Zilzila kuchining osha borishi tufayli yuz beruvchi tabiiy geografik jarayonlar:
1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;
2 ball - juda kuchsiz, uy ichida utirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch o‘tirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;
4 ball - o‘rtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro‘zg‘or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;
5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib to‘kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;
6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, ko‘pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bo‘ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidagi kitoblar, ro‘zg‘or buyumlari javonlaridagi idishlar ag‘darilib tushadi;
7 ball - juda kuchli. Ko‘pchilik odamlarni qo‘rquv bosadi, ko‘chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo‘ladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqlanadi.
8 ball - yemiruvchi. Xom gishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo‘ladi, uy tepasidagi mo‘rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, tog‘liq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.
9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron bo‘ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo‘ladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bo‘ladi. Temir yo‘l izlari to‘lqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, cho‘kish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari to‘lqinlanib qirg‘oqqa uriladi, qoyali yon bag‘rlarda katta-katta surilish hodisalari sodir bo‘ladi.
11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron bo‘ladi, to‘gonlar yorilib ketadi, temir yo‘llar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo bo‘ladi, yer ostidan balchiqdar ko‘tarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball - o‘ta fojiali. Yerning ustki qismida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron bo‘ladi, daryolarning o‘zani o‘zgarib sharsharalar paydo bo‘ladi, tabiiy to‘g‘onlar vujudga keladi.
MDH hududining 20 foizga yaqin yeri seysmik jihatdan faol mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan tog‘li o‘lkalar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat bo‘yi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va O‘rta Osiyoning tog'li o‘lkalari kiradi. Ushbu hududda relyef hosil jarayonida zilzilalarning roli va ahamiyati kattadir.
Mavzuga oid savol va topshiriqlar.
Zilzilalar qanday shakllanadi ?
Zilzila hosil bo'lishidagi omillar qanday guruhlarga bo'linadi ?
Zizila kuchi qanday aniqlanadi?
Zilzila ta' sirida qanday jarayonlar shakllanadi ?
Yer yuzasida va O'zbekistonda qayd etilgan eng kuchli zilzilalardan qaysilarini bilasiz, ular hosil bo'lishiga ko'ra qaysi turga mansub ?
Vulqon otilishi natijasida shakllanadigan tabiiy geografik jarayonlar
Vulkan- (lotincha vulkanus-olov, yong'in) jarayonini odamlar qadimdan kuzatib kelganlar. Tabiiy geografik jarayonlar ichida eng qo'rqinchlisi vulqon otilishidir. Vulqonlar harakatidan yer po'stida kuchli o'zgarishlar ro'y beradi va yangi relyef shakllari hosil bo'ladi.
Hozirgi kunda ma'lum bo'lgan harakatdagi vulqonlar 500 dan ortiq. 1970 yillarda okeanlarni tekshirishlar natijasida vulqonlarning quruqlik va okean ostida ma'lum bir yo'nalishda joylashganligi aniqlandi. Vulqonlarni geografik tarqalishi asosan ikki yo'nalishda bo'lib, birinchisi Tinch okean “olovli halqasi” deb ataladi.
Ushbu hududda yer yuzasida ma'lum bo'lgan vulqonlarning 60 % i joylashgan. Ikkinchi mintaqa esa O'rta yer dengizi- Himolay- Janubi-sharqiy Osiyo hududiga to'g'ri keladi. Bulardan tashqari Atlantika va Hind okeanida, Antarktida yaqinidagi orollarda ham so'nmagan vulqonlar mavjud. 11
rasm. Vulqon otilish jarayonini hosil bo'lishi.
Vulqonning otilishi, lavaning qotish jarayonida bug' va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqonlar otilishi qisqa,davriy va uzoq davom etishi, ba'zilari butunlay so'nib qolishi mumkin. Shunga ko'ra vulqonlar so'ngan hamda so'nmagan vulqonlarga bo'linadi. So'nmagan vulqonlar otilish xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, Vulkan, Gumbazli tiplariga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |