarga fizika va iqtisod fanlaridan integrativ ta’lim berish metodikasi ishlab chiqildi.
Fizika va iqtisod fanlardan integrallashgan bilimlarning mazmuni va ularni tizimlash jadvali yaratildi.
Fizika va iqtisod fanlaridan integrativ ta’lim jarayoni maktablarda umumiy didaktik jarayonning tarkibiy qismi sifatida ko’rib chiqildi.
Fizika va iqtisod fanlaridan integrallashgan bilimlar va ularga doir masalalar yechish metodikasi ishlab chiqildi
Fizika va iqtisoddan aniqlangan integrallashgan bilimlar mazmuni va bunday bilimlar bazasida yaratilgan tavsiyalar, integrallashgan darslarni o’tish metodikasi tajriba-sinovdan o’tkazildi. Uning natijalari kuzatish, suhbat, test metodlari orqali tekshirildi va natijalar solishtirildi.
Kuzatish jarayonida fizika o’qituvchilariga berilgan so’rovnoma savollari asosida quyidagi masalalar o’rganildi:
O’qituvchilarning integrasiya to’g’risida “tushuncha”, “bilimlari” qay darajada ega ekanligi;
Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishning o’quvchilar bilimining sifati va samaradorligiga ta’siri;
Fizikani o’qitishda, uning tabiiy-ijtimoiy fanlar, xususan iqtisod bilan integrasiyasining iqtisodiy masalalardagi ahamiyati.
Darsdan va fizikadan masalalar yechishda integrativ yondoshuv.
Tajriba-nazorat guruhlarida olib borilgan ishlarning natijalariga ko’ra biz tomonimizdan olib borilgan ishning ishonarlik darajasi ancha yuqori ekanligi aniqlandi. Bu esa tanlangan faraz ishonarli darajada o’z yechimini topganligini ko’rsatadi.