Fakulteti fizika yo’nalishi umumiy fizika va magnetizm kafedrasi



Download 150,79 Kb.
bet19/22
Sana26.02.2022
Hajmi150,79 Kb.
#468410
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
40507-converted

2-bob bo’yicha xulosa



  1. Umumta’lim maktablarida fizika va iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ metoddan foydalanish usullari ishlab chiqildi.

  2. Termodinamik va iqtisodiy kattaliklar o’rtasidagi o’xshashlik aniqlandi. 3.Fizika va iqtisodiy tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik aniqlandi.

  1. Moliya bozori bilan qattiq jism obyektlari va subyektlari o’rtasidagi o’xshashlik aniqlandi.

  2. Dinamik sistemalar holat tenglamalar orkali xarakterlandi. Tovar pul xo’jaligining asosiy xarakteristikalari eng sodda holda molekulyar fizikada va termodinamikadagi Mendeleyev-Klapeyron tenglamasiga aynan o’xshashligi isbotlandi.

  3. O’quvchilarga fizika va iqtisod fanlaridan integrativ ta’lim berish metodikasi ishlab chiqildi.

  4. Fizika va iqtisod fanlaridan integrallashgan bilimlarning mazmuni va ularni tizimlash jadvali yaratildi.

  5. Fizika va iqtisod fanlaridan integrativ ta’lim jarayoni maktablarda umumiy didaktik jarayonning tarkibiy qismi sifatida ko’rib chiqildi.

  6. Fizika va iqtisod fanlaridan integrallashgan bilimlar va ularga doir masalalar yechish metodikasi ishlab chiqildi
  1. BOB. TAJRIBA-SINOV IShLARI VA ULARNING NATIJALARI




    1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o’tkazish.


Anketa-savol yo’li bilan umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari, o’quvchilari bitiruv ishi mavzusiga daxldor, o’qitish va o’rganish faoliyatlari o’rganildi, shu nuqtai nazardan maktab o’quv dasturlari, darsliklari tahlil etildi va shu asosda vazifalar, ularni bajarish ketma-ketligi belgilanadi.
Fizika va iqtisoddan integrativ bilimlar mazmuni aniqlandi va bunday bilimlar bazasida integrallashgan darslarni va masalalar yechish metodikasi, tavsiyalar ishlab chiqildi.
Fizika va iqtisoddan aniqlangan integrallashgan bilimlar mazmuni va bunday bilimlar bazasida yaratilgan tavsiyalar, integrallashgan darslarni o’tish metodikasi tajriba-sinovdan o’tkazildi. Uning natijalari kuzatish, suhbat, test metodlari orqali tekshirildi va natijalar solishtirildi.
Samarqand viloyati, Tayloq tumanidagi 45-maktabning tajribali fizika o’qituvchisi B.Aktamov va tadqiqotchi tomonidan 2012 yil 4 oy davomida fizika, iqtisodni integrallab o’qitish bo’yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi. Shu bilan birga, umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikani o’qitishda, o’qituvchilar, integrativ bilimlardan qay darajada foydalanilayotganligi hamda darslarda bu vazifani hal etishning ahvoli haqida Tayloq tumanidagi 45-maktab fizika o’qituvchilari bilan tadqiqotchi hamkorligida o’qituvchilar o’rtasida davra suhbatlari o’tkazildi. Bunda “Integrasiya nima?”, “Integrativ material deganda nimani tushunasiz?”, “Integrrasiya ta’limning qanday muammosini hal etishda kuchli vosita sifatida ishtirok etadi?”, “Borliqni bir butun anglashda integrativ bilimlar qanday rol o’ynaydi?” kabi savollarga javoblar topishga harakat qilindi.
Ta’limda “Integrasiya” atamasi matbuot sahifalarida keng o’rin olayotgan hozirgi kunda ham ko’pchilik o’qituvchilarning bu muammo haqida tasavvurlarining qoniqarli emasligi aniqlandi.
Xususan, umumta’lim maktablaridagi fizika o’qitish jarayonida integrasiyaga
o’qituvchilar qay darajada e’tibor berayotganliklarini aniqlash maqsadida 5 nafar fizika va iqtisod o’qituvchilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi.

  1. “Integrasiya” so’zining ma’nosini bilasizmi?

  2. Sizningcha fizika dasturi, darsliklarida iqtisodga oid integrativ materiallar yetarlimi?

  3. Fizika darslarida iqtisodga oid integrativ bilimlarni qo’llaysizmi?

  4. Amaldagi darslik va dasturlarda o’quvchilar o’zlashtirishi qiyin mavzular mavjudmi va bu mavzular integratsiya tushunishga to’liq imkon beradimi?

  5. Fizika o’qitishda fanlararo aloqadan foydalanasizmi?

O’qituvchilarning yuqoridagi savollarga bergan javoblari tahlilining ko’rsatishicha:

    • birinchi savolga o’qituvchilarning 89%i- “Yo’q”, 11%- “Ha” fanlararo bog’lanish deb javob berishgan;

    • ikkinchi savolga o’qituvchilarning 98%i, “Yo’q” deyishgan;

    • uchinchi savolga 72% i yo’q, 6,7,8 sinf fizika darsliklarida iqtisodga oid integrativ materiallar kam berilgan degan javob berishgan;

    • to’rtinchi savolga 97 % - “Ha” deb javob berishgan: mavzular integratsiya tushunishga e’tibor berilmagan

Shundan keyin 45-maktab fizika o’qituvchisi tomonidan fizika va iqtisod o’qituvchilariga “Fanlar rivojlanishida integrasiya”, “Fizika o’qitishda integrasiya” kabi mavzularda darslar o’tildi.
Kuzatish jarayonida fizika o’qituvchilariga berilgan so’rovnoma savollari asosida quyidagi masalalar o’rganildi:

  1. O’qituvchilarning integrasiya to’g’risida “tushuncha”, “bilimlari” qay darajada ega ekanligi.

  2. Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishning o’quvchilar bilimining sifati va samaradorligiga ta’siri.

  3. Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitish o’quvchilarning fanga qiziqishlarini oshirish, olamni yaxlit holda anglash ko’nikmasini hosil qilishlariga

ta’siri.

  1. Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishdagi qiyinchiliklar.

  2. Fizikani integrativ materiallar asosida o’qitishning o’quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.

  3. Fizikani o’qitishda, uning tabiiy-ijtimoiy fanlar, xususan iqtisod bilan integrasiyasining iqtisodiy masalalardagi ahamiyati.

  4. Darsdan va fizikadan masalalar yechishda integrativ yondoshuvlarni o’quvchilar bilimi, ijodi va ekologik madaniyatiga ta’siri.

Bunday mazmundagi so’rovnoma savollari, fizikani iqtisod shuningdek, tabiiy va gumanitar fanlar bilan integrallab o’qitish, o’quvchilarda umumta’lim fanlari bir-birini to’ldirib borishligini va bir-biriga singib ketganligini anglaydilar. Shuning uchun ham fizikaning boshqa fanlar omuxtalab o’qitish zarur ekanligi sezildi.
So’rovnoma tahlillari, fizikani integrativ materiallar asosida o’qitish imkoniyatlarining kattaligi, o’quvchilarning fan asoslariga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, mustaqil o’qish faoliyatlarini rivojlantirish ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va kasbga yo’llashda muhim ahamiyat kasb etishligi aniqlandi.
Fizika o’qituvchilari bilan o’tkazilgan suhbatlar, fizika o’qitishda, integrativ materiallarni tanlash va qo’llashda uchraydigan qiyinchiliklarni ham aniqlash imkonini berdi.
Pedagogik tajriba-sinov, 8-9 sinflarda fizikani o’qitishda, iqtisoddan integrativ materiallarni tanlash va qo’llash bo’yicha tavsiya etilayotgan metodikaning qay darajada samarali ekanligini aniqlashni maqsad qiladi.



Download 150,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish