Sut yo’nalishidagi qoramollarning tanasi uchburchak ba’zi suyaklari bo’rtib turadi, terisi yupqa, burmali, cho’ziluvchan. Ularning sut hosil qilish a’zolari va katta qorni juda yaxshi rivojlangan. Boshi uzun va tor. Ko’kragi chuqur, oyoqlari mustahkam, to’g’ri qo’yilgan go’shtdor qoramollar-nikiga nisbatan uzunroq bo’ladi.
Go’shtdor qoramollarning tanasi chuqur va keng, kuchli rivojlangan muskul va teri osti yog’ qatlamiga ega, terisi yumshoq, noziq junlar bilan qoplangan. Boshi yengil, kalta va keng. Orqa qismi uzun, keng, tekis bo’lib, muskullar bilan to’lishgan. Oyoqlari kaltaroq, keng qo’yilgan, ko’pincha egilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |