93
vulqonlari kiritiladi.
28-rasm. Islandiyadagi geyzerlar
Geyzerlar
(islandcha geysir-shiddatlioqim)-vaqti-vaqti bilan qaynoq suv va
bug` favvora bo`lib otiladigan buloqlar
.
Geyzerlar asosan, so`nish
arafasidagi yoki
yaqinda so`ngan vulqonlar yon atrofida vujudga keladi. Yoriqlarda suv katta bosim
va yuqori temperaturada shiddat bilan (qaynoq suv 20-40 m, bug` 150 m
balandlikkacha) otilib chiqadi. Islandiya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Yangi
Zelandiya va Rossiya (Kamchatka) da geyzerlarni ko`plab uchratish mumkin.
Ularning otilib chiqishi bir qarashda vulkan otilishini eslatadi. Bu xil
buloqlarning nomi islandcha “geyza”-mavj urmoq so’zidan olingan. Geyzer-
Islandiyadagi katta geyzerning nomi. O’ziga xos bunday
buloqlar yaqin geologik
davrdagi yoki hozirgi vulkanli o’lkalarda joylashgan. Bunday vulkanli o’lkalarda
sayoz magma o’choqlari bo’lib, ular o’ziga xos geotermik va gidrogeologik sharoit
yaratadi.
Yer po’stining uncha chuqur bo’lmagan qatlamlaridan yer yoriqlarida hosil
bo’lgan suv yo’li (kanal) orqali harorati 100°S dan yuqori (140° gacha) qizib
ketgan suvlar ko’tariladi. Yoriqdagi suv yo’lining og’zi keng bo’lib, grifon
94
deyiladi. Grifon issiq suvdan ajralib, cho’kadigan och tusli kremniyli tuf yoki
geyzerit yotqiziqlarida hosil bo’ladi.
Geyzerli joylarning yuza qismidagi jismlarida sovuq grunt suvlari bo’lib,
ular yer yorig’idagi suv yo’li-kanalga va grifonga o’tadi. Oqibatda geyzer kanalida
ikki xil suv, yuzada to’plangan sovuq suv bilan chuqurdan chiqib kelgan issiq suv
bir-biriga qo’shiladi. Geyzerlar rejimi mana shu issiq
suv bilan sovuq suvning
o’zaro ta’siri natijasidir.
Suv otilishidan to’xtagach, grifon bilan kanalning yuqori qismi bo’shab
qoladi. Bu bo’shliqqa pastdan issiq suv, atrofdan esa sovuq suv kirib keladi. Bu har
qanday geyzer rejimining birinchi bosqichi, ya’ni to’lish bosqichidir. Bunda yer
yuzasiga oqib chiqadigan suv harorati qaynash haroratidan pastroq, ya’ni 97,2° va
99,8° atrofida bo’ladi.
Grifon to’lgach, yuza qatlamdan yig’ilgan suv atrofga oqib tusha boshlaydi,
pastdan esa issiq suv ko’tarilaveradi, buning natijasida suv harorati qaynash
nuqtasigacha ko’tariladi. Bu bosqichda suv vaqt-vaqti bilan qaynab, ozroq otilib
turadi. Suvning tinch (qaynamay turish) davri tobora qisqarib, qaynab turish davri
uzaya boradi. Kanal ichida va grifonda yuqoridagi suv
ustunining bosimi tufayli
suv qaynay olmaydi.
Yuqoridagi suv qattiq qaynagach, suv-bug’ aralashmasi hosil bo’ladi va
pastki qatlamlarga bo’lgan bosim birdaniga kamayib ketadi. Natijada kanaldagi
suv qaynab, suv-bug’ massasi katta kuch bilan otilib chiqadi. Suv bug’ga
aylanganda o’z hajmini 1675 baravar kattalashtiradi. Bu fontan hosil bo’lishi
bosqichidir.
Suv-bug’ otalib chiqqach, kanalga pastdan issiq suv ko’tarilib, qattiq
qaynaydi va geyzerdan faqat bug’ otilib chiqadi. SHu vaqtda issiq suv va bug’dan
bo’shagan kanalga sovuq grunt suvlari kelib quyiladi. SHundan so’ng suvning
qaynashi tugaydi. SHu bilan suv fontanining bir tsikli tugab, ikkinchisi boshlanadi.
Misol
tariqasida
Kamchatkadagi
Velikan
geyzerining
harakatini
tasvirlaymiz. Bu geyzer grifonining chuqurligi 3,0 m, kattaligi 1,5x3,0 m. Geyzer
maydonining kattaligi 32x35 m. Uni otilib chiqqan suv oqimi o’zanlari o’yib
95
yuborgan. O’zanlar tekis, silliqlangan va turli tusda: jigarrang, sariq, oqish, pushti
tovlanadi.
Geyzer otilgach, grifonda suv qolmaydi, (biroq, bug’ otilib turadi.
Grifon tagiga kuchli zarb bilan issiq suv ko’tariladi va vaqt-vaqti bilan yana
kanalga oqib ketadi. Yuzadagi suv oqib tushgandan boshlab, bug’ miqdori kamaya
boradi. Grifon ikki soatda to’ladi. Grifon to’lgach, har 2-3 minutda suv bir qattiq
qaynab, bir to’xtab turadi. Bunda suv sathi ham goh ko’tarilib, goh pasayib turadi
va suv grifondan toshadi. Bu bosqich 1 soatu 15 minut davom etadi.
Geyzerning otilishi suvning 1,5 m ga sachrab ko’tarilishi bilan boshlanadi.
SHundan so’ng grifon teshigi diametri kattaligidagi bahaybat suv va bug’ ustuni
300 m ga hatto undan ham balandga otshgab chiqadi. Bunda geyzerdan juda qattiq
tovush chiqadi. Suv fontani 2 minut davom etadi, shundan so’ng ham yana 11-13
minut bug’ otilib turadi. Ko’pchilik geyzerlarning otilishi orasidagi davr vaqt
o’tishi bilan uzaya boradi. Kamchatkadagi Velikan geyzeri 1941 yil 2 soatu 52
minut, 1951 yil esa 3 soatu 10 minutda bir otilib turgan.
Islandiyaning katta
Geyzeri 1810 yil har 6 soatda, 1860 yil har 4-5 kunda, 1907 yil har 20 kunda bir
marta otilgan, hozir esa bundan ham ko’p vaqtda otiladi. Hozirgi zamon
geyzerlarining eng kattasi-AQSHning Yellouston parkidagi Olijanob geyzeri
o’nlab yillar davomida bir marta otiladi; u so’nggi marta 1888 yil otilgan.
Yellouston parkidagi O’zgarmas geyzeri har 65 minutda otilib turadi.
Geyzerlar harakatining davriyligi chuqurdagi isigan va sovuq suvning
qancha tez ko’tarilish nisbatiga va miqdoriga bog’liq. Geyzerlar suvining to’xtab
turishi davri bilan suv otilmaydigan buloqlarga aylanish davrini yuqorida aytilgan
nisbatning o’zgarib turishi bilan izohlash mumkin. Islandiyadagi Strokr
geyzerining otilishi to’xtagan; Kamchatkadagi Vanna, Grot (g’or), Nepostoyanniy
(O’zgaruvchan) va boshqa geyzerlar o’qtin-o’qtin suv-bug’
chiqaradigan
buloqlarga aylanib qoldi. Yellouston parkidagi geyzerlar ham juda xilma-xildir.
Issiq buloqlarning bu noyob xillari bo’lgan geyzerlar tarqalgan rayonlar Yer
yuzida uncha ko’p emas. Bular-Kamchatka, Yaponiya, AQSH dagi Yellouston
milliy parki, Meksika, Kaliforniya. Bu geyzer rayonlari Tinch okean vulkanlar
halqasida joylashgan. Bundan tashqari, O’rta dengiz yer yorig’i
mintaqasidagi
96
Tibetning ham geyzerli bir rayoni bor. Islandiya vulkanik oroli ham geyzerlar
rayonidir. Yangi Zelandiyaning SHimoliy orolida ham katta-katta geyzerlar bor
edi. Bulardan eng kattasi grifonining diametri 20 m bo’lib, undagi suv fontani 170
m ga ko’tarilgan. Bu yerdagi geyzerlar hosil qilgan terrasalar «dunyoning
sakkizinchi mo’’jizasi» hisoblangan. 1886 yili otilgan vulkan bu yerdagi barcha
geyzer va terrasalarni yakson qilib yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: