Fakulteti “ ” kafedrasi kurs ishi mulk bozorining iqtisodiy modeli Bajardi: Ilmiy rahbar: mundarija


Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari



Download 0,67 Mb.
bet3/11
Sana30.01.2021
Hajmi0,67 Mb.
#57850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fakulteti “ ” kafedrasi kurs ishi mulk bozorining iqtisodiy mode

Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari:
1. Tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy
va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar)
munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash.
2. Ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk
bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq
ma’lumotlardan foydalanish.
3. Qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
loyihalarini ommaviy muhokama qilish.
4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va
qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.
5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar
ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak.
6. Davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli
regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi.
7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va
tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi.
8. Uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar,
yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha
tadbirlarni qo’llash.
9. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va
professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.
10. Ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni
zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali
foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer
to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion
to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va
asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur.
11. Aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik
qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy
hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi.
12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat
ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.
13. Davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va
nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati
bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan
bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga
muvofiq ravishda bo’linadi.

15. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk


obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan
holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash.
Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv,
keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion
motivasiya va ko‘chmas mulkni almashtirish jarayonida tan olingan boshqa
belgilar bilan ifodalanadi. O‘z o‘rnida, ko‘chmas mulk bozorlari turli ijtimoiy,
iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi.
Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining
umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
1 . Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvartiralar va
xonalar).
2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo, sanoat-ishlab chiqarish, ombor
binolari, mehmonxonalar, restoranlar).
3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar).
4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari (shahar
yerlari, qishloq xo‘jalik va ov yerlari, qo‘riqxonalar,foydali qazilmalarni qidirish
zonalari).
5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi bo‘yicha
chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan, cherkov, aeroport, qamoqxona
va boshqalar).
Ko’chmas mulk bozorining tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan bo’lib, unda: Sko’chmas mulk sotuvchisi, H- ko’chmas mulk haridori, R- rieyeltorlar ko’chmas
mulk bozorining professional ishtirokchisi, A- auksion, NR- nodavlat regulyativ
tashkilotlar, DR- davlat regulyatori. Mazkur modelda har bir ishtirokchi bir-biri
bilan uzviy bog’liq. Chunki, ko’chmas mulk bozori modeli boshqa bozorlarga
nisbatan qisqartirilgan modeldir
. Bu esa boshqa turdagi mulk bozorlari uchun
ixtisoslashgan model sifatida qaraladi.

Auksion (A) ko’chmas mulk savdosi kimoshdi savdosi orqali sotiladi.


Sotuvchi (S) – ko’chmas mulkini sotib undan foyda olish maqsadida o’zini
obyektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va davlatdir.
Haridor (H) – ko’chmas mulkdan naf olish maqsadida undan foydalanish,
tassarruf etish yoki hadya qilish maqsadlarida mablag’ bilan ta’minlangan yuridik
va jismoniy shaxs va davlat bo’lishi mumkin.
Rieltor (R) - malaka sеrtifikatiga va litsеnziyaga ega bo’lgan, yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Rieltorga litsеnziya ko’chmas mulk bozorida faqat axborot va maslaxat
xizmatlari ko’rsatish uchun bеriladi.
Rieltor o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish polisiga ega bo’lishi kеrak.
Davlat regulyatori (DR) va nodavlat regulayatorlar (NR) ko’chmas mulk
bozorini qonuniyligini tartibga solib turadi.
Regulyativ kanallarga davlat regulyatori ( DR) va nodavlat regulayatorlar
(NR) kiradi.
Savdo operatsion kanallar A orqali 3 ta elementni bo’glaydi – R, H, S.

Funksional operatsin kanallarr orqali S va H, S va R, H va R o’zaro


bog’langan.
Ko’chmas mulk bozoriga qarasak, auksion, sotuvchi va haridorning vazifasini
rieltorlik firmalari bajarishini ko’ramiz.
Ko’chmas mulkka bo’lgan talab Qd uning bozor bahosi Pa va yalpi daromadga
bog’liq:
Q=D(Pa, Y) (1)
Taklif esa Qs tovarning bozor narxi Pa va xomashyo narxiga Px bog’liq:
Qs=S(Pa, Px) (2)
Bozordagi talab va taklif muvozanati:
Qd=Qs (3)
(1), (2) va (3) tenglamalar bozorning iqtisodiy modelini ko’rsatadi. Ulardagi
X va Y – ekzogen parametrlar. Endogen parametrlar (V) – Pa va Q (sotilgan
ko’mas mulklar soni). Bularni o’zaro bog’lagan holda, talab va taklifning
muvozanat modelida ko’rish mumkin.
Modelda taklif egri chizig’i xomashyoning o’zgarmas bahosida taklif
etilayotgan tovar hajmi va uning narxi orasidagi nisbatni ko’rsatadi. Taklif egri
chizig’i yuqoriga yo’nalgan, sababi Pa qanchalik yuqori bo’lsa, ko’chmas mulk
shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi.

Modelda taklif egri chizig’i xomashyoning o’zgarmas bahosida taklif


etilayotgan tovar hajmi va uning narxi orasidagi nisbatni ko’rsatadi. Taklif egri
chizig’i yuqoriga yo’nalgan, sababi Pa qanchalik yuqori bo’lsa, ko’chmas mulk
shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi.
Talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy omillar:
-iqtisodiy: aholi va biznes daromadining darajasi, moliyaviy omillar
mavjudligi, ijara to‘lov stavkalarining darajasi, qurilish-montaj ishlari va qurilish
ashyolari narxi, kommunal xizmatlar uchun tariflar;
– ijtimoiy: aholi soni o‘zgarishi, aholining zichligi, ta’lim darajasi;
– ma’muriy: soliq stavkalari va hududiy to‘siqlar;
– ekologik: ko‘chmas mulk joylashgan rayonning qurib qolish yoki suv
toshqinlariga uchrash holatlari,ekologik holatni yomonlashuvi yoki yaxshilanishi.
Grafikda ikkala chiziqning kesishuv nuqtasi bozordagi narxning muvozanatini
ko’rsatadi, talab va taklif bir-biriga mos keladi. Bu model ham ko’chmas mulk
bozori uchun shartlidir.
Boshqarish tizimlari nazariyasiga asosan V I A nisbatini bozorning o’tkazish
funksiyasi sifatida ifodalash mumkin:
W(Qd, Qs)=B/A (4)
Agar W(Qd,Qs) va A o’zgaruvchilarning qiymatlari ma’lum bo’lsa, B
o’zgaruvchini bozorning iqtisodiy modeli bo’yicha natijaviy funksiya deb atasa
ham bo’ladi. Bu funksiya bozorning iqtisodiyotdagi rolini na faqat “barometr”
sifatida, balki tovarlarni raqobat, talab va taklif tasirida taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi jarayonlarning regulyatoridir.

Bu modeldagi sonlar ularning elementlarini bozorga ta’sirini anglatadi.


Ko’chmas mulk bozoridagi narxlar yordamida ko’chmas mulkni bozor
muomalasini amalga oshirish funksiyasini (talab va taklif ) bajaradi. Milliy real
iqtisodiyot ko’chmas mulkni muomalasini amalga oshirish vazifasini bajaradi.
Makroregulyator (M) – umumiy regulyativ muvozanatlashtirish funksiyasini
bajaradi.




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish