Фағона давлат университети Зоотехния факультети


Qishloq xo’jalik hayvonlarini mahsuldorligini baholash tamoyillari



Download 0,79 Mb.
bet4/6
Sana01.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#301189
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ОЧИҚ МАЪРУЗА

Qishloq xo’jalik hayvonlarini mahsuldorligini baholash tamoyillari.

1.Chorvachilik mahsulotlari va ularning ko’rsatkichlari.

2.Hayvonlar mahsuldorligini baholash tamoyillari: miqdoriy, sifat va iqtisodiy tomonlardan baholash.

Chrvachilik mahsuldorligi turli tuman. Bular qo’yidagilar:

1. To’g’ridan - to’g’ri ozuk - ovqat uchun ishlatiladig an mahsulotlar : sut, go’sht, yog’, tuxum, balik, ikra, asal.

2. Oziq-ovqat sanoati uchun mahsulot - ~ut mahsulotlari kefir, kaymok, yog’, pishloq, kalbasa, qazi va hokazo.

3. Meditsina preparatlari tayyorlash endokrin bezlari gorisaqlari, oshqozon shirasi, qon zardobi va hokazo.

4. Yengil sanoat xom-ashyosi, jun, teri, tuyoq, shox, suyak, tivit, par va hokazo.

5. Mineral o’qit mahsuloti go’ng.

6. Spermahsulot (naslchilik stansiyasi)

7. Naslchilik mahsulotlari: naslli yosh hayvonlar yetishtirish va ularni sotish.

1. Urchish (ko’payish); a moyillik xususiyati

2. Onalik xislati (emizib bolasini qayta qilish)

3. Tez yetiluvchanlik

4. Yiriklik

5. Uzoq yashovchanlik

6. Konstatutsiyaviy mustahkamligi.

7. Irsiy xususiyati.

Chorva mollarini urchitishdan asosiy maqsad inson uchun qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom-ashyo yetishtirishdan iborat. Chorva mollarnish mahsuldorlik qobiliyatini belgilovchi xususiyatlari qo’yidagilardan iborat:

1. Urchishga (ko’paytirishga) moyillik xususiyati

2. Onalik sifati, ya’pi emizib bolasini katta qilish

3. Tez yetiluvchanlik

4. Yiriklik

5. Uzoq yashovchanlik

6. Konstitutsiya tipining mustahkamligi

7. Irsiy xususiyati

1. Urchishga (ko’payishga) moyillik xususiyati hayvondan olinadigan mahsuldorlikning oshishiga olib keladi. Chunki chorva mollaridan o’z vaqtida ma’lum muddat oralig’ida tug’dirish butun hayoti davomida olinadigan mahsulotning ko’p bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bundan tashqari hayvonning pushtdorligi ham ma’lum rol o’ynaydi. Hayvon qanchalik sergo’sht bo’lsa undan shunchalik ko’p mahsulot olinadi. Yovvoyi hayvonlar yilning ma’lum bir faslida ko’rayish xususiyatiga ega bo’lsa madaniy zotlar yil davomida ya’ni barcha fasllarda ko’payish xususiyatiga ega. Shu sababli yovvoyi hayvonlar ko’payishi monotsiklik madaniy zotlarniki politsiklik xarakterga ega.

2.Onalik sifati ya’ni bolasini emizib kata qilish xususiyati barcha qishloq xo’jalik hayvonlariga xos xususiyatdir. Shu sababli turli mahsuldorlikka ega bo’lgan chorva mollarini sut mahsuldorligi bo’yicha baholanadi. Masalan go’sht yo’nalishidagi qoramollarda sut mahsuldorligi bo’yicha 6 oylik buzog’ining yirik og’irligi bo’yicha, cho’chqalarda bir oylik cho’chqa bolalari yirik og’irligi bo’yicha baholanadi.

3. Tez yetiluvchanlik chorva mollarining konstitutsional xususiyati bo’lib irsiy xarakterga ega bo’ladi. Tez yetiluvchanlik irsiy bo’lish bilan hayvonlarni oziqlantirish va asrash sharoitiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. SHu sababli tez yetiluvchanlik bo’yicha tanlash va juftlash normal oziqlantirish va asrash sharoitidagini samarador bo’ladi.

4. Hayvonning yirikligi uning tirik og’irligi, tana o’lchamlari orqali aniqlanadi. Yirik hayvondan odatda ko’p sut, go’sht, jun olinadi. Shu bilan bir qatorda yirik hayvon ko’proq ozuqa yeydi. Ammo ular ozuqa birligi hisobiga ko’proq mahsulot yetishtiradi. Masalan 300 kg tirik og’irlikdagi sigir 3500 kg sut bergan, 700 kg tirik og’irlikdagi 7000 kg sut bergan. Bunda har ikala sigirda ham sutlilik koeffitsenti 1:10 ya’ni 500:350=10; 7000:700=10. Ammo S yirik sigirdan ikkita mayda sigir mahsuldorligiga teshlashgach sut sog’ib olingan. Ikkala mayda sigir bitta yirik sigirga qaraganda ko’p uzuqa yeyishi o’z-o’zidan ma’lum. SHu sababli uning yirikligi iqtisodiy ahamiyatga ham ega.

5. Uzoq yashovchilik qoramollar 30 yil, otlar 35 yil, cho’chqa-11 yil, qo’ylar–12. yil, tuyalar-25 yil yashashi mumkin. Xo’jalikda qoramol 8-12 yil qo’ylar 5-8 yil, chuchqalar-7 yil, otlar va tuyalar 20 yil fond.

6. Irsiyat qishloq xo’jalik hayvoilari asosan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom-ashyo tayyorlash uchun urchitiladi. SHunga ko’ra hayvon-larning mahsuldorligi-ularning asosiy xo’jalik uchun foydali xususiyati hisoblanadi. Barcha zooveterinariya ishlari (urchitish, o’stirish, oziqlantirish va asras) hayvondan nisbatan arzon, ko’p va sifatli mahsulot olishga qaratilgan bo’ladi.

Hayvonlarning har bir tur mahsuldorligi murakkab bir belgi bo’lib, ular fiziologik hayot-faoliyati mahsulidir. Hayvonlarning mahsuldrligi yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O’zgaruvchanlik sabablarini va qonuniyatlarini bilish, bu protsessii boshqarish, yo’lga qo’yishga, hayvon mahsuldorligi sistemali ravishda oshirishga yordam beradi. Hayvonlar mahsuldorligi asosan ikki faktorga bog’liq, ya’ni:

1. Hayvon zotlarining irsiy va individual xususiyati

2. Tashqi sharoit va hayvonlardan foydalaniladi. Hayvonning tashqi ko’rinishiga (ekstereriga) qarab mahsuldorligi haqida taxminiy ma’lumot olish mumkin. Ammo eksterer xususiyatlari asosi, sut mahsuloti, tuxum mahsulotini, chopkirlikni aniq baholash mumkin emas. Shunga ko’ra, hayvonlar mahsuldorligini baholash va hisobga olish alohida ahamiyatga egadir. Sut organizm uchun (qimmatli oziq modda bo’lib, tarkibida yengil xazm bo’luvchi moddalar (yog’, oqsil), mineral moddalar, fermentlar va vitamin saqlaydi. Insoniyat qoramol, zebu, qutos kabi hayvonlar o’z bolasini boqish uchun kerakli sut, miqdoriga nisbatan qancha ko’p sut berish. Qobiliyatini oshirishga erishgan.

Sutdan sariyog’, smetana, tvorog, sыr, kefir kabi qimmatli oziq-ovqat maxusulotlari olinadi. Shuningdek, qo’y echki va ot sutlari oziq-ovqat sifatida ko’p foydalaniladi. Qo’y sutidan brinza, ot sutidan esa qimmatli shifobaxsh ichimlik-qimiz tayyorlanadi. Hayvonlardan olinadigan sutning ximyoviy tarkibi, ularning turiga bog’liq bo’ladi. Sut mahsulotini o’rganishda laktoshiya davri, sutdan chiqish davri, quruq boqilish davri kabi tushunchalarni bir-biridan ajratmoq lozim.

Hayvon tuqqan/elinda sut hosil bo’lishining to’xtashtigacha bo’lgan davr-laktatsiya davri deyiladi. Sut hosil bo’lishining to’xtashi-sutdan chiqish (zapusk) deb aytiladi. Sutdan chiqish davridan to yangi tug’ishgacha o’tgan davr-quruq boqilish davri deb ataladi. Laktatsiya davrining uzun yoki qisqaligi hayvonning turi va zotiga bog’liq bo’ladi. Yelinda sut hosil bo’lishi va undan ajralib chiqishi marakkab reflektor protsess u, neyrogumoral sistema yordamida boshqarib turiladi.

Laktatsiya egri chizig’i qo’yidagi 4 xil ko’rinishda bo’ladi:

1. Kuchli darajada turg’un va yuqori sog’imli

2. Kuchli ammo turg’un emas, eng yuqori sog’imdan keyin keskin pasayadi va laktatsiyaning ikkinchi yarmida yana ko’tariladi.

Tajribalarda aniqlanishicha, alvedolarda hosil bo’ladigan sut o’z-o’zidan ajralib chiqmaydi, agar sigir vaqt-vaqtida sog’ib turilmasa, uning yelinida sut hosil bo’lishi to’xtab qolishi mumkin, bu esa sigirni sutdan chiqishiga olib keladi. Sigirlarning laktatsiya oylarida beradigan suti miqdorinish hamma o’zgarishlarini laktatsiya egri chizig’i shaklida grafik tarzida ifodalash mumkin. Laktatsiya egri chizig’i qo’yidagi ko’rinishlarda bo’ladi:

1. Bir tekis pasayuvchi

2. Keskin pasayuvchi

3. Ikka cho’qqili

Sut mahsulotiga ta’sir qiluvchi faktorlar.

Hayvonlarning sut mahsuloti miqdori xilma-xil bo’lib,1000 kg. dan 25000 kg. gacha o’zgarishga ega. Xattoki, bu o’zgarish bir xil oziqlanish, asrash iqlim sharoitida parvarish qilinayotgan bir zotga mansub bo’lgan sigir-larda turlicha bo’ladi. Sut mahsuloti xassasini oziqlantirish, asrash, ulardan foydalanishga uning har bir podada olib borilayotgan naslchilik ishlari darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Mamlakatimizda urchitilayotgan qoramol zotlarning sut (beriga) mahsuloti beqiyos hisoblanadi, buni qo’yidagi xo’jaliklar ko’rsatish mumkin. Masalan, Perm oblastidagi № 9 ot zavodi pod’asining o’rtacha mahsuldorligi 6018 kg, «Lesnoe» davlat naslchilik zavodida (Leningrad obl.) – 5746 kg, «Leniskiy luch» kolxoz (Moskva obl.) - 5205 kg, «Detskoselskiy» zavodida (Leningrad obl.) - 5079 kg, «CHinoz» savxozida (Toshkent) 5010 kg, «Kommunizm» kolxozida (Toshkent obl.) - 5011 kg hokazo.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish