Dehqonchilikda xo`jalik yuritish tizimi



Download 61 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi61 Kb.
#16545

Aim.uz

Dehqonchilikda xo`jalik yuritish tizimi

Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlaridan biri dehqonchilikdir. Dehqonchilik tarmog`ini to`g`ri tashkil qilish va maqsadga muvofiq yuritish dehqonchilik tizimiga asoslanadi.



Dehqonchilik tizimi deyilganda arzon va sifatli dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish maqsadida yerdan unumli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan o`zaro bog`liq va bir-birini to`ldiradigan tashkiliy, texnikaviy va texnologik tadbirlar yig`indisi tushuniladi (8-chizma).

Dehqonchilik tizimi asosini dehqonchilik texnologiyasi, ya’ni agrotexnika tashkil qiladi. Bu tizim tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilash sohasidagi agrotexnika tadbirlarining majmuidan iborat bo`lib, parvarish qilinayotgan ekinlar xususiyatiga muvofiq kelishi, ularning o`sishi va rivojlanishiga ko`maklashishi va pirovard natijada yuqori hosil yetishtirishni ta’minlashi kerak.

Har xil tabiiy-iqtisodiy va xo`jaligi sharoitlariga muvofiq keladigan dehqonchilik tizimlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga, ya’ni texnik, kimyoviy vositalar, ekinlarga ishlov berish texnologiyasi va ishlab chiqarishni tashkil etishining takomillashuviga qarab doim o`zgarib, takomillashib keldi va shunday taraqqiy etib boraveradi.

Dehqonchilik tizimi to`g`risidagi ta’limot 200 yildan ortiq tarixga ega bo`lib, uning tarixiy almanishib turishi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: o`rmon va chakalakzorlarni kuydirib, qirqib, tozalab dehqonchilik qilish; yerlarni uzoq muddatga tashlab qo`yib (qo`riq va partov tizimi) dehqonchilik qilish; shudgor qilib qoldirib dehqonchilik qilish; o`t dalali almashlab ekib dehqonchilik qilish; qator oralariga ishlv berib dehqonchilik qilish, xususan, sug`oriladigan hududlardagi dehqonchilik tizimi.



O`rmon va chakalakzorlarni kuydirib, qirqib, tozalab, dehqonchilik qilish tizimi. Bu usul dehqonchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarga to`g`ri keladi. Xususiy mulkchilik paydo bo`lmasdan avval va quldorlik tuzumining dastlabki paytlarida ekin ekiladigan yerlarni tanlashda hech qanday chegaraga amal qilinmagan.



8-chizma. Dehqonchilik tizimining asosiy tadbirlari (elementlari) chizmasi

Kishilar o`rmon va chakalakzorlarni qirqib tashlash yoki kuydirish yo`li bilan yer ochib, dehqonchilik qilganlar. Yer unumi pasaygandan keyin xuddi shunday usul bilan boshqa joylarda mahsulot yetishtirganlar. Bu tizimda tuproq unumdorligi kishilarning faol ishtirokisiz, faqat tabiiy omillar hisobiga tiklangan.

Keyinchalik yerlarni uzoq muddat tashlab qo`yib dehqonchilik qilish yoki partov-qo`riq tizimiga o`tilgan. Partov deb, ilgari ekin ekilib, keyinchalik tashlab qo`yilgan, begona o`tlar bosib ketgan va undan yaylov va pichanzor sifatida foydalaniladigan yerlarga aytiladi. Partov va qo`riq yerlarni ochib don ekinlari ekilganda undan 7-10 yil hosil olingan. Shundan keyin bu yerlar tuproq unumdorligini tiklash uchun uzoq muddatga, taxminan 20-30 yilga tashlab qo`yilgan. Aholi sonining o`sishi va ayniqsa, qishloq xo`jaligidan boshqa sohalardagi aholi sonining tez o`sishi, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga talabning ortishi, yerga xususiy mulkchilikning vujudga kelishi natijasida yerdan birmuncha unumli foydalanish zarurati tug`ildi.

Yerdan bunday foydalanish qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabni qondira olmagandan keyin uzoq muddat yerga dam berish o`rniga shudgor qilib qo`yish orqali yer unumdorligini tiklash tizimi joriy qilindi. SHudgorlab qo`yish tizimining mohiyati shundaki, surunkasiga bir necha yil donli ekinlar ekilaverib kuchsizlanib qolgan va begona o`tlar bosib ketgan yerlar kuzda yoki bahorda haydaladi. Keyin yerlar begona o`tlarga qarshi shudgorlanadi yoki yog`ingarchilik tufayli hosil bo`lgan qatqaloq kuzda shudgorlanib, qayta ishlangan maydonlarga kuzgi don ekinlari ekiladi. Shudgor qilinganda dalalardagi begona o`tlar yo`qoladi, yerda nam turadi, tuproqda kislorod va oziq moddalar saqlanadi. Ekin ekib band qilinmagan shudgorga toza yoki qora shudgor deyiladi. Shudgorlashning bu tizimidan qurg`oq g`allakor tumanlarda foydalaniladi. O`z-o`zidan ravshanki, sug`oriladigan maydonlarda bu usuldan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

Sanoatning rivojlanishi va shahar aholisining tez sur’atlar bilan ko`payishi tufayli aholining qishloq xo`jaligi mahsulotlariga, ayniqsa chorvachilik mahsulotlariga, sanoatning esa qishloq xo`jaligi xomashyosiga talabi ancha oshadi. Bu davrga kelib fan rivojlandi. «Biologiya» fani o`simliklarning oziqlanish xususiyatlarini kashf etdi. Fransuz tabiatshunos olimi Libix hamma ekinlarni oziqlanish xususiyatiga ko`ra, ikki guruhga bo`lib, bir guruhdagi ekinlar tuproqdan oziq olishini, ikkinchi guruhi esa havodan oziq olib, moddalarni ildizda to`plashini ko`rsatdi va ratsional dehqonchilik shu ekinlarni o`zaro almashtirib ekishga asoslanish kerakligini isbotladi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga ortib borgan talab va fan taraqqiyoti natijasida shudgorlab ekish tizimi dehqonchilikdagi ancha progressiv tizim bo`lgan almashlab ekish tizimi bilan almashtiriladi. Almashlab ekish tizimida donli ekinlar nafaqat bir-ikki yildan ortiq ekiladi, balki chopiqtalab yoki yem-xashak ekinlar, makkajo`xori, kartoshka, yo`ng`ichqa, beda va boshqalar bilan almashtiriladi. Dehqonchilikning bu tizimida shudgor qilib qo`yish o`rniga erning bir qismiga yo`ng`ichka yoki beda, qolgan qismiga xashaki ekinlar ekiladi.

O`t-dalali almashlab ekish tizimining tub ma’nosi, serunum tuproqning asosiy ko`rsatkichi uning tarkibidadir, tarkib esa ko`p yillik dukkakli va g`allalimon o`t aralashmasi ekish bilan hosil qilinadi. O`t-dalali almashlab ekish tizimi haqida ta’limot akademik V.R. Vilьyams tomonidan ishlab chiqilgan. O`t-dalali almashlab ekish dehqonchilik yuritish tizimining bir turi bo`lib, ma’lum sharoitda to`la ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bu tizim talablariga mos kelgan hududlarda dehqonchilikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir etdi. Lekin tizim tarafdorlari o`t-dalali almashlab ekish tizimini hamma hududlar uchun yagona va ma’qul tizim deb xatoga yo`l qo`ydilar. Namgarchilik yetarli bo`lgan va ayniqsa sug`orilib dehqonchilik qilinadigan hudud va rayonlar uchun o`t-dalali almashlab ekish tizimi o`ta ekstensiv tizimdir.

Jamiyatda qishloq xo`jaligidan boshqa sohalarining ham gurkirab rivojlanishi natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan haydaladigan yerlarning kamayishi, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga talab tez sur’atlar bilan o`sishi, mineral o`g`it va kimyoviy vositalarning ko`plab sanoat asosida ishlab chiqarilishi almashlab ekish tizimidan chopiq qilinadigan ekinlarni ekib, dehqonchilik qilish tizimiga o`tishni taqozo qildi. CHopiq qilinadigan ekinlarni ekib, dehqonchilik qilish dehqonchilikning intensiv tizimi bo`lib, ma’lum er birligidan ko`proq mahsulot olishni ta’minlaydi. Bu tizim mineral va mahalliy-organik o`g`itlar va kimyoviy vositalardan hamda texnika vositalaridan foydalanish va yerlarni melioratsiyalashga asoslanadi.

Akademik D.N. Pryanishnikov va uning izdoshlari erga mineral va organik o`g`it solish tuproq unumdorligini oshirishini, shudgor va o`t maydonining bir qismiga chopiq qilinadigan serhosil ekinlar ekish har gektar haydaladigan yerdan ko`plab dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish imkonini berishini, natijada mehnat unumi oshishi va mahsulot tannarxi kamayishini asoslab bergan edilar. Shunday qilib, intensiv dehqonchilik qishloq xo`jaligi taraqqiyotining bosh yo`nalishi va obyektiv zaruriyati bo`lib qoldi.

Dehqonchilik tizimining tashkiliy-iqtisodiy elementlari tarmoqni oqilona ixtisoslashtirish va tashkiliy tuzilishini belgilash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va unga haq to`lash, norma va normativlardan unumli foydalanish kabi tadbirlar majmuasini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tizimning samarali faoliyat ko`rsatishi ko`proq tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarga bog`liq bo`lib bormoqda.

Dehqonchilik tizimida texnologik omillar muhim o`rin tutadi:



  • tuproqqa ishlov berish va ekinlarni parvarishlash tizimi – ekishdan oldingi va ekinlarning vegetatsiya davrida tuproqqa ishlov berish, ekinlarni parvarishlash bilan bog`liq barcha agrotexnik va texnologik tadbirlar majmuasini o`z ichiga oladi. Bu tizim almashlab ekish, o`g`itlash, ekinlarning kasalliklardan, zararkunandalardan va begona o`tlardan himoyalash tizimlari bilan birgalikda rivojlantiriladi;

  • almashlab ekish tizimi – dehqonchilik tizimining murakkab elementlaridan biri hisoblanadi. Almashlab ekish ekin turlarini yillar bo`yicha joylashtirish ketma-ketligini optimallashtirish, mineral va organik o`g`itlardan foydalanish samaradorligini oshirish, ekinlarning turli kasalliklari, zararkunandalar va begona o`tlarga qarshi kurashning oqilona usullaridan foydalanish orqali har bir ekin turiga o`sish va rivojlanish uchun qulay sharoit yaratib berishni ko`zda tutadi. Almashlab ekishning ekinlarni xo`jaligi hududida oqilona joylashtirish nuqtai nazaridan tashkiliy ahamiyati ham mavjud;

  • urug`chilik tizimi - qishloq xo`jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, ertapishar, serhosil, mexanizatsiyalashtirish talablariga va mahalliy sharoitlarga mos keluvchi navlarini tanlashga imkon yaratadi;

  • o`g`itlash tizimi – insonning tuproq tarkibini yaxshilash va unumdorligini oshirishga qaratilgan faoliyati mineral va organik o`g`itlardan samarali foydalanish orqali ta’minlanadi. Bunda o`g`itlar miqdorini va ularni erga solish usullarini to`g`ri tanlash, almashlab ekish tizimi bilan mutanosibligini ta’minlash ahamiyatlidir;

  • ekinlarning kasalliklari, zararkunandalar va begona o`tlarga qarshi kurash tizimi – biologik, kimyoviy va agrotexnik tadbirlar majmuasini o`z ichiga oladi;

  • melioratsiya va sug`orish tizim i – suvdan samarali foydalanish yo`llari, sug`orish usullari va rejimlarini ifodalaydi;

  • hosilni o`rib-yig`ib olish tizimi – yetishtirilgan mahsulotlarni nes-nobud qilmay, qisqa muddatlarda o`rib-yig`ib olish tadbirlaridan tashkil topadi.

Dehqonchilik tizimining texnikaviy elementlari ekish oldi, ekinlarni parvarishlash va hosilni saqlash davrida ishlatiladigan bino-inshootlar, mashina-uskunalar, mexanizatsiya vositalaridan unumli foydalanish tadbirlarini mujassam etadi va tizimning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Aim.uz


Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish