Aksiyadorlik jamiyatlari
|
AJ soni
|
Chiqarilish hajmi (mlrd so‘m)
|
Aksiyalar (mln dona)
|
|
Jami:
|
604
|
49827,72
|
4333502,22
|
|
Shundan:
|
|
Moliya sektori:
|
55
|
12042,04
|
2305438,78
|
|
Banklar
|
26
|
11704,63
|
1010780,39
|
|
Birjalar
|
4
|
64,76
|
2993,63
|
|
Investitsiya fondlari
|
9
|
2,32
|
11,81
|
|
Lizing kompaniyalari
|
7
|
140,24
|
75,55
|
|
Sug‘urta kompaniyalari
|
9
|
130,08
|
1291577,40
|
|
Tarmoqlar bo‘yicha:
|
549
|
37785,68
|
2028063,44
|
|
«O‘zpaxtasanoateksport» XK
|
117
|
1955,10
|
526707,07
|
|
«O‘zbekneftgaz» MXK
|
50
|
16142,37
|
16417,35
|
|
Savdo majmualari va bozorlar
|
43
|
238,18
|
3213,29
|
|
«O‘zdonmahsulot» AK
|
40
|
703,72
|
772,46
|
|
«O‘zbekenergo» AJ
|
36
|
7335,15
|
8864,32
|
|
«O‘zvinosanoat-xolding» XK
|
17
|
73,61
|
54,60
|
|
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ
|
16
|
2626,33
|
46142,76
|
|
«O‘zagrokimyohimoya» AJ
|
15
|
50,57
|
379,33
|
|
«O‘zqurilishmateriallari» AK
|
13
|
1908,67
|
1613,52
|
|
«O‘zeltexsanoat» AK
|
12
|
302,09
|
506,27
|
|
Tashqi savdo vazirligi
|
10
|
158,45
|
36122,63
|
|
«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ
|
10
|
1558,95
|
11309,22
|
|
«O‘zavtosanoat» AJ
|
9
|
1486,27
|
1367531,73
|
|
«O‘zkimyosanoat» AJ
|
9
|
636,55
|
751,18
|
|
«Dori-darmon» AK
|
9
|
106,59
|
30,11
|
|
«O‘zbekengilsanoat» AJ
|
7
|
54,16
|
75,12
|
|
«Oziqovqatxolding» XK
|
7
|
40,75
|
139,95
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
|
6
|
4,12
|
2,56
|
|
«O‘zulgurjisavdoinvest» uyushmasi
|
6
|
7,00
|
2,42
|
|
«O‘zbekgidroenergo» AJ
|
5
|
518,47
|
4962,70
|
|
«O‘zmaxsusmontajqurilish» AK
|
4
|
64,99
|
67,07
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
|
3
|
4,45
|
5,75
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
3
|
80,07
|
61,55
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
1
|
41,22
|
12,20
|
|
Boshqa AJ
|
101
|
1687,87
|
2318,29
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2020 yil 15 fevral holatiga respublikamizda 604 ta aksionerlik jamiyati bo‘lib, aksiyalar hajmi 49827,2 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa korxonaga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi (1-rasm).
1-rasm. Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi6.
Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulk tarzida berilgan er maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, erni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.
Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga erning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga etkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;
ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;
hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;
boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temir yo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini engillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan mehnat vositalaridir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir etilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
a) kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
b) oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;
v) ustav sarmoyasiga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushish;
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
d) ayirboshlash;
e) tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o‘tkazish;
j) uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;
i) qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;
k) asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash.
Asosiy vositalarning kelib tushishi asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki harakati) dalolatnomasi (yuk xati) bilan (AV-1 shakli), unga ilova qilingan mazkur ob’ektning texnik hujjatlari bilan birgalikda rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansi hisobidan chiqariladi:
a) tugatish;
b) sotish;
v) ayirboshlash;
g) tekinga berish;
d) ustav sarmoyasiga muassis ulushi sifatida berish;
e) uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha berish;
j) kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
i) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi.
Asosiy vositalar ishga yaroqsizligini aniqlash uchun korxonada maxsus komissiya tuziladi. Ob’ektning tugatilishi komissiya tomonidan tuzilgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma (AV-3 shakli) bilan rasmiylashtiradi. Dalolatnoma korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi, buxgalter esa varaqaga ob’ekt chiqarilgan sana va dalolatnoma raqamini qayd etadi.
Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (korxona ustaxonalari va bo‘limlarida) asosiy vositalarning inventar rhyxatlari (AV-9 shakli) yuritiladi, ularda ishlatishda bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha qisqa ma’lumotlar keltiriladi.
Kelib tushgan, hisobdan chiqarilgan va korxona ichida harakatlangan asosiy vositalarning inventar varaqalari, tegishli yozuvlardan keyin hisobot oyining oxirigacha, tahlab qo‘yilmasdan alohida saqlanadi. Bu shuning uchun zarurki, mazkur varaqalar asosida asosiy vositalarning har oylik eskirishi hisoblanadi, bundan tashqari, joriy oy yakunlangandan keyin ushbu oydagi yozuvlari bo‘lgan varaqa asosiy vositalar tabaqalashtirilgan turlari bo‘yicha guruhlashtiriladi, har bir turi bo‘yicha qabul qilinishi va hisobdan chiqarilishi aylanmalari jamlanadi va asosiy vositalar harakatini hisobga olish varaqalariga yozib qo‘yiladi.
Asosiy vositalar to‘g‘ri baholanganligini tekshirish lozim, zero noto‘g‘ri baholash nafaqat umumiy holatni noto‘g‘ri aks etishi, balki quyidagilarga olib kelishi mumkin:
eskirish noto‘g‘ri hisoblanishiga;
soliqlar summasi noto‘g‘ri hisoblanishiga;
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotda asosiy vositalar qiymati noto‘g‘ri aks ettirilishiga.
Asosiy vositalar harakati bo‘yicha operatsiyalarning auditorlik tekshiruvida quyidagilarga alohida e’tiborni qaratish lozim:
asosiy vositalarni Ustav kapitaliga badal sifatida o‘tkazishda ularning dastlabki qiymati, eskirishi va topshirish vaqtidagi kelishuv narxi ko‘rsatilgan ro‘yxat mavjudligi. Ro‘yxatga topshirayotgan korxona muhri bilan tasdiqlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining ikkinchi nusxasi va o‘tkazilayotgan ob’ektlar bo‘yicha texnik hujjatlar ilova qilinganligi;
asosiy vositalarni sotib olishda ularning dastlabki qiymati, eskirishi va sotib olish narxi ko‘rsatilgan sotib olish-sotish dalolatnomasi rasmiylashtirilganligi;
asosiy vositalar to‘plamda (masalan, ofis uchun mebel) sotib olinganda inventar varaqaga to‘plam tarkibiga kiruvchi aktivlar bo‘yicha alohida yozuvlar kiritilganligi;
asosiy vositalar ob’ektlari chet el valyutasiga sotib olinganda ob’ektning dastlabki qiymati sotib olish paytida amaldagi kurs asosida so‘mga qayta hisoblangan qiymati bo‘yicha hisoblanganligi;
vaqtincha ishlatishda bo‘lgan kapital qurilish ob’ektlari, ular doimiy ishlatishga qabul qilingunga qadar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi va tugatilmagan kapital qo‘yilmalar deb hisobga olinganligi;
joriy ijara sharti bilan foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar ob’ektlari 001-sonli balansdan tashqari schetda hisobga olinganligi;
asosiy vositalarni sotishda amaldagi bozor narxlarini qo‘llash;
asosiy vositalar bepul berilganda ularning qiymati beruvchi tomonidan QQSga tortilishi, avval asosiy vositalar tarkibiga QQS bilan kiritilgan asosiy vositalar bepul berilishi bundan istisno (ishlab chiqarishi bo‘lmagan jabhalar uchun);
asosiy vositalar ishga yaroqsizligi, ularni tiklash uchun ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin emasligi yoki samara bermasligini aniqlash hamda hisobdan chiqarish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun korxonada rahbar buyrug‘i bilan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya tuzilganligi;
agar uskunalar yangi qurilish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonani kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qaytadan jihozlash bilan bog‘liq bo‘lsa, mazkur uskunalarning ro‘yxati faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qaytadan jihozlash rejasiga kiritilganligi;
uskunalarni bo‘laklarga ajratish va demontaj qilishdan hosil bo‘lgan va kelajakda ishlatish uchun yaroqli bo‘lgan barcha detallar, qismlar va agregatlar omborga kirim qilinganligi va ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida tegishli ravishda qayd etilganligi.
Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanish darajasini tekshirish maqsadida auditor tomonidan quyidagilar tekshiriladi:
korxonada asosiy vositalarni qabul qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha komissiya tuzilganligi;
asosiy vositalarni sotib olish-sotish shartnomalari rasmiylashtirilganligi;
kelishilgan narxlar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilganligi;
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida ularning dastlabki qiymati to‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
ob’ektlar qurib bitkazilgani va jihozlanganidan keyin, yoki tiklash va qisman tugatilganidan keyin ularning dastlabki qiymati to‘g‘ri aks ettirilganligi.
Asosiy vositalar ob’ektlarini nazorat qilish va hisobga olish holatini tekshirish natijalariga ko‘ra auditor nazorat samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqarishi mumkin.
Asosiy vositalar saqlanishining muhim shartlaridan biri – ularni sifatli inventarizatsiyadan o‘tkazish. Shuning uchun, nazorat vaqtida inventarizatsiya to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilganligi, uning natijalari buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish lozim. Auditorga bu auditorlik tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida korxonada o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari to‘g‘riligiga qay darajada ishonch hosil qilish uchun kerak.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq korxonada har yilda kamida bir marotaba, lekin hisobot yilining 1 oktyabrdan avval bo‘lmagan muddatda, yillik hisobotlar va balans tayyorlashdan oldin, asosiy vositalarni inventarizatsiya o‘tkazilishi lozim. 19-sonli BHMSga binoan asosiy vositalar har ikki yilda bir marta, kutubxona fondi esa har besh yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Inventarizatsiyadan oldin xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha inventar daftarlari va ro‘yxatlardagi hamda texnik pasportlari va boshqa texnik hujjatlaridagi yozuvlar to‘liqligi tekshiriladi. Agar texnik hujjatlar va buxgalteriya hisobi registrlaridagi ma’lumotlar orasida farqlar aniqlansa, ularga tegishli ravishda aniqliklar va tuzatishlar kiritiladi. Asosiy vositalarni inventarizatsiya jarayonida ob’ektlar komissiya tomonidan bevosita tabiiy holatida ko‘rib chiqiladi va inventarizatsiya ro‘yxatida ularning to‘liq nomlari, ishlatilishi, inventar raqamlari, asosiy texnikaviy va foydalanish tavsiflari qayd etiladi.
Hisobda qayd etilmagan ob’ektlar yoki hisob registrlarida ularga mansub bo‘lmagan tavsiflar keltirilgan hollarda, ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va texnikaviy ko‘rsatkichlar komissiya tomonidan to‘ldiriladi. Shu vaqtning o‘zida bunday ob’ektlarning bunyod etish yoki sotib olish vaqti, xarajatlarni moliyalashtirish manbalari, ularni qurish zaruriyati, moliyaviy intizomga rioya qilinishi uchun mas’ul shaxslar doirasi aniqlanadi.
Auditor tomonidan qonunchilikka xilof ravishda bunyod etilgan yoki sotib olingan asosiy vositalarni tasdiqlovchi hujjatlar aniqlansa, auditorlik tekshiruvi asosiy vositalar qonunga xilof ravishda sotilganligi yoki talon-taroj qilinganligi to‘g‘risidagi xabarga muvofiq o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda u to‘satdan taftish o‘tkazish bilan boshlanadi. Bunda auditor inventar varaqalari yoki inventar daftari mavjudligi va holati, sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlari bir biriga muvofiqligini tekshiradi. Inventar varaqalarining ma’lumotlari inventar ro‘yxati ma’lumotlari bilan, inventar ro‘yxatining umumiy summasi 0100-sonli schetlar guruhi ma’lumotlari bilan, ular o‘z navbatida – balans ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Solishtirish vaqtida asosiy vositalarning kamomadi yoki ortiqchaligi, uning sabablari va aybdor shaxslar hamda ushbu omillarning boshqa ko‘rsatkichlarga ta’siri aniqlanadi (asosiy vositalar bo‘yicha eskirish va mol-mulk bo‘yicha soliq kam yoki ko‘p hisoblanishi). Auditor asosiy vositalar joylarda mavjud ekanligini tanlab olish usuli bilan tekshirib aniqlaydi.
Kamomad aniqlangan holda, auditor moddiy javobgar shaxslardan tushuntirish xati va kamomadlar qoplanishini talab qiladi. Ushbu kamomadlar auditorlik tekshiruvini o‘tkazish vaqtida qoplanishi lozim.
Auditor asosiy vositalar saqlanishini tekshirganda ular moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligi, yozma ravishda moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlaydi.
Ijaraga olingan vositalar har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha alohida inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi va unda belgilangan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ravishda ijara beruvchining nomi va ijara muddati ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar harakatining auditini o‘tkazishda asosiy vositalar qabul qilinishi hisobi bo‘yicha dastlabki hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi hamda mashina va uskunalarning texnik pasportlaridagi yozuvlar tekshiriladi. Birinchi navbatda asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzgan komissiya a’zolarining tegishli bilimga egaligi aniqlanadi. Uning tarkibiga inventarizatsiya ob’ektlari bilan mukammal tanish bo‘lgan mutaxassislar kiritilishi lozim. Asosiy vositalar har bir inventarizatsiya ob’ektiga alohida tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalariga asosan kirim qilinadi. Auditornnig vazifasi kirim hujjatlarida inventar ob’ektning barcha rekvizitlari va texnik tavsiflari (barpo etilgan yili, ishlab chiqargan zavod raqami, quvvati) qayd etilganligi, uning to‘liq jihozlanganligi va ishga yaroqli ekanligini tekshirishdan iborat. Korxonaga avval ishlatilgan inventar ob’ektlari olingan holda, auditor ularning texnik pasportlariga asoslanib, yoki lozim bo‘lsa, amalda ko‘rib chiqib, eskirish to‘g‘ri hisoblanganligini tekshiradi.
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar ob’ektlari ijaraga beruvchining balansida hisobda turadi, ijaraga oluvchida esa, ijara shartnomasida ko‘rsatilgan dastlabki qiymati bo‘yicha balansdan tashqari schetda hisobga olinadi. Ijaraga olingan ob’ektlarning tahliliy hisob registri sifatida ijaraga olingan ob’ektlarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilingan inventarl varaqasining nusxasi qo‘llaniladi. Auditor tomonidan ushbu tartibga rioya qilinishi va asosiy vositalarning ishga yaroqli holati va foydalanishi qanday ta’minlanganligi tekshiriladi.
Kapital qo‘yilmalar hisobidan yangi uskunalar olinganda, auditor ushbu operatsiyaning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va u kapital qo‘yilmalar hisobi, o‘rnatilishi lozim bo‘lgan uskunalar, mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar schetlarida aks ettirilganligini tekshiradi. Shuningdek, auditor titul ro‘yxatlari va loyiha-smeta hujjatlari mavjudligini ham tekshiradi. U kamchiliklarni aniqlab, uning sabablari va aybdor shaxslarni aniqlaydi hamda xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
Audit o‘tkazish jarayonida, ma’naviy eskirgan, batamom yaroqsiz holga kelgan va kelajakda ishlatish uchun yaroqsiz bo‘lgan uskunalar, transport vositalari, ularni tiklash mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli hisobdan chiqarilishi yuzasidan nazoratga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Asosiy vositalarga oid ob’ektlar asosli ravishda hisobdan chiqarilganligi tekshiriladi. Bunda auditor ishga yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni tugatish tartibiga oid yo‘riqnomalarga rioya qilinganligini aniqlaydi. Avvalam bor, asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiya tegishli bilimga ega ekanligi aniqlanadi. Komissiyaga texnik xizmat mutaxassislari, bosh buxgalter, korxona bo‘linmalari va jamoat tashkilotlar rahbarlari kiritilganligi va komissiyaga korxona rahbarining o‘rinborsari raislik qilayotganligi aniqlanadi. Avtomobillar, ko‘targichlar hisobdan chiqarilishini tekshirganda, tegishli nazorat idoralarining (Davlat avtomobil nazorati, texnik nazorat va boshqalar) xodimlari komissiya ishida ishtirok etganliklari aniqlanadi.
Agar inventar ob’ekti eskirish muddatidan kam ishlatilgan bo‘lsa, har bir muddatdan oldin chiqarish holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Bunda yo‘l qo‘yilgan ziyonga mas’ul shaxslar aniqlanishi va korxona rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan ziyonni qoplash bo‘yicha va kelgusi faoliyatda bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun qanday choralar ko‘rilganligi aniqlanishi lozim.
To‘liq eskirmagan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish (tugatish) natijasida vujudga kelgan zararlarni tekshirayotganda auditor ular korxona xo‘jalik faoliyati natijalariga o‘tkazilishini aniqlaydi.
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilishi (tugatilishi)ni nazorat qilayotganda auditor ularni qismlarga ajratish, demontaj qilish va tugatish operatsiyalari bo‘yicha schetlarda aks etish tartibiga rioya qilinishi hamda tugatishdan hosil bo‘lgan materiallar kirim qilinishini tekshiradi. Ishlatish uchun yaroqli bo‘lgan materiallar: ehtiyot qismlar, metall chiqindilari, o‘tin yoki ikkilamchi xom ashyo sifatida sotilishi mumkin bo‘lgan narxlarda kirim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |