Fakulteti buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi


Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar tahlili



Download 206,06 Kb.
bet5/7
Sana28.03.2022
Hajmi206,06 Kb.
#515110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMM-51 guruh talabasi Matxoliqova G.

3. Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar tahlili

Amaldagi tartibga ko`ra asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy guruhlari va inventar obyektlari bo`yicha, shuningdek obyektlarning moddiy javobgar shaxslarda turish joyi (bo`linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va h.k.) bo`yicha yuritiladi.


Subyektga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir obyekt bo`yicha alohida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-I shakl) ning rasmiylashtirilishiga e'tibor qaratish zarur. Bunda dalolatnomadagi obyektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan yoki ko`rilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, obyektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va boshqa ma'lumotlar tekshiriladi.
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xojalik inventarlari, asboblar, stanoklar olinganda asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma ma'lumotlari, unga ilova qilingan pasportlar, ishlatish tartibi, yo`riqnomalar ham tekshirilishi zarur.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obyektiga inventar raqam berilgan bo`lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar raqamlar binolarga, 100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha bo`lgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar obyektiga metall jeton bilan biriktirib, uchmaydigan bo`yoq bilan yozib yoki boshqa usullarda belgilab qo`yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo`lgan jami davr ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob registrlarida ko`rsatiladi. Obyekt hisobdan chiqarilganidan so`ng, uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilingan hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o`z vaqtida topshirilgan bo`lishi lozim. Subyekt buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi bo`yicha ochiladigan AV-6 shakldagi inventar kartochkalar yuritiladi. Bu kartochkada obyekt haqidagi barcha ma'lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari me'yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd etilgan bo`lishi kerak.
So`ngra inventar kartochkalar ma'lumotlarining asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha inventar kartochkalar ro`yxati (AV-7 shakl) ga asosiy vositalarning tasnifiy guruhlari bo`yicha o`tkazilganligi tekshiriladi.
Ro`yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoqning tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo`yicha guruhlangan bo`lishi kerak. Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari alohida guruhlangan bo`lishi kerak.
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilib, uning ma'lumotlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi, so`ngra bu kartochkalar kartotekadan olib qo`yiladi. Amaliyotda, asosiy vositalar obyektlarining qiymati quyidagi xojalik operatsiyalari natijasida subyekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:
- sotilganda;
- foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko`ra hisobdan chiqarilganda;
- boshqa subyekt va shaxslarga beg`araz berilganida;
- boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllantirish uchun ulush sifatida qo`shilganida;
- kamomad yoki yo`qotish aniqlanganda va.h.k.
Asosiy vositalar obyektlari bo`yicha tiklanish qiymati inventar kartochkaning rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash bo`limida qayd etilgan bo`lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo`limida aks ettirilgan bo`lishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar obyektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan shaklda va ikki nusxada to`la moddiy javobgarluk to`g`pisida shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar shaxslarning hujjatlar to`plamida, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o`zlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o`z javobgarligiga olganligini tasdiqlab, inventarizatsiya vedomostlarida imzo qo`yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.


XULOSA
Ushbu kurs ishi natijasi bo‘yicha quyidagi xulosalar berildi:
Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirish natijasida muallif tomonidan asosiy vositalarni quyidagicha turkumlash taklif etilmoqda:
1.Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;
2.Zaxiradagi asosiy vositalar;
3.Tamirlashdagi asosiy vositalar;
4.Qurilishi davom etayotgan, qayta tiklanayotgan, modernizatsiya qilinayotgan va qisman ishlab chiqarishdan chiqarilayotgan asosiy vositalar;
5.Konservatsiyadagi asosiy vositalar;
6.Ijara bo‘yicha:
a).Ijaraga olingan asosiy vositalar.
b).Ijaraga berilgan asosiy vositalar.
Bizning fikrimizcha, asosiy vositalarni sotib olish uchun xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish maqsadida tuziladigan jamg‘armani, ya’ni 8920“Asosiy vositalarni amortizatsiya jamg‘arma fondi”schyotini shakllantirish uchun uni alohida yuritish taklifi berildi.
Asosiy vositalarning chiqishi bilan bog‘liq moliyaviy natijalar hisobini ixchamlashtirish va daromad manbai sifatida hisobga qayd etish maqsadida tadqiqot ishida buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish tartibi ishlab chiqildi.
Bizning fikrimizcha, korxonaning moliyaviy barqarorligi faqat mablag‘lar manbalarining tarkibi bilan emas, balki ularning moliyaviy hisobot aktivlariga to‘g‘ri kiritilganligi bilan ham belgilanadi. Shuning uchun auditor o‘zlik mablag‘lari tuzilmasini baholash bilan birga, korxona qarz mablag‘larining tuzilmasini ham o‘rganishi kerak. Shu maqsadda audit jarayonida jalb qilingan kapitalni analitik amallarning usullaridan foydalanish orqali tegishli xulosa chiqariladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida asosiy e’tibor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulot assortimentini yangilab borish, uning sifatini talabga moslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, tannarxni pasaytirish va doimo ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jixozlashga qaratiladi. Shu nuqtai nazarni hisobga olib asosiy vositalarning xarakatini auditorlik nazoratidan o‘tkazishda moliyaviy tahlilning quyidagi qo‘rsatkichlaridan foydalanishni taklif etamiz.

  • asosiy vositalarni ishga tushirish koeffitsienti;

  • asosiy vositalarni yangilanish koeffitsienti;

  • asosiy vositalarni chiqib ketish koeffitsienti;

  • asosiy vositalarni eskirish koeffitsienti;

  • asosiy vositalarni tugatish koeffitsienti;

  • asosiy vositalarni mashina va jixozlar parkini kengaytirish koeffitsienti.

Yuqoridagi koeffitsientlar o‘z navbatida korxonada moddiy resurslardan foydalanish darajasiga baho berish uchun ham asos bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Shunday qilib, umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asosiy vositalar auditi jarayonida qo‘llanishi muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Download 206,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish