Фағона давлат университети Зоотехния факультети


Qishloq xo’jalik hayvonlarining mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 0,79 Mb.
bet5/6
Sana01.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#301189
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ОЧИҚ МАЪРУЗА

Qishloq xo’jalik hayvonlarining mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar

1.Chorva mollari go’sht mahsulotlarining ahamiyati.

2.Go’sht mahsulotlarining miqdori va sifat ko’rsatkichi.

Z.Go’sht mahsulotlariga ta’sir qiluvchi omillar.

Nimtaning kattaligi va shakli go’sht kombinatlari uchun ma’lum ahamiyatga ega. Chunki go’sht kombinatlarida nimtani maydalash ma’lum standartga asoslanadi. Nimtaning turli qismlarining to’yimliligi, tami va kuliniriya ahamiyati turlicha bo’ladi. Shining uchun nimta bo’laklarga bo’linadi va navlarga ajratiladi. Qoramol (go’shti) nimtasi to’qqiz bo’lakga bo’linib, uch navga ajratiladi. Qo’y nimtasi 8 bo’lakka bo’lib, uch navga, cho’chqa go’shti 8 bo’lakga, 2 navga, ot va tuya go’shti 9 bo’lakga va 3 navga ajratililadi.

Eng qimmatli bo’lagi nimtaning orqangi qismi hisoblanadi. Go’sht toifasidagi hayvonlarda nimtaning oldingi va orqa qismi amaliy jihatdan bir xil bo’lsa yani 1:1 bo’lsa maqsadga muvofiq hisoblanadi

Suyim chiqimi deb, suyim massasining, hayvon suyim oldi yirik vazniga nisbatining foiz miqdoriga aytiladi.

Suyim masofasi kg

Suyim oldi hayvon tirik vazni, kg

Suyim masasi va suyim chiqimi hayvonning semizlik darajasiga, jinsiga, muvofiqlik so’yilishicha, hayvon turiga bog’liq, bo’ladi.

Hayvon turi bo’yicha suyim chiqimi ham farq qiladi. Jumladan, qoramollarga suyim chiqimi o’rtacha 55-56%, qo’ylarda 44-52%, cho’chqalarga 75-85% gacha va oylarda 47-52 ni tashkil qiladi.

2. Go’sht mahsuldorligining miqdori va sifati ko’rsatgichlari. Hayvon tanasi tarkibi muskul, yog’, suyak birikturuvchi to’qima hamda tog’ay va joylardan iborat bo’ladi. Yuqoridan to’qimalarning ko’p-ozligi go’sht-qimmatligini belgilaydi. Agar go’sht tarkibida muskul va yog’ to’qimalari qanchalik ko’p bo’lsa go’sht shunchalik sifatli va to’yimliligi yuqori hisoblanadi. Agar go’sht tarkibida suyak va biriqtiruvchi to’qima ko’p bo’lsa go’sht shuncha sifatiz hisoblanadi. Chunki oqsil va yog’ning parchalanishidan eng ko’p energiya hosil bo’ladi. Jumladan 1 g yog’ parchalanganda 9,3 kkal, 1g oqsil parchalanganda 4.1 kkal energiya hosil bo’lishi ma’lum.

Agar hayvonning suyilgan tanasiga (nimtada) go’sht va suyak to’qimalari nisbati 4-4.5 :1g ga teng bo’lsa qimmatli hisoblanadi. Muskul to’qimasi organizmda 50 % dan 70 % ga miqdorni tashkil qiladi. Nimita tarkibida sifatli oqsillarning bo’lishi go’shtning eng qimmatli xususiyati hisoblanadi. Sifatli oqsil faqat hayvonlar dunyosidan olinadigan mahsulotlarda bo’ladi.

Sifatli oqsil deyilishining sababi shundan iboratki, uning tarkibida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar bo’lishi hisoblanadi. Sizga ma’lumki tarkibida 20 ta aminokislota mavjud bo’lib, shundan 10 tasi almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardir.


1.Chorva mollarining go’shti mahsuldorligini ahamiyati. Go’sht chorva mollaridan olinadigan muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Go’shtning qimmatli bo’lshi avvalom bor uning tarkibidagi oqsil va yog’ miqdoriga bog’liq bo’ladi. Go’sht boshqa oziqalarga qaraganda yuqori kaloriyaligi bilan ajralib turadi. Go’shtning tarkibiga yengil xazm bo’lish holidagi oqsil, yog’ mineral moddalar, vitaminlar mavjuddir. O’rtacha miq-dorda go’sht tartibida 35-55% quruq modda, 10-20% oqsil, 14-45% yog’ 1-5% miqdor moddalar hamda vitaminlardan A,D va V guruhidagi vitaminlar bo’ladi. 1 kg go’sht-1500 dan 3000 kaloriyaga ega.

Hozirgi vaqtda urchitilayotgan barcha qishloq xo’jalik hayvonlaridan go’sht mahsuldorligi olinadi. Ammo jahon miqyosida qoramol go’shti birinchi o’rinni egallaydi (45% dan ko’proq), ikkinchi o’rinda cho’chqa go’shti, uchinchi o’rinni qo’y go’shti, turtinchi o’rinni parranda go’shti egallaydi. Respublikada qoramol go’shti birinchi, qo’y go’shti ikkinchi, paranda va cho’chqa go’shti uchinchi va to’rtinchi o’rinni egallaydi. Bundan tashqari it, quyon, baliqlardan go’sht yetishtirish uchun foyidalaniladi. Go’shtda odam organizmi uchun kerak bo’ladigan yengil xazm bo’ladigan barcha organik moddalar mavjud. Ayniqsa go’sht odam organizmining fizik kuchini va bosh miya faoliyatining rivojlanishiga katta ahamiyatga ega.

3. Go’sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omilar. Go’sht mahsuldor-ligiga hayvon zotining irsiy. Shaxsiy xususiyati, ishlab chiqarish texnologiyasi va tarkibida hamda boshqa nomerdagi omillar ta’sir ko’rsatadi. Odatda yuqori sifatli, ko’p miqdordagi go’sht maxsus go’sht ko’lamidagi zotlardan olinadi. Maxsus go’sht yo’nalishdagi zotlar tez yetiluvchanligi bilan ajralib turadi. Maxsus go’sht yo’nalishidagi hayvonlar so’qimlanishi davrida yog’ nafaqat teri ostida, ichki organlar atrofida, urug’ donalar atrofida, balki muskul to’qimalar orasida ham hosil bo’ladi. Muskul to’qimalari orasida yog’ qatlamaning hosil bo’lishi go’shtning ishlari bo’yicha olib kelib, to’yimli va mazasi bo’ladi. Bunday go’shtni marmarsimon deb aytiladi. Maxsus go’sht yo’nalishdagi qoramolarga suyim chiqilish 68-70% gacha, ayrim holarda undan ham yuqori, sut-go’sht yo’nalishlarida 55-60%, maxsus sut yo’nalishdagilarda eng 45-50%, ni tashkil etadi.

Hayvonning hayot davrida semizlik darajasini aniqlash uchin har xil uskunalar kashf qilingan. Masalan, cho’chqalarda yog’ qiymatining kamligini o’lchash uchun linnimer asbobi ishlatiladi. Linnimer asbobi elektr tokiga volt metr orqali ulangan bo’ladi. Linnimerning ignasi teri orqali teri ostiga yuboriladi. Igna muskul to’qimasiga yetganda voltmetrning strelkasi harakatta keladi. Chunki yog’ to’qimasiga nisbatan muskul to’qimasi elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Shu asosda yog’ qatlamining qalinlgi aniqlanadi. Hayvonning tiriklik paytida yuqoridagilar asosida berilgan baho taqriban hisoblanib ma’lum darajada sub’ektiv xarakterga ega. Hayvonning go’sht mahsuldorligi bo’yicha qat’iy baho hayvon so’yilgandan keyingi berilgan baho hisoblanadi. Hayvon so’yilgandan keyin so’yim massasi suyim chiqishi va nimta sifati ancha aniq aniqlanadi.

Suyim massasi-deb boshsiz, oyoqsiz, terisiz, dumsiz, ichki organlarsiz qonsizlantirilgan nimta (tana) va ichki yog’lar yig’indisiga aytiladi.

Suyim masasini to’g’ri aniqlash uchun havoni suyishiga 15 soat qolganda oziqlantirish va sug’orishni to’xtatishi lozim. Hayvon tirik massasi to’g’ridan to’g’ri suyish oldidan torozida tortilib aniqlanishi lozim. Go’sht mahsuldorligi hisobga olish va baholash hayvonning tirikligi paytida va suyilgandan keyin amalga oshiriladi. Hayvonning tiriklik paytida go’sht mahsuldorligi bo’yicha baholash dam dam hayvonni tarzida tortib turish bilan amalga oshiriladi. Tarozida tortish natijasida hayvon tirik vazni, kunlik va oylik tirik vazining o’zgarishi aniqlanib, taqriban go’sht nimtalari kattaligi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari go’shtdorlik shakli tana o’lchamlari yani balandlik, gavda uzunligi, ko’prik kengligi, ko’krak aylanasi kabi o’lchamlar olinib ularning natijalari asosida aniqlanib baholanadi. Hayvon tiriklik semizlik darajasi va bo’rdoqlanishi xususuyati Hayvon tashqi ko’rinishi ko’zdan kechirish va tananing yog’ to’planadigan qismlari ushlab ko’rish natijasida aniqlanadi. Ayniqsa hayvonning dum asosi, o’tirgich suyagi chuqurchalari joy, yonbosh suyagi atrofi, bel, qovurg’a usti tush oldi qismlari yog’ bilan to’lganligi bilish mumkin. Yaxshi bo’rdoqlagan hayvon uchun tananing dumoloq shaklda bo’lishni, yaltiroq jun qoplamli bo’lishi xarakterli hisoblanadi.

Go’shtning sifatiga quyidagi faktorlar ta’sir qiladi:

1. Gavdadagi go’sht yog’ va suyaklar o’rtasidagi nisbat

2. Gavdaning ayrim qismlari o’rtasidagi nisbat (bel va orqa qism qancha ko’p bo’lsa shuncha go’sht ko’p bo’ladi)

3. Go’shtning strukturasi rangi va xidi. Go’sht mayda talash och qizil rangli yog’ qattiq va oq bo’ladi.

4. Go’sht va yog’ni kimyoviy tarkibi . Go’sht va yog’ni tarkibida suv qancha oz bo’lsa va go’sht yog’ marmarsimon joylashgan bo’lsa u shuncha qimmatli bo’ladi. Qora mollar semizlik darajasini aniqlash uchun tanadagi yog’ tushunadigan joylar ko’krak osti go’sht chap o’tirgich do’ngliklari biqin ushlab ko’riladi.Qo’ylarda yuqoridagi qismlar bilan birga dum ildizi va dumba ushlab ko’riladi. Cho’chqalarda esa qo’shimcha ravishda ensa va dumg’aza ushlab ko’riladi. Shuningdek maxsus go’sht yo’nalishdagi masalalarni urchitish va shakllantirishda hamda yakizalarni yaratishda hayvon bo’lgan shalaylar ham o’zgaradi. Masalan, avval go’sht yo’nalishidagi qoramolchilikda tez yetiluv-chanlikni oshirish va hayvon organizmida yog’ to’planishini jadallashtirish (tezlashtirish) borasida selektsiya ishlari olib borilgan. Bunday selektsiya yosh hayvonlar toifasida qaragidan ortiqcha yog’ to’planishiga olib kelgan. Buning uchi Angliyaning go’sht toifali zotlari idial toifa sifatida qabul qilingan. Hozirgi vaqtda go’sht toifali chorvachilikda selektsiya yosh hayvonlarni jadal o’stirishga, organizmda ko’p miqdorda yog’ to’planishi o’rniga oqsil to’planishiga va har bir kg qo’shimcha og’irlik uchun kam ozuqa borligi sarflanishiga qaratilmoqda. Chunki hozirgi vaqtda juda yog’li go’shtni nisbati kam yog’li go’shtga talab yuqoridir. Hozirgi vaqtda chet mamlakatlarda yosh hayvonlarni burdoqilashda tanada yog’ hosil bo’lishini kamaytirish maqsadida sintetik preparat klnbuteraldan foydalanilmoqda. Bu preparat yog’ sintezlaydigan ferment faoliyatini keskin susaytiradi. Go’sht mahsulotlariga hayvonning jinsi ta’sir ko’rsatadi. Odatda ancha yuqori vazifa eng bo’lgan nimta erkak hayvonlardan olinadi. Masalan, to’liq yondagi shvits zotli sigirlar tirik vazmi 500-550 kg bo’lsa, buqalari esa 1000 kg va undan yuqori bo’ladi. Ammo erkak hayvonlarning muskul tolalari qo’pol, qattiq, bo’lib yaxlit ta’mga ega bo’lmaydi.

Go’sht mahsulotlariga ta’sir qiluvchi faktorlardan biri hayvonning yoshi hisoblanadi. Hayvonning yoshining ortishi bilan o’sishi va rivojlanishi hisobiga uning sherik massasi oshib boradi. Katta yoshdagi hayvonlarga yosh hayvonlarga nisbatan go’sht mahsuloti kjuri bo’ladi. Ammo yosh hayvonlarning go’shti, qari hayvonlarnikiga nisbatan oqsilga boy bo’ladi va go’sht tolalari ingichka bo’lib, shirali bo’ladi. Shu sababli yosh hayvonlarning go’shti tez xazm bo’luvchi va mazali bo’ladi. Hayvonning go’sht mahsulotlariga ularning oziqlantirish darajasi va go’shtni qayta ta’sir ko’rsatadi. Har qanday tez sotiluvchi hayvon bo’lmasin, u o’zining go’sht mahsuloti ma’lum bir darajadagi oziqlantirish va oziqlantirish ustidagi rivojlantira oladi. Etarli darajada oziqlantirilmaganda yosh hayvonning go’sht yo’nalishida o’stirish davri cho’zilib ketadi va bir kilogramm qo’shimcha yirik og’irlik uchun ozuqa sarfi ko’payib ketadi. Bunday hayvonlardan sifati jihatidan past bo’lgan nimta olinib, ularning tarkibida muskul va yog’ tuzimalariga nisbatan biriqtiruvchi to’qima ko’p bo’ladi. Shu sababli xo’jaliklarda yosh hayvonlarni bo’rdoqiga boqilganda intensiv usuli keng qo’llanadi. Bu usulning ahamiyati qaramochilikda 7-8 oylik buzoqlarni sutkalik 900-1000 g qo’shimcha og’irlik olish maqsadida yuqori darajadagi oziqlantirish yo’li bilan bo’rdoqiga boqiladi. Bunday holda yosh hayvonning yuqori darajadagi o’sish energiyasidan foydalaniladi.

N.M.Burlakov ma’lumotiga ko’ra hayvon qanchalik yosh bo’lsa, u o’sish va rivojlanishga shuncha kam oziqa sarf qilinadi. Avtorning uqtirishiga 9 oylikdagi buqachalar 1 kilogram qo’shimcha tirik og’irlik uchun 5,7 ozuqa birligi sarf qilsa, 1,5 yoshdagilar esa 10,5 i va 2 yoshdagilarga 14 oziqa birligi sarf qilingan. Intensiv burdoqiga boqish usulida 12 oylik buqachalar 320-330 kg, 18 oylik esa bo’lgan. Cho’chqachilikda 7-8 oylik cho’chqa bolalari 100-110 kg birik massaga ega bo’lib, 1 kg qo’shimcha birik og’irlik uchun 3,5-4 ozuqa birligi sarf bo’ladi.

Keyingi paytlarda yosh hayvonlar bo’rdoqiga boqishda o’sish va rivojlanishini tezlashtirish uchun biostimulyatorlardan foydalanish yaxshi samara berishi isbotlangan. Ayniqsa oskad V.P.Filatov metodi asosida toloq, jigar, urug’don va boshqalardan tayorlangan to’qima preparatlari, ya’ni biostimulyatorlar hayvonning o’sish va rivojlanishini tezlashtiradi. Bu preparatlar organizmga yuborilganda undagi modda almashinuvini tezlashtiradi, oziqaning xazm bo’lish protsessini kuchay-tiradi, natijada hayvon tirik massasining o’rtacha 10-25% oshishiga olib keladi. Saqlash sharoiti ham go’sht mahsuldorligiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan Z.T.Turaqulov va A.A.Abdurasulovlar ma’lumotiga ko’ra ochiq maydonga bo’rdoqilangan novoslarning tirik vazni 10,2-19 kg. gacha yuqori bo’lgan. Trofisar D.L.Levantining ma’lumotiga ko’ra 18 oylik qora-ola zotli novoslar 63 kg urg’ochi tanalarga nisbatan 90 kg yuqori bo’lgan. Hayvonlarning go’sht mahsuldorligiga ularning konstitutsiyalari ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Go’sht konistututsiyali hayvonlar bo’rdoqilanish xususiyati yuqori bo’lishi bilan boshqa konstitutsiyali hayvonlardan farq qiladi. Demak go’sht yo’nalishidagi chorva mollarning ana shunday konistutsiyali bo’lishi maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda go’sht yo’nalishidagi hayvonlar salmog’i nisban kam. Shuning uchun go’sht yetishtirishni jadalashtirish uchun sut, sut-go’sht yo’nalishidagi qora mollar, go’sht yo’nalishidagi nasliy buqalar bilan joriylanib go’shtbob podalar tashkil qilish amalga oshirilganda. Bunday chatishtirishlardan olingan duraygalarda gitirizis xususiyati kuchli namoyon bo’ladi. Hayvon konditsiyalari. Hayvon konditsiyasi-bu uning tashqi formasi bo’lib, semizligi bilan bog’liq bo’ladi. Semizlik, muskullarning, jun qoplashining holati va hayvonning umumiy ahvoli konditsiyaning tashqi belgilaridir. Zavod, burdoqi, ishchi, ko’rgazma konditsiyalari bir-biridan farq qiladi.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish