Fakultet "kompyuter injiniringi" kafedra "axborot texnologiyalari" mustaqil ish



Download 0,7 Mb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#210682
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Axmadyarova D


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

FAKULTET “KOMPYUTER INJINIRINGI”

KAFEDRA “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
MUSTAQIL ISH

«Algoritmlarni loyihalash»

fani




Mavzu: Dinamik dasturlash




Bajardi: 731-guruh talabasi

D.Axmadyarova
Qabul qildi: E.Qodirov

Farg’ona 2021

Reja:



  1. Dinamik dasturlash haqida tushuncha.

  2. Boshqariluvchi jarayonlar haqida tushuncha.

  3. Optimallik prinsip iva shartli optimal yechim.

  4. Dinamik dasturlashga xos masalaning qo`yilishi, uning MM.

  5. Dinamik dasturlash masalasining umumiy qo`yilishi.

6. Dinamik dasturlashning asosiy masalasi

7. Investitsiyani optimal taqsimlash masalasi

Kirish
Chiziqli va chiziqsiz dasturlash masalalarida iqtisodiy jarayon vaqtga bog`liq emas deb qaraladi, shuning uchun masalaning optimal yechimi rejalashtirishning faqat bir davri uchun topiladi. Bunday masalalar bir bosqichli masalalar nomi bilan ataladi.

Dinamik dasturlash masalalarida iqtisodiy jarayon vaqtga bog`liq bo`ladi hamda butun jarayonning optimal rivojini ta`minlovchi bir qator (ketma-ket har bir vaqt davri uchun) optimal yechimlar topiladi. Dinamik dasturlash masalalari ko`p bosqichli yoki ko`p qadamli deb ataladi.

Dinamik dasturlash – vaqtga bog`liq va ko`p bosqichli boshqariluvchi iqtisodiy jarayonlarni optimal rejalashtirish usullarini o`rganuvchi matematik dasturlashning bir bo`limidir.

Agar iqtisodiy jarayonning kechishiga ta`sir ko`rsatish mumkin bo`lsa, bunday jarayon boshqariluvchi deb ataladi. Jarayoning kechishiga ta`sir etish uchun qabul qilinuvchi qarorlar (yechimlar) to`plamiga boshqarish deb ataladi. Iqtisodiy jarayonlarda boshqarish rejalashtirishning har bir davrida vositalarni taqsimlash, mablag` ajratish, direktiv hujjatlar qabul qilish va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, ixtiyoriy korxonaning ishlab chiqarish-boshqariluvchi jarayondir, chunki u ishlab chiqarish vositalarining tarkibi, xom ashyo ta`minoti hajmi, moliyaviy mablag`lar miqdori va hokazo bilan aniqlanadi. Rejalashtirish davridagi har bir yil boshida xom ashyo bilan ta`minlash, ishlab chiqarish jihozlarini almashtirish, ko`shimcha mablag`lar miqdori haqida qarorlar to`plami boshqarishdan iboratdir. Bir qarashda, eng ko`p miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonaga mumkin bo`lgan vositalarning hammasini berish va ishlab chiqarish jihozlaridan (stanoklaridan, texnikadan va h.k. lardan) to`la foydalanish zarurdek tuyuladi. Lekin, bu jihozlarni tezda eskirishiga (ishdan chiqishga) va natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin. Demak, korxonaning faoliyatini, noma`qul effektlardan holi bo`lgan ravishda eskirgan jihozlarni almashtirish yoki o`rnini to`ldirish choralari belgilanishi lozim bo`ladi. Bu esa dastlabki davrda mahsulot kamaytirsa, keyingi davrlarda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, yuqoridagi iqtisodiy jarayon, har bir davrda uning rivojlanishiga ta`sir etuvchi, bir qancha davrlardan iborat deb qaralishi mumkin. Odatda davr sifatida xo`jalik yili olinadi.

Ko`p bosqichli iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishda, har bir alohida oraliq bosqichda qaror qabul qilishda, butun jarayonning tub maqsadi ko`zlanadi. Butun jarayonning yechimi o`zaro bog`langan yechimlar ketma-ketligidan iborat bo`ladi. O`zaro bog`langan bunday yechimlar ketma-ketligi strategiya deb ataladi. Oldindan tanlangan kriteriyga nisbatan eng yaxshi natijani ta`minlovchi strategiya optimal strategiya deb ataladi. Ko`p bosqichli rejalashtirishda har bir oraliq rejalashtirishda yechimini tanlashda butun jarayonning tub maqsadini ko`zlab yechimni tanlash prinsipi optimallik prinsipi deb ataladi.

Optimallashtirish masalalarini dinamik dasturlash usullari bilan yechishdan har bir oraliq bosqichda qabul qilingan yechim butun jarayonning kelajakdagi holatiga qanday ta`sir ko`rsatishini hisobga olish zarurdir. Har bir bosqichda oldingi bosqich biror holatda bo`lganligi shartida hisoblangan optimal yechim shartli optimal deb ataladi.

Dinamik dasturlashga xos bo`lgan quyidagi misolni qo`ramiz. Misol. Aytaylik, P1,P2,…Pn sanoat korxonalarning S sistemadan iborat faoliyatini k та t1,t2,…tk xo`jalik yilidan iborat





davrga mo`ljallab rejalashtirilayotgan bo`lsin. T davrining boshidan korxonalarga F miqdordagi fondlar ajratilgan. Har bir xo`jalik yilining boshlanishida korxonalarning barcha S sistemalari mablag` bilan ta`minlanadi, ya`ni F fonddan ulush ajratiladi. S0 – korxonalarga ajratilgan mablag`lar bilan foydalanuvchi sistemaning dastlabki holati va Sk – korxonalarga berilgan barcha qo`shimcha F mablag`lar bilan ifodalanuvchi oxirgi holatlari ma`lum deylik. Davrning oxirida korxonalardan olinadigan ja`mi W foyda eng ko`p bo`lishi uchun mavjud F fondlarni yillar bo`yicha korxonalar o`rtasida qanday taqsimlash maqsadga muvofiq ekanligini topish talab qilinadi. Masalaning matematik modelini tuzish maqsadida quyidagi belgilashlarni kiritamiz.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish