F. R. Abduraxmonov z. E. Abduraxmonova


bet71/196
Sana25.01.2022
Hajmi
#409943
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   196
Bog'liq
fayl 1114 20210526

Optimal tanlov
 
zcmasi
7-chizma
“X oh laym an” 
-  bu qiziqishlar va mayil,  xohishlar.
Q iziqish 
-   bu  qandaydir  fanni  bilishga  bo‘lgan  ishtiyoq,  intilish 
bilan  bog‘liq  hodisa bo‘lib,  kasb  tanlovchini  xatti -  harakatidir.
M ayil 
-  kasb tanlovchini  m a’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga 
intilishidir.  Qiziqish  va  mayilni  bir  -  biri  bilan  mos  tushushi  yoki 
tushmasligi  mumkin.  ularning  birligi  bitta,  bir  qancha  va  ko‘pgina 
faoliyatlarga qaratilgan  boMishi  mumkin.
“Bajara  olam an” -  qobiliyatlar,  s o g iig i  darajasi.
Q obiliyat 
-   bu  m a’lum  bir  ish  faoliyatini  bajarishni  osonlashti- 
ra  oladigan  individual  qobiliyatlar  hisoblanadi.  Kasb  tanlovchini 
o ‘zlashtirayotgan  bilimlarini  yengil  va  oson  o ‘zlashtira  olishi  hi­
soblanadi.
“Xohlayman”  va  “bajara  olaman”dan  tashqari  yana  uchinchi  to- 
mon  borki,  bu  “Kerak”  deb  nomlanadi.  Bu  mehnat bozorining  ehti­
yojlari  hisoblanadi.
133


Bu  formula  asosida  kasb  tanlashga  bo‘lgan  talablar  asosan  tu- 
shuntiriladi.  Kasb  tanlashga bo‘lgan talablar mohiyati jihatidan  quyi­
dagi  savollarga javob  berishni  talab  qiladi.  Ya’ni  “qanday  qilsam  o ‘z 
hayotimni  1/3  qismini  baxtli  qila  olaman”.  XVI  asrdayoq  Frensis 
Bekon o ‘z hayotini baxtli deb hisoblaganlaming ko‘pchiligi o ‘zi yoq- 
tirgan  kasb  bilan  shug‘ullangan  insonlar  deb  ko‘rsatgan  edi.  Agarda 
o ‘zingiz  yoqtirmagan  kasb  bilan  shug‘ulansangiz  u  holda  har  kuni 
kamida  8  soat  yoqtirmagan  kasbingiz  bilan  shug‘ullanasiz.  Bu  esa 
sizda toliqishni, tez charchab qolishni  sababchisi  bo‘ladi.
K.M.  Gurevich  har  qanday  inson  biror bir  kasbni  egallashi  mum­
kin  deydi,  lekin  gap  shundaki  bu  inson  shu  kasbni  egallashga  qancha 
vaqt  sarflagan.  Agarda  u  tanlagan  kasbini  o‘zi  qiziqib  tanlagan  bo‘lsa 
u  holda  undagi  qobiliyat  kasbni  tez  o ‘zlashtirishga  imkoniyat beradi. 
Aksi b o lsa  bu kasbni tanlashga qiyinchiliklar paydo qiladi. Albatta o ‘z 
ustida ishlab borgan kasb tanlovchi  kasbni oson va qulay o ‘zlashtiradi.
Noto‘g‘ri kasb tanlash taxminan uchta yo‘nalishda ko‘zga tashlanadi:
1)  Kasb dunyosini bilmaslik -  mavjud kasblar va  kelajagi dolzarb 
kasblami  bilmaslik.
2)  Kasb tanlash  Qonunlarini bilmaslik.
3)  0 ‘z  -  o ‘zini  bilmaslik  -   y a ’ni  “Men  nimaga  ega  b o ‘lishni 
xohlaym an” va “nimadan  men qoniqaman” degan savollarga o ‘zida 
javob  topmaslik.
Katta hajmga ega bo‘lgan kasblami tanlash uchun o ‘ziga xos kasb­
lar  klassifikatsiyasi  mavjud.  Kasb  klassifikatsiyasini  E.A.  Klimov 
tomonidan  ko ‘rsatib  berilgan  tasniflari  mavjud.  Unga  asosan  kasb­
ni  beshta  predmet,  uchta  maqsad,  to ‘rtta  omillar  va  to ‘rtta  mehnat 
sharoitlariga asosan  tasniflash  mumkin.  E.A.  Klimov  mehnat qurol- 
lariga  asosan  beshta  guruhni  k o ‘rsatadi.  Bu  “inson  -  texnika”,  “in­
son -  inson”,  “Inson  - tabiat”,  “inson -  belgilar tizim i”,  “Inson -  ba­
diiy  obraz” .
134


1.  Inson  -   texnika.  Bu  kasb 
guruhiga  ishlab  chiqarish  bilan 
bog‘liq  b o ig a n ,  texnikani  loyihalash  va  ta ’mirlash  bilan  bog‘liq 
b o ‘lgan  kasblar  kiradi.  Bular  injener,  konstruktor,  uchuvchi,  mash- 
inist,  haydovchi,  elektrik,  quruvchi  va  boshqalar.
2.  Inson  -  inson.  Bu  kasb  alohida  ijtimoiy  xarakterga  ega  b o ‘lib 
o ‘ziga  xos  ruhiy  holatlarni  ham  talab  qiladi.  Bu  kasblar  insondan 
chidam  va  talabni  so ‘raydi.  0 ‘ziga  m as’uliyatni  olishni,  o ‘zidagi 
emotsional  holatlarni  boshqarishni  talab  qiladi.  Bularga  shifokor, 
hamshira,  o ‘qituvchi,  tarbiyachi,  ofitsiant,  yurist,  sotuvchi,  sarta- 
rosh,  ekskursovod  va  boshqalar  kiradi.
3.  Inson -  tabiat.  Bu  kasb  egalari  tirik  va jonsiz  tabiat  bilan  alo- 
qadagi  kishilardir.  Tabiiy  resurslarni  o ‘rganuvchi,  hayvonlar  va 
o ‘simliklarni  parvarishlovchi,  ularni  davolash  bilan  bog‘liq  sohalar. 
Bularga  agronom,  zootexnik,  veterinar,  kinolog,  o'sim likshunos, 
geolog,  ekolog  va  boshqalar kiradi.
4.  Inson  va  belgilar  tizimi.  Bu  kasb  namoyondalariga  o g ‘zaki 
va  yozma  nutq  bilan  bog‘liq,  son,  miqdor  va  hujjatlar  bilan 
ishlovchilar  kiradi.  Bular  iqtisodchi,  hisobchi,  lingvist,  matema- 
tiklar,  programmistlar,  natariustlar va  boshqalar kiradi.
5.  Inson  -   badiiy  obrazlar.  Bularga  musiqa,  badiiy  -   adabiyot, 
aktiyorlar  va  boshqa  soha  egalari  kiradi.  Bular  ijodiy  ish  kishilari 
hisoblanib  ular  ijodiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanadilar.  Bu  soha  ega- 
larida  ijod  qilish  qobiliyati,  talant,  mehnatsevarlik  kabi  tomonlar 
bo‘lishi  zarur hisoblanadi.
Albatta  bu  sanab  o ktilganlar  barcha  sohalarni  qamrab  olmaydi. 
Bulardan tashqari ko‘pgina sohalarni aralash holatlarini k o ‘rsatuvchi 
kasblar ham  mavjuddir.
Kasbga  qo‘yiladigan  talablar  bu  inson  psixik  xususiyatlari  va ja- 
rayonlari bilan ham bog‘liqdir. Kasb tanlovchi kasb tanlashda o ‘zidagi 
tasavvur jarayonini  ham  taraqqiy  etdirgan  bo‘lishi  kerak.  0 ‘zi  tan-
135


layotgan  kasbni  k o‘z  oldiga  keltira  olmasa  u bu  kasbni  egallay  ol- 
maydi.  Kasb  tanlashda  muhim  tomonlardan  biri  bu  insonga  beri- 
ladigan  kasbiy  m aslahatlar  hisoblanadi.  Kasbiy  maslahat  (angl. 
vocational  counseling
)  —   insonlarga  kasb  tanlashda  yoki  kasbni 
qayta  tanlashlarida  yordam  beruvchi  metod  hisoblanadi.  Kasbiy 
maslahat  ayniqsa  yoshlar  uchun  zarur  b o ig an   jarayon  hisoblanadi. 
Yoshlar  kasb  tanlayotganlarida  hali  o ‘zlarini  to‘la  anglay  olmagan 
va  unda  adashib  qolishlari  yoki  ikkilanishlari  mavjud  bo‘ladi.  Bu 
sharoitda kasb  psixologi o ‘z  maslahatlari bilan yoshlarga  yordam  be­
radi.  Kasbiy  maslahat  ishini  uch etapga  ajratish  mumkin.
>   Kasbiy  maslahatga  tayyorgarlik  o ‘quvchilarni  kasbni  ong­
li  ravishda  tanlashga  olib  kelishi  kerak  va  bu  maktabdagi  o ‘qish 
davrini  qamrab  olishi  kerak  b o ‘ladi.
>   Oxiriga  yetkazilgan  kasbiy  maslahatning  maqsadi  -   bu 
o ‘quvchilarni  qiziqishlarini,  intilishlarini  va  psixofiziologik  qo- 
biliyatlari  asosida  ularga yordam  berish  hisoblanadi.
>   Aniqlovchi  kasbiy  maslahat  maktab  chegarasidan  tashqa- 
riga  chiqadi  va  kasb  -  hunar,  oliygoh,  ishlab  chiqarish  bilan 
bog‘liq  b o ‘ladi.
Hozirgi vaqtda  amaliy  psixologlar oldida asosan  to ‘rtta  asosiy 
y o ‘nalish  shakllanib  kelmoqda.  Bular  1)  psixodiagnostika;  2)  psi­
xologik  maslahat;  3) psixologik  profilaktika; 4) psixologik  korrek- 
siya  hisoblanadi.  Psixologik  maslahat  psixodiagnostik  tekshiruv- 
dan  keyin  beriladi.  Bu  beriladigan  m aslahatlar aniq, tushunarli va 
amaliy  jihatdan  tadbiq  qilinadigan holatda  berilishi  kerak b o ‘ladi. 
Bundan  tashqari  psixologik  maslahat  kasb  tanlovchini  psixolog 
bilan  olib  boriladigan  suhbatidan  keyin  ham  berilishi  mumkin. 
Psixologik  maslahatga  shuningdek  o ‘qituvchilar  bilan,  ota - ona- 
lar  bilan  ularning  o ‘quv  jarayonidagi  ishlari  va o ‘z  mutaxassis- 
ligini  oshirish  bilan  bog‘liq  holda ham  olib  boriladi.
136



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish