O’quvchilarga fizika va iqtisod fanlardan integrativ ta’lim berish
metodikasi
O’zbekistonimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning jahon hamjamiyatidagi mavqyei va obro’sini ko’tarish maqsadida chuqur ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar boshlab yuborildi. Bugungi kunda ro’y berayotgan katta o’zgarishlar xo’jalik yuritish tizimi, uning shakllari va tamoyillari, ular zamiridagi ishlab chiqarish munosabatlari xususidagi tasavvurlarni tubdan o’zgartirib yubordi. Milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish jarayoni nazariy jihatdan qayta ko’rib chiqilmoqda hamda sog’lom aql-idrok, jahon xo’jalik tajribasi, umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi va jamiyat hayoti barcha qirralarini demokratiyalash talablariga muvofiq o’zgarib bormoqda.
Yana shu narsa ravshanki, iqtisodiy o’zgarishlar qanchalik mantiqli va barqaror davom etsa, hayot-faoliyatimizning boshqa sohalarini ijtimoiy jihatdan shunchalik og’riqsiz qayta qurishimiz mumkin.
Bizningcha, iqtisodiy islohotlar jarayonida avvalo shuni e’tiborga olish
kerakki, iqtisodiymanfaatlarning pirovard natijasida bir tomondan-o’z bunyodkorlik qobiliyati tufayli turmush sharoitlarini tobora qulaylashtirishga intiluvchi inson, ikkinchi tomondan o’z oldilariga qo’yilgan umumiy maqsadga erishish, ijtimoiy orzu-umidlarini ro’yobga chiqarish niyatida birlashgan odamlardan tarkib topgan jamiyat turadi.
Inson turmush darajasini ancha yuqori bosqichlarga ko’tara olgan jahondagi mamlakatlarning tajribasi shuni tasdiqladiki, jamiyat va shaxs manfaatlarini uyg’unlashtirishning iqtisodiy manbalari avvalo tovarlar va xizmatlar bozoriga, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o’z mehnat natijalarini teng ayirboshlashlariga asoslanishi shart ekan [27].
Bunda ta’limning ayniqsa, fizika va iqtisod fanlarining integrativ o’qitish usuli ma’lum darajada ishlab chiqarishning barcha sohalarida faoliyat olib borish uchun kadrlar tayyorlashda katta imkoniyatlar yaratilar ekan.
Bizning pedagogik kuzatish va tajriba-sinov ishlarimiz shuningdek bu boradagi mavjud metodik adabiyotlar, fizika o’kitishda integrativ materiallarni tanlashda quyidagi didaktik mezonlarga, xususiyatlarga ega bo’lmog’i lozimligini uqtiradi:
Fizikani o’kitishda tanlangan integrativ bilimlar mavzuga mos bo’lishi, uning mohiyatini, xususiyatlarini aniq, keng qamrashi lozim.
Tanlangan integrativ bilimlar o’quvchilarda o’rganilayotgan obyektni har tomonlama izlanishga imkon berishi va bu bilan o’quvchilarda ilmiy dunyokarashni, olamning yaxlitligini anglashni, fan asoslariga qiziqishlarini shakllantirishga yordam bermog’i lozim.
Tanlangan integrativ materiallar, har bir mavzu uchun o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lmog’i lozim.
Fizikani o’kitishda tanlangan integrativ materiallar, bilimlar ITI davri va axborot asri talablariga mos istiqbolli mazmunga ega bo’lishi zarur.
Integrasiya, eslatilganidek, mujassamlashtirish, yaxlitlash ma’nosini berib, u o’quvchilarni fanlardan olgan bilimlarini umumlashtirish asosida, hodisa va
jarayonlarni yaxlit holda tushunishga, ilmiy dunyokarashi kengayishiga, faol fikrlashiga imkon yaratishi bilan muhim vosita hisoblanadi. Buning uchun fizika va iqtisod fanlardan integrativ ta’lim berish metodikasi ishlab chiqish zaruriyati sezilmoqda. Chunonchi:
-umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ mazmundagi bilimlarni pedagogik muammo sifatida ilmiy-nazariy jihatdan asoslash;
-umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining mazmuni va undan o’quv jarayonida foydalanishning hozirgi ahvolini tahlil qilish;
-umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ metoddan foydalanish usulini ishlab chiqish;
-ta’lim jarayonida o’quvchilarda fizika va iqtisod fanlardan integrallashgan bilimlarni tizimlash;
-fizika va iqtisod fanlardan integrallashgan bilimlar va ularga dair masalalar yechish.
Fizika va iqtisod fanlardan integrallashgan bilimlarning mazmunini aniqdash va ularni tizimlash jadvalda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |