2-mavzu. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA o‘rganish USULLARI
Reja:
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy o‘rganish usullari
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |