Butun jahon sayoxatlar va turizm Kengashi (WTTC ‒ The World Travel & Tourism
Council)
|
Rasmiy tarzda 1990- yilda tashkil etilgan. WTTC ‒ jahon turizm industriyasini mingdan ortiq kompaniyalarining rahbarlari va peshqadamlarining forumi hisoblanadi.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Xalqaro turizm sohasiga oid global miqyosdagi tadbirlarni amalga oshirish (WTTC turizm tarmog‘ining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda va turizm industriyasiga turli xil mamlakatlar hukumatlarining e‘tiborlarini jalb etishda o‘z a‘zolari nomidan vakil hisoblanadi);
Hududiy faoliyatni amalga oshirish (WTTC hududiy hukumatlar, hududiy turizm sohasining peshqadamlari bilan turizm industriyasining yo‘lidagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish yo‘nalishida hamkorlik qiladi);
Iqtisodiy tadqiqotlar olib borish (WTTC tomonidan har yili 181 mamlakat doirasida turizm industriyasining rivojlanish holatini baholash va uning rivojlanishini istiqbollashtirishga qaratilgan makro-iqtisodiy tadqiqotlar olib boriladi. O‘zining 20 yillik faoliyati davomida ushbu tadqiqotlarga 5 mln. $dan ziyod mablag‘ sarf etildi).
|