Kurs ishining maqsadi. Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiy modeli o’rni,
ahamiyati va rolini mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar,
bilimlarni o’rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda
bularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalargaga ega bo’lish.
4.O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharotida ko’chmas mulk bozori masalarini
o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti bo’lib, ko’chmas mulk bozori hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Ko’chmas mulk bozorida amalga oshiriladigan
mulkiy munosabatlar.
Kurs ishi kirish, uchta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan tashkil topgan.
1-reja; Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan
bog’liqlikda o’rganishining zarurati
Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning
erkin savdosi bilan bog’liq tashkillashgan ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’siri
sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta’minlovchi yaxlit murakkab tizim
(mexanizm) sifatida namoyon bo’luvchi tovar bo’yicha talab va taklif funksiyasi.
Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat va iqtisodiyotning barcha subyektlari
tomonidan birgalikda ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida
harakatga keltiriladi. Bozorda tovarlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lardan
iste’molchi (haridor)larga tomon, moliyaviy resurslar esa aksincha yo’nalishda
harakat qiladi.
Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil
topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va
yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi.
Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar,
fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va
temir yo’llar, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog’liq barcha narsalar
kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar
yetkazmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bular jumlasiga shuningdek o’rmonlar,
ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi.
«Ko’chmas mulk bozori – bu sotuvchi va xaridorlar o’rtasida ko’chmas
mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk
ayriboshlanishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tashkiliy tadbirlar tizimi».
Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining
ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik
yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar
yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud».
«Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish
sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy
munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas mulkni oldi-sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk obyektlarini ijaraga berish jarayonlarida yuzaga keladi»
Milliy ko’chmas mulk bozori - bir-biridan sinxron rivojlanishi, narxlar va
xavf-xatarlar darajasi, ko’chmas mulkka invеstitsiyalarning samaradorligi va
ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi
mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir. Ko’chmas mulk bozorining
o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda,
ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga,
shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi.
Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
-fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga
egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish;
-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va
sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi;
-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda
jinoyatchilardan himoyalash;
-talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan
bahoning erkin belgilanishini ta’minlash;
-ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi
investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish;
-ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik
darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish:
-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona
soliqqa tortish;
-mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni
yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |