Фағона давлат университети
Зоотехния факультети
Зоотехния ва агрономия кафедраси доценти, қ.х.ф.н. Рахимов Мадаминжон Алижоновичнинг “Қишлоқ хўжалик хайвонларини урчитиш” фанидан
Зооинженерия (асаларичилик) йўналиши 2-курс талабаларига
“Қишлоқ хўжалик хайвонларининг экстерьери ва интерери тўғрисида тушунча” мавзусидаги
О Ч И Қ М А Ъ Р У З А С И
ФАРҒОНА - 2021
Qishloq xo’jalik hayvonlarining ekstereri. Qishloq xo’jalik hayvonlarining intereri to’g’risida tushuncha.
Qishloq xo’jalik hayvonlarining ekstereri to’g’risida tushuncha.
Qishloq xo’jalik hayvonlarining ekstererini o’rganish usullari.
Qishloq xo’jalik hayvonlarining intereri haqida tushuncha.
Intererni o’rganishning asosiy ob’ektlari (manbalari).
Qishloq xo’jalik hayvonlarining ekstererini o’rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Hayvonning ekstereri uning tashqi ko’rinishi yoki tana shaklidir. Bu so’z zootexniya faniga 1768 yilda frantsuz olimi Klod Burjel tomonidan kiritilgan. Eksterer to’g’risidagi ta’limot juda qadim zamonlardan beri rivojlanib kelgan.
Eksterer – tashqi tuzilish ma’nosini anglatib, hayvonlarda ma’lum sharoitda irsiyat ta’sirida shakllanadi, yoshi o’tishi bilan o’zgaradi.
Eksterer – to’g’risidagi fan; qishloq xo’jalik hayvonlarining tashqi tuzilishiga asoslanib, hayvonlarning xo’jalik va nasl qiymatini o’rgatadi.
Q ishloq xo’jalik hayvonlarining jinsiga bo’yicha ham tashqi tana tuzilishida farqlar bo’ladi. SHuningdek. tashqi tana tuzilishi hayvonning yoshi, sog’lomligi, zoti, muayyan xo’jalikdagi oziqlantirish va saqlash sharoiti, tirik vazniga bog’liq. Hayvonlarning tashqi tuzilishi faqat uning mahsuldorlik yo’nalishini aniqlab berishi mumkin ammo undan olinidigan mahsulot miqdori va sifatini belgilab bera olmaydi.
Eksterer ko’z bilan chamalash, o’lcham olish, tana indekslari, grafikka solish va rasmga tushirish kabi usullar bilan o’rganiladi.
Ko’z bilan chamalab baholashda tananing proportsional rivojlanishi va tananing alohida qismlarini rivojlanishi, umumiy ko’rinishi o’rganiladi. Bu usul bilan hayvonning o’z mahsulot yo’nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari belgilanadi. Ushbu usulning kamchiligi uning sub’ektiv-ligida, chunki hayvonning ijobiy va salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo’q.
Ko’z bilan baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq hisoblanadi.
Buqalar ekstereri bo’yicha 30 ball, sigirlar va yosh qoramollar 10 ballik shkala bo’yicha baholanadi.
Hayvonlarning asosiy tana qismlarida; umumiy rivojlanishi, eksterer tana – qismlari: boshi va bo’yni, ko’kragi, yag’rini va beli, tananing o’rta qismi, orqasi, yelin va so’rg’ichlarida no’qsonlari bo’lishi mumkin.
Qoramollar ekstererini o’rganishda ularni tana qismlarini o’lchash yo’li bilan aniqroq ma’lumotlar olish mumkin.
Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarini yaxshiroq o’rganish imkoniyati paydo bo’ladi. Qoramollarda asosan tananing 10 ta indekslari hisoblab chiqariladi. Grafik usulida hayvonlardan olingan o’lcham ko’rsatkichlari bir-biri bilan solishtirib o’rganiladi. Rasmga tushirish asosida hayvonning tana tuzilishini hohlagan vaqtda ko’rib, xulosa qilish mumkin. Turli mahsuldorlik yo’nalishdagi qoramollarning ekstereri bir-biridan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |